O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
685
255-moddaga koʻra Turkiston oʻlkasi yerlari, oʻrmonlar
va yer osti foydali
qazilmalari ham davlat mulki deb e'lon qilingan va ulardan foydalanish imperiyaning
umumiy qonunlari bilan belgilab qo'yilgan, qadimgi tarixiy huquqlaridan mahrum
qilingan.
Bu
“Nizom” Oʻrta Osiyoning chorvadorlar
yashaydigan hududlarida
qoʻriqxonalar tashkil etish va keyinchalik mahalliy aholini koʻchirish uchun
foydalanishga asos boʻldi.
Nizomning mulk va xayr-ehsonga oid moddalarida Turkiston oʻlkasida yangi
yer egalari yerdan foydalanganlik uchun oldingi to‘lov o‘rniga
davlat xazinasiga
umumiy davlat boji to‘lashlari kerak edi. Yirik zamindorlar asosiy daromad manbai -
o'nlab yillar davomida egalik qilgan yerlardan mahrum bo'ldilar.
Xuddi shunday jarayonlar vaqf yerlari bilan yuz berdi. Vaqf yerlari ularda
yashovchi aholiga ta'sir ko'rsatgan. Amalda bu diniy muassasalar
bu yerlarni tasarruf
eta olmasligini anglatardi. Vaqf mulki egalari endi soliqlarning faqat bir qismini olgan,
qolgan qismi esa davlat xazinasiga tushardi. Yangi vaqf hujjatlarini tasdiqlash faqat
general-gubernatorning roziligi bilan va vaqflarni davlat boji va yig'imlaridan ozod
qilmasdan amalga oshirilgan. Vaqf mulklarini
tashkil etuvchi yerlar, yaʼni masjiddan
tashqarida xususiy shaxsga tegishli boʻlgan yerlar, koʻchmas mulkka ega boʻlgan yerlar
davlat bojiga tortilar edi.
An’anaviy huquqning ko`p asrlik ustunlarini
barbod etgan hamda vaqf
munosabatlaridagi odatlar va an'analarni tugatib tashlagan yana bir modda bor
edi. Unda aytilishicha, vaqf hujjatlarini e'tirof etish, vaqf daromadlari to`g`ri
ishlatilishi
ustidan nazorat qilish va vaqflarni taftish qilish huquqi muhtamlaka hokimiyating
viloyatlardagi vakillariga o`tkazilgan edi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish joizki, mustamlakachilik siyosatining
mahsuli sifatida
yuzaga kelgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy holat yer dan foydalanish jarayonlariga
ta’sir o’tkazdi. Rossiya imperiyasi Turkiston o’lkasini istilo qilgandan keyin o’zining
ma’muriy tizimini tashkil etdi. Bu tizimni boshqarish imperiya
vakillari zimmasiga
yuklandi. Mahalliy aholi esa qishloq oqsollari, volost boshlig’i qilib tayinlasada ular
imperiyaning tartiblariga bo’ysunishga majbur edi. Mazkur
holatlar yer sohasidagi
huquqiy o’zgarishlarga ta’sir etmasdan qolmadi.