Kirish I bob. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar


I BOB. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar



Yüklə 40,07 Kb.
səhifə2/5
tarix02.06.2023
ölçüsü40,07 Kb.
#123292
1   2   3   4   5
Arxiv sohasidagi qonun hujjatlari

I BOB. O'zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan arxiv sohasida qabul qilingan qonunlar, qarorlar, nizomlar, buyruqlar va boshqa relevant hujjatlar.
1.1. O'zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy veb-sayti, davlat institutlarining veb-saytlari, davlat kutubxonalaridan olingan ilmiy manbalar, axborot resurslari va boshqa muhim manbalar.
O’zbekistonning hozirgi zamon arxiv tizimi idoraviy arxivlar, davlat arxivlari va shaxsiy arxivlardan iborat. O’zbeiston Respublikasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi. Idoraviy arxivlarda hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning qancha davom etishi u yoki bu muassasaning ish faoliyati xususiyatlari bilan bog’liqdir. Shahar, tuman va qishloqlar muassasalarning idoraviy arxivlarda hujjatlar 5 yil davomida saqlanadi. Viloyat muassasalari va tashkilotlari hujjatlari ularning arxivlarida 10 yil davomida saqlanishi mumkin. O’zbekiston Respublikasi oliy davlat va hokimiyat boshqaruv organlarining hujjatlari idoraviy arxivlarda 15 yil davomida saqlanadi. Tashqi ishlar vazirligi hujjatlari 30 yil davomida, fuqarolik holatlarini qayd etish (ZAGS) hujjatlari esa 75 yil davomida idoraviy arxivlarda saqlanishi nazarda tutilgan. 3Mavjud nizomlarga binoan shaxsiy tarkibga doir hujjatlar idoraviy arxivlarda 40 yil davomida saqlanishi kerak. Idoraviy arxivlar davlat arxivlarini yangi hujjatlar bilan to’ldirib boruvchi asosiy manbadir. O‘zbekiston Respublikasi hukumati istiqlolga erishgan dastlabki kunlarda nafaqat mamlakat balki O‘rta Osiyo mintaqasi tarixini hamda o‘tmishini o‘zida aks ettirgan nodir hujjatlar saqlanadigan arxiv muassasalariga katta e’tibor qaratdi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining 1991-yil 31-avgustdagi qaroriga muofiq 1991-yil 1- sentyabrdan O‘zbekiston SSR Markaziy davlat arxivi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi deb qayta nomlandi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi respublika miqiyosidagi muassasa hisoblanib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligiga bo‘ysinadi. 1992-yil 6-iyulda MDH davlatlari boshliqlari kelishuviga asosan, arxiv fondlarining yaxlitligi va bo‘linmasligi hisobga olinib, davlatlar arxivlarida saqlanuvchi fondlar har bir respublika ixtiyorida qoldirildi. Arxiv jamg‘armasining bo‘linmaslik tamoyili arxiv hujjat- larining ilmiy tashkil etish tamoyili bo‘lib, u arxiv jamg‘armasining yaxlitligini va uning bir arxivda saqlanishini talab etadi. Mustaqillik yillaridagi boshqaruv tizimidagi tub o‘zgarishlar, xo‘jalik yuritishning yangi uslubi va ko‘rinishlari hamda shakllarining paydo bo‘lishi respublika arxivchilari oldiga bir qator vazifalarni qo‘ydi. Davlat va nodavlat arxiv fondlarining tashkil topishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (MAF) hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjat mulkdorlariga maxsus guvohnomalar berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatish turlari kengaydi. Bozor munosabatlariga o‘tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tufayli qator davlat sanoat korxonalari, transport va qurilish, maishiy xizmat va savdo korxonalari xususiylashtirildi, mulkdorlar sinfi shakllantirila boshlandi. Nodavlat sanoat, qurilish korxonalari, fermer xo‘jaliklari, kasaba uyushmalari, xayriya va boshqa jamg‘armalari, siyosiy partiyalar va harakatlar, diniy tashkilotlar arxiv fondlari va arxiv hujjatlari nodavlat arxiv fondini tashkil qildi. Davlat va nodavlat arxiv fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zR MAF)ga aylantirildi. O‘zR Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hujjatlar egasiga, tashkilotga maxsus guvohnoma berish joriy etildi. Davlat arxivlarining pulli xizmat ko‘rsatishi kengaydi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlarning shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlari saqlanishini ta’minlash maqsadida respublika shaharlari va tumanlari hokimliklari tomonidan shaxsiy tarkib buyicha idoralararo arxivlar soni kengaytirildi.Bu arxivlar maxsus (byudjetdan tashqari) mablag‘lar hisobiga tashkil qilindi. Ular fuqarolarni ijtimoiy - huquqiy so‘rovlarini bajarishda, shahar va tumanlarda arxiv ishining umumiy ahvolni yaxshilashda muhim rol o‘ynadi. Mustaqillik sharoitida «O‘zarxiv» agentligi tomonidan arxiv ishining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va rivojlantirishning kompleks dasturlari ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Bu dasturlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan va besh yilga mo‘ljallangan: hujjatlarni idoraviy saqlovini ta’minlash, ularning davlat hisobi va ilmiy-ma’lumot apparatini takomillashtirish, arxiv hujjatlaridan foydalanishni jadallashtirish. 1996-yilda «O‘zarxiv» agentligi O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini 2000-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqdi. Bu konsepsiya davlat arxiv xizmati faoliyatining metodologik harakat dasturi edi. U jamiyatni va davlatni axborot bilan ta’minlashdagi imkoniyatlarni kengaytirish, jamiyatning hujjatli yodgorliklarini saqlashdagi rolini orttirishga qaratilgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qaroriga ko‘ra «O‘zbosharxiv» O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zarxiv» agentligiga aylantirildi. Joylarda hokimliklar arxiv bo‘limlari o‘rniga Arxiv ishi hududiy boshqarmalari tashkil qilindi. Hududiy organlarning boshliqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishuv bo‘yicha «O‘zarxiv» agentligi Bosh direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bo‘ldi. Ilgari arxiv bo‘limi mudirlari hokimlar tomonidan tayinlanardi va ozod qilinardi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda arxiv sohasida va arxiv hujjatlaridan foydalanish bo‘yicha qilinayotgan ishlar xususida A.Burton quyidagilarni keltirib o‘tgan. “Tarixni va mavjut qonun tuzilmalarini yaratish maqsadida O‘zbekistonda arxivlar qayta ko‘rib chiqildi va undagi terminlar butun dunyo bo‘ylab, Evropa imperalizm merosi kabi ko‘plab atamalarga qiyoslab solishtirilib chiqidi. Shu o’rinda Kanadalik sudya Adele Perri, Yangi Zellandiyalik konservativ tarixchilar Toni Ballantin, Anna Kurtoylar o‘z milliy tarixlarini yaratishda arxiv hujjatlaridagi dalillardan foydalanish zarurligini isbotladilar (Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.-P.48.). O‘z ona shahrini tark etganiga ellik yil bo‘lgan muhojir o‘zbek tarixchisi Boymirza Hayit ilk bor tashrif buyurgan vaqtida ya’ni 1992-yil yozida o‘zbek hokimiyatidagi kuchlarining komunistlarga qarshi harakati boshlandi. O‘zbek bosmaxonalarida sovet boshqaruvi to‘g‘risidagi jiddiy qoralashlarni bosmadan chiqargan B. Hayit bolsheviklarga nisbatan mahalliy xalq qarshiliklarini aks ettirgan arxiv dalillari bilan ishlashni maqsad qilib qo‘ygan edi. Qatag‘on qurbonlari muzeyida namoyish etilgan hujjat manbalari, komunistik partiya va KGB arxivlari ko‘plab chet elliklarga hamda O‘zbekistonliklarga ma’lum qilindi (Antonina Burton.Archive Stories.(facts, fictions and the writing of history). - London.2005.- P.48.). Mustaqillik sharoitida O‘zR MAF hujjatlaridan g‘oyaviy, ijtimoiymadaniy, o‘quv-pedagogik, tarbiyaviy maqsadlarda, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish uchun foydalanish ancha faollashdi. Natijada respublika, viloyatlar, shaharlar, tumanlar tarixiga oid, ayrim tarixiy shaxslar hayoti va faoliyati bilan bog‘liq mazmunli maqolalar arxiv hujjatlari asosida nashr etildi. Mustaqillik sharoitida arxiv ishini boshqaruv davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi hisoblanadi. Uning tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududiy boshqarmalari, ularning qaramog‘idagi davlat arxivlari (ularning filiallari) hamda Markaziy davlat arxivlari kiradi. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng arxiv sohasida bosqichma-bosqich islohotlar amalga oshirilib kelindi. O‘zbekiston Respublikasida arxiv sohasi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tartibga solish, arxiv hujjatlarni saqlash, elektronlashtirish, olib borayotgan xalqaro hamkorlik, bu borada grant mablag‘larini jalb qilish, arxivchi xodimlarni xorijga malakasini oshirish, davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va texnik modernizatsiyalash bo‘yicha qator qonun hamda qonun osti huquqiy me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Respublikamizda arxiv ishi bo‘yicha qabul qilingan qonun va qonun osti me’yoriy hujjatlariga qonun, qaror, nizom, yo‘riqnoma, qoida, buyruqlarni kiritishimiz mumkin. Sohaga oid qonunlar. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (N768-1-sonli) qabul qilindi. Bu qonun asosida arxiv tizimi borasida bir qator samarali ishlar olib borildi. Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30- aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 621-II-sonli Qonuniga asosan ushbu qonun o‘z kuchini yo‘qotdi hamda bu sohada yangi qonun qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2010-yil 15-iyundagi “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (N 252-sonli) ni qabul qilindi. “Arxiv ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 6 bob, 36 moddadan iborat. Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2010-yil 16- iyundagi 119-soni orqali matbuotda e’lon qilindi. Sohaga oid qarorlar. O‘zbekistonda arxiv ishini takomillashtirish borasida bir qancha qarorlar qabul qilingan. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1999-yil 15-apreldagi “Arxivlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida 769-1-sonli Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 29-yanvardagi № 191-sonli “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi № 49- sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini boshqarishni yanada takomillashtirish to‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 6-iyundagi №131-sonli “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriyhujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1999 yil 30 oktyabrdagi 482- son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 2-iyunda № 1685-son bilan ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boqaruvining 2007- yil 14- aprel № 11/3- son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi banklarida elektron arxiv ishlarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomani tasdiqlash haqida” (2007 yil 12 iyundan kuchga kirgan) gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2007-yil 13-avgustda № 1703- son bilan ro‘yxatga oligan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktorining 2007-yil 17-iyul № 18-sonli buyrug‘iga asosan “Axborot resurslarining arxiv nusxalarini yaratish va ularni davlat saqloviga topshirish tartibi bo‘yicha Yo‘riqnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21-avgustdagi PQ-949-sonli “Koreya Respublikasi Hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi №194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlarni ta’kidlab o‘tish joiz. Sohaga oid nizomlar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 30-oktyabrdagi (N482-sonli) “Arxiv ishi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori va unga 1-ilova qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risida”gi Nizom; shuningdek, 2-ilova “O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi", hamda 482-sonli qarorga 4-ilova "O‘zbekiston Respublikasi Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasa va tashkilotlardagi idoraviy Arxiv to‘g‘risida” gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 2001-yil 29-yanvardagi 191-P-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekistondan chet elga olib ketilgan hamda xalq boyligi bo‘lgan arxiv hujjatlarini qaytarib olib kelish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi maxsus komissiya to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 3-fevraldagi 49-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi to‘g‘risidagi Nizom; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 5- apreldagi 101-son qarori bilan tasdiqlangan “Arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqish va arxiv hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomlarni qayd etib o‘tish lozim. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tish jarayonida ko‘plab xususiy, nodavlat tashkilotlar, korxonalar va ularning arxiv fondlari vujudga keldi.

1.2. Arxiv sohasidagi hukumat qarorlarining maqsadi, ularning amalga oshirilishi, mavzuga oid tartibotchilik.


Nodavlat tashkilotlar idoraviy arxivi ularning mulki hisoblanadi. Shuning bilan birga 1999-yil 30-oktyabrda Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to‘g‘risidagi Nizomda «Nodavlat yuridik va jismoniy shaxslar nodavlat arxiv fondi hujjatlarini saqlash maqsadida tashkil etilgan arxivlarda yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va birlashmalarning tarkibiy bo‘linmalarida doimiy saqlashni ta’minlaydilar. Doimiy muddatda saqlanadigan hujjatlar va shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar (mehnat staji, ish haqi, o‘qish, mukofotlash va boshqalar to‘g‘risidagi hujjatlar) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi organlari va muassasalari roziligini olmasdan nodavlat va yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘q qilinishi mumkin emas», deb uqtirilgan. O‘zR MAF to‘g‘risidagi Nizomga binoan nodavlat yuridik, jismoniy shaxslar o‘z hujjatlarini davlat mulki qilib davlat arxivlari, muzeylar va kutubxonalarda saqlashga berishlari mumkin. Nodavlat tashkilotlar yoki shaxsiy arxiv egasi vafot etganda, vorislar va qonuniy merosxo‘rlar bo‘lmaganda, ularning hujjatlari davlat mulkiga o‘tkazilib, doimiy saqlash uchun davlat arxivlariga topshiriladi. Davlat arxivlari hujjatlarni butlash, saqlash, foydalanish ishlariga metodik yordam beradi va hujjatlarga ilmiy-texnik ishlov berish, ish yuritish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, yig‘majildlarni ta’mirlash va muqovalash yuzasidan pullik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimov tomonidan 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan “Koreya Respublikasi hukumatining grant mablag‘larini jalb etgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivlarini rekonstruktsiya qilish hamda ularni texnik modernizatsiyalash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi samarasida qisqa muddatda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, uchta davlat arxivi o‘rtasida yagona axborot tarmog‘i yaratildi. Arxivlarda server va boshqa jihozlarning o‘rnatilishi barcha davlat arxivlarida saqlanayotgan ma’lumotlarning yirik yagona bankini yaratish imkonini berdi. Kelajakda mamlakatimizning barcha arxivlarini yagona tarmoqqa birlashtirish mo‘ljallanmoqda. Shuningdek, foydalanuvchilarga kerakli axborotni izlashda qulaylik yaratish maqsadida markaziy va poytaxtdagi davlat arxivlarida infokiosklar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga eng qimmatli hujjatlarning kataloglari hamda mamlakatimiz arxiv ishini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlari kiritilgan. Bugungi kunda infokiosklarga 11248 tashkilotning ma’lumot bazalari, Toshkent shahar arxivlarida saqlanayotgan shaxsiy tarkib bo‘yicha hujjatlar hamda idoraviy arxivlarda saqlanayotgan 2545 tashkilotning hujjatlari hakida axborot jamlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 26-avgustdagi 194-sonli “O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan tasdiqlangan “2011-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni rivojlantirish dasturiga” ko‘ra 18 ta yangi arxiv binosi qurilishi 1 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. 2009-2013-yillar mobaynida markazlashtirilgan manbalar hisobiga (byudjet mablag‘lari) 19 ta yangi arxiv binosi qurildi va 5 ta arxiv binosi rekonstruksiya qilindi. Natijada arxivlar balansda bo‘lgan binolar 2006-yildagi 21 foizdan 2013- yilda qariyb 95 foizga chiqishi ta’minlangan. Bu 2,7 mln saqlov birligidagi hujjatlarni saqlash imkoniyatlarini yaratgan. Mamlakatimiz dasturchilari tomonidan arxiv muassasalari uchun maxsus “Arxiv ma’lumotlarini rasmiylashtirish” kompyuter dasturi ishlab chiqilgan. Ilgari qo‘lda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning barchasi endi avtomatik ravishda bajariladi. Bu esa nafaqat vaqtni tejash hujjatlarni to‘ldirishda yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hatolarning oldini olish imkonini beradi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari inson faoliyatining barcha sohalariga, shu jumladan, arxiv muassalari ishiga ham kirib keldi. Arxiv va kutubxonalar faoliyatiga yangi aktlarning joriy etilishi hujjatli axborotdan, jumladan, masofadan turib foydalanish, arxivlar ma’lumotlarini tahlil qilish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bu o‘z navbatida arxivshunoslikning yangi vositalarini taqdim etadi, hujjatlar va ma’lumotlarni eng zamonaviy elektron shakllarda chop etish imkonini beradi. Arxivlardagi axborot resurslarining jaxon kibermakoniga integratsiyalashuviga xizmat qiladi. Arxiv ishini yanada rivojlantirish va unga zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida mamlakatimizda tegishli me’yoriy-huquqiy baza yaratilgan bo‘lib, u muntazam takomillashtirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yilning 21-martida qabul qilingan “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi qarori arxiv hujjatlarini saqlash, xavfsizligini ta’minlash, ulardan foydalanish jarayonlariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 102 ta davlat arxivi faoliyat yuritmoqda. Milliy arxiv fondida saqlanayotgan hujjatlar hajmi esa 8,4 million saqlash birligiga etdi, ularni saqlash va qo‘llash uchun etarli shart-sharoitlar yaratilgan, - deydi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi “O‘zarxiv” agentligi bosh direktori o‘rinbosari D.Ko‘charova. Davlat arxivlari bilan bir qatorda shahar va tuman hokimliklari qoshida tashkil etilgan 115 shaxsiy tarkib bo‘yicha xo‘jalik xisobidagi idoralararo arxivlar, shuningdek, 3 millionga yaqin saqlash birligiga ega 17 nodavlat arxiv ham faoliyat ko‘rsatmoqda. “O‘zarxiv” agentligining Arxiv ishi bo‘yicha 2017- yil soha rivojining eng muhim ustuvor vazifalarini bajarilishiga katta ahamiyat berildi. Bu borada arxiv muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash, Milliy arxiv fondining saqlovini ta’minlash va hujjatlarni saqlash usullarini yanada takomillashtirish yuzasidan samarali ishlar olib borildi.


Yüklə 40,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin