Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosat sohasidagi tajriba va O’zbekistonda ulardan foydalanish yo’llari.
Ijtimoiy vakolat g'oyasi va tamoyillari "Vakil" tushunchasi juda ko'p ma'nolarda ishlatiladi. Masalan, muayyan bir shaxs to'g'risida o'z millati, kasbi, ijtimoiy guruhi v.h.ning "tipik vakili" biror mamlakat vakili, davlat rahbari vakili, u yoki bu savdo kompaniyasining vakili deyiladi: Siyosiy so'zlashuvda "vakil", "vakolatlilik" deyilganda biror guruh, partiyalarning muayyan bir shaxsga, tashkilotga, idoraga o'z manfaatlarini hokimiyat tarkibida himoya qilish uchun vakolatlarning berilishi nazarda tutiladi.
Alohida olingan har bir individ davlat boshqaruvida bevosita ishtirok eta olmaganligi tufayli, aholining turli qatlamlari manfaatlarining muayyan vakolat va huquq berilgan maxsus vakillar himoya qilishi mumkin. Saylangan vakillar xalq manfaatlarini xalqning o'zidan ko'ra yaxshiroq amalga oshirishi va himoya qilishi ehtimol qlingan. Vakolatlilikning qanchalik yuqori ahamiyatga molik bo'lganligini, masalan, Dj. Medison respublika boshqaruvini vakolatlilik bilan bir narsa, deb baholaganida ko'rish mumkin.
Avval, vakolatlilikni amalga oshirishning samarali yo'llari va vositalarini izlay boshlandi.
Angliyada amaliy vakolat nazariyasi qaror topdi. Uning mohiyati shundan iboratki, parlament a'zolari aholining ayrim qatlamlari (yoki guruhlari) ning emas, butun millatning vakillaridirlar. Shuning uchun ular qanday qilib, kimlarning orasidan va qaerda saylanganlarining ahamiyati yo'q. Shu qarash mualliflari—viglar—parlament a'zolari saylanganlaridan so'ng o'z saylovchilariga boshqa bog'liq bo'lmasliklari kerak, deb ishonishardi. Konservatorlar parlament — qandaydir har hil, bir — biriga dushman manfaatlarning elchilari to'plangan joy emas, balki umon manfaatini amalga oshirishga intilayotgan; butun ingliz xalqi vakillarining kengashi bo'lishi kerakligini zo'r berib ta'kidlagan.
Sh.L: Monteske fikricha, odamlar o'z aholi punktlari, shaharlari, regionlari manfaatlari va muammolarini mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan yaxshiroq biladilar.
Shuning uchun hokimiyat organlariga vakillarni butun mamlakatdan emas, saylov okruglariga aylantirilgan alohida shaharlar, joylardan saylash kerak. Shu tariqa amaliy vakolat nazariyasi geografik vakolat g'oyasi bilan to'ldirildi. U Amerikada qaror topdi. Unga ko'ra qonun chiqaruvchi yig'ilish a'zolari davlatning butun aholisi vakillari sifatida emas, muayyan hudud vakillari sifatida: saylanishlari kerak bo'lgan[10].
Bu ikki shakl bilan Fransiyada vujudga kelgan fraktsion va milliy vakolat nazariyalari uzviy bog'lik Fraksion nazariya J.J.Russoga borib taqaladi. U xalq suvereniteti odamlar suverenitetidan kelib chiqadi, degan fikrga asoslanadi. Masalan, davlat o'n ming fuqarodan iborat. Bu holda har bir fuqaro hokimiyat suverenitetining o'n mingdan bir qismiga ega.
Zamonaviy fraksion suverenitet nazariyasiga ko'ra har bir fuqaro o'z deputatiga taqdim etgan mandatda ulushga ega. U, shuningdek, mandatning imperativ harakterini, ya'ni deputat o'z faoliyatida saylovchilar irodasi bilan bog'liqligini nazarda tutadi. Bizning kunlarda bu nazariya demokratiyaning muhim qirrasini tashkil etadi. Unga "bir inson — bir ovoz" tamoyili toliq mos keladi.
Milliy vakolat nazariyasi ham vakolatlilikni amalga oshirishda muhim o'rin tutadi. Buyuk fransuz inqilobi davrida uning Konstitutsion Assambleyasi suverenitet alohida fuqarolarga emas, ularning ayrim birligi millatga mansubligi to'g'risidagi g'oyani asoslab berdi. Unga ko'ra har bir deputat o'z saylovchilarining vakili emas. Aksincha, deputatlar millat irodasini bayon etib, millat ularga topshirgan mandatni amalga oshiradilar. Shunga ko'ra, fraksion vakolat nazariyasidan farqlicha, mandat o'z imperativ harakterini yo'qotadi, ya'ni depugatlar endi o'z saylovchilari irodasini emas, butun millat irodasini ifodalaydilar.
Vakolat nazariyasining ahamiyati shundaki, u respublika va demokratik boshqaruv shakllarining keng miqiyosda yoyilishiga turtki bo'ldi. Yuqorida aytib o'tilganidek, "to'g'ridan — to'g'ri" demokratiya nisbatan kichik jamoalarga xos edi, negaki, u barcha yoshi katta fuqarolarning eng muhim qarorlarni qabul qilishda ishtirokini shartlar edi.
Zamonaviy aholisining soni millionlarni tashkil etuvchi, davlatlarda bunday modelni tatbiq etib bo'lmaydi. Aynan vakolat institutining shakllanishi milliy davlat doirasida respublika yoki demokratik boshqaruv shaklining qaror topishi imkonini berdi. Bu vaqtda hatto boshqaruvning bunday shakli — yolg'iz milliy davlat bilan uzviy bog'liq, degan fikr ham qaror topdi "Jamiyat qancha kichik bo'lsa, — deb yozadi Dj.Medison, — aniq farqlanuvchi partiyalar va manfaatlar paydo bo'lishi uchun shuncha imkoniyat kam va ko'pchilikning bir partiyada bo'lib qolishi ehtimoli ko'proq. Maydon kengayishi va aholi sonining ko'payishi bilan "partiyalar soni va manfaatlar xilma- xilligi ancha ko'payadi"'. Aynan shu holat, Medison fikricha, respublika sharoitida fraksion kurashni xavfsiz qiladi[14].
Vakolat prinsiplari va turli ijtimoiy qatlamlar vakillarining qonun chiqaruvchi v.b. hokimiyat organlariga saylanishi o'z — o'zidan bu prinsiplarni amalga oshirish vositalari va qurollari to' g'risidagi masalani qo'ydi. Ana shunday vosita sifatida hozirgi iqtisodiy rivojlangan davlatlarda siyosiy partiyalar, harakat, uyushmalar qaror topdi.
O'xshash manfaatli va dunyoqarashli odamlar oxir— oqibatda yagona maqsadga erishish uchun birlashadilar. Bir- biri bilan kelisha olmaydigan turlicha manfaatlar va fraksiyalar mavjudligining qonuniyligini tan olish hokimiyat tizimida bu manfaatlar va fraksiyalarni siyosiy tizimda ifodalash vositalari, ya'ni partiyalar, harakatlar, uyushmalar qonuniyligini tan olishga olib keladi.
Vakolat prinsipi ahamiyati oshishining yana bir sababi — siyosiy jarayonga yangi — yangi aholi qatlamlarining kirib kelishi, xalqning ijtimoiy — siyosiy hayotdagi roli ortganligidir.
Zamonaviy jamiyatlarda esa siyosiy hokimiyat turli ijtimoiy qatlam vakillarining bir qatlamdan ikkinchisiga o'tishi, yoki butun bir qatlamlar maqomining o'zgarishi (masalan, tadbirkorlikning sinf sifatida jamiyatimizdagi ta'sirining kuchayib borishi) jarayonini kuzatib, boshqarib, muvofiqlashtirib boradi. Masalan, O'zbekistonda ham, barcha zamonaviylashuv jarayonini boshidan kechirayotgan mamlakatlar singari, marginal qatlamga mansub odamlar soni keskin ortib ketdi.
Buning obyektiv va jiddiy sabablari juda ko'p. Shulardan biri, sobiq tuzum davrida ko'pchilik odamlarda shakllangan boqimandalik kayfiyatidir. Mehnatining samarasini ko'rmay ishga borib — kelishining o'zi uchungina, oydan — oyga kafolatli ish haqi olib o'rgangan odamlar bozor iqtisodiyotiga o'tishning doimiy hamrohlar - tengsizlikning kuchayishi, inflatsiya, ishsizlik, tanlov asosida ishga kirish kabi holatlarga tayyor bo'lmaganlar. O'tgan o'n yil davomida bu jarayonlarda o'z yo'lini topib, yangi ijtimoiy munosabatlar tizimida o'z egallagan maqomidan qoniqqan odamlar bilan bir qatorda, shu vaziyatda turli sabablar bilan o'z maqomini yo'qotgan shaxslar ham mavjud. Shu bilan birga yangi ijtimoiy munosabatlar tizimida o'z o'rnini topa olmagan yoshlar ham marginal qatlam safiga kirib keladi. Ushbu qatlamni o'z mavqeidan norozilik, quyi bilim yoki past kasbiy malaka darajasi, umidsizlik va, eng muhimi, o'z ahvolini oson va tez o'zgartirishga intilish ajratib turadi. Bu qatlamning son jihatdan ko'payishi va muammolarining uzoq vaqt hal qilinmasligi jamiyat barqarorligiga jiddiy xavf solidi[9].
Shaxs, guruh yoki qatlam mavqeining o'zgarishi bilan bog'liq jarayonlarni "ijtimoiy mobillik" yoki "ijtimoiy siljish", deyiladi. Ijtimoiy mobillik ijtimoiy barqarorlik tushunchasi bilan bevosita bog'liqligini yuqoridagi misollarda ko'rdik. Agar ijtimoiy—iqtisodiy munosabatlar doirasida guruhlarning siljishi—jamiyat uchun odatdagi chegaralarda amalga oshsa, bu — sezilarli o'zgarishlarga olib kelmaydi. Ijtimoiy—iqtisodiy o'zgarishlar keskinlashganda, guruhlarning siyosatga bosimi kuchayadi, barqarorlik uchun xavf tug'iladi. Demak, ana shu turdagi keskinliklarni oldini olish — davlat siyosatining muhim yo'nalishi. Shaxs yoki gurux mavqeining o'zgarishi bilan bog'liq jarayonlarning ochiqligi, ya'ni inson yoki guruh sifatlari, bilimi, malakasi, samarali faoliyati kabi jihatlariga ko'ra o'z maqomini o'zgartira olish imkonining mavjudligi bu borada yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ixtiloflarni va ziddiyatlarni yumshatadi, jamiyatdagi guruhlarning o'zaro hamkorligi, manfaatlarining yaqinlashishiga olib keladi.
Jamiyatda aniq—ravshan ajralib turuvchi ijtimoiy guruh sifatida, birinchi navbatda, sinflar ajratib ko'rsatiladi. Sinflar — daromad miqdori, kasbining nufuzliligi, bilimi, hokimiyatga ta'siri darajasiga ko'ra belgilanuvchi, ijtimoiy maqomi taxminan bir xil bo'lgan odamlar guruhidir. Ushbu ta'rifga ko'ra, jamiyat ishchi - dehqonlarga emas, turmush tarzi, qadriyatlari, xulq— atvori, qarashlari o'xshash bo'lgan odamlar guruhi — yuqori sinf, o'rta sinf, bo'yicha sinfga ajraladi. Mazkur "Amerikada demokratiya" asarining mualifi Aleksis de Tokvil Arastudan XX asr so'ng jamiyatda faqat "o'rta sinf" ning ko'pligi — barqarorlik va tinchlikni ta'minlovchi asosiy omil ekanligini ta'kidlagan. Yuqori sinf (juda boylar) yoki buyi sinf (kambag'allar) ning ko'payib ketishi - jamiyatda zulm va istibdodning ortishiga olib keladi, Tadqiqotlar ham shuni tasdiqlaydi. Yuqori sinf nafaqat boylik, balki yuqori bilim, malaka, axborotga ko'proq darajada egaligi sababli yangliklarga ochiq, muhokama va muloqotga tayyor ekanligi sotsiologik tahlil bilan isbotlangan. Shu bilan bir qatorda, bu qatlam vakillari quyi sinf muammolari — ish sharoitini yaxshilash, ish haqini oshirish, ijtimoiy himoya masalalariga ancha loqaydliklari bilan ajralib turishi ham aniqlangan. O'z navbatida, quyi sinf vakillari ta'lim darajasi pastligi, malakasizligi, axborotga ega emasligi natijasida hokimiyat bilan munosabatlarida ko'proq o'z shaxsiy tasavvurlari, mish-mishlarga suyanishlari, o'z ahvollarini yaxshilash uchun keskin, radikal choralar qo'llash tarafdori ekanligi bilan ajralib turadi. Masalan, "davlatning barcha tashkilotlarida nazorat o'tkazib, tartib o'rnatish kerak" qabilidagi "g'oyalar" singari.
Faqat o'rta sinfgina jamiyatni barqaror tutib turuvchi ijtimoiy kuch bo'la oladi, Bir tomondan, bu sinf vakillari yetarli darajada bilim, axborot, malaka, boylik, obro'ga ega bo'lganlari uchun keng fikrlay olish, jamiyatdagi jarayonlarga to'g'ri baho bera olish layoqati va resurslariga ega bo'lsalar, ikkinchi tomondan, ular boshqa qatlamlar manfaatlari va harakatlarini kuzatib borish, muammolar yechimini izlash, ularni hal qilishdan to'la manfaatdorlar.
O'tish davri jamiyatlarida ijtimoiy sohada hal qilinishi lozim bo'lgan asosiy masalalardan birini, shu tariqa, jamiyatda o'rta sinf, ya'ni o'z oyog'ida mahkam turgan, mulkdor odamlar guruhini shakllantirishdan iborat, deyishimiz mumkin. Bunda mulk, albatta, do'kon, firma, korxonagina emas, hunar, bilim ham bo'la oladi.
Jamiyatda aniq — ravshan ajralib turuvchi demografik guruhlarni: qadriyatlar, yoshlar, ayollar singari toifalarga bo'lish mumkin, Ularning har biri o'ziga xos hususiyatlari, manfaatlari asosida ijtimoiy guruh sifatida qaraladi. Ular bir jamiyatda ana shu guruhlar muhim ta'sir kuchiga egalar. Masalan, zamonaviy jamiyatlarda resurslari yetarlicha foydalanilmayotgan ijtimoiy guruh sifatida ayollar qaraladi. Ayollar muammolariga eng ko'p diqqatni qaratayotgan jamiyat azal — azaldan eng ma'qul jamiyat, deb hisoblangan. Shu bilan birga, ma'lumotlarga ko'ra, ayol huquqlarini erkaklar bilan tenglashtirishda eng ko'p muvaffaqiyatlarga erishgan Shvetsiyaga ham BMT ekspertlari fikricha, to'la tenglikka erishishi uchun yana 100 — 150 yil kerak ekan.
Zamonaviy jamiyatlarda din siyosatdan ajratilgan. Fuqarolarning e'tiqod erkinliklari davlat va jamiyat tomonidan e'tirof etilib, kafolatlangani holda, birorta diniy guruhning o'z qarashlari va aqidalarini butun jamiyat uchun zo'rlik bilan kiritilishiga yo'l qo'yilmaydi[10].
Etnik jamoa (guruh) — qabila, elat, millat kabi barqaror guruhlardan iborat. Bu guruhlarning har birini ba'zan "xalq", deb ataladi. Ba'zan "etnik jamoa" tushunchasi bilan bir necha xalqlarni nomlashadi. Masalan, o'zbek, qozoq, turkman, qirg'izlar — turkiy etnik jamoasi tarkibiga kiradi.
Milliy o'z — o'zini anglaganlik — milliy jamoa a'zolarining o'z tarixi, buguni va kelajagi, boshqa jamoalar qatoridagi o'z o'rni va ular bilan munosabatlarga doir, qarashlar, fikrlar, baholar birligidir. Milliy o'z- o'zini anglash natijasida ijtimoiy — etnik guruh siyosat subyekti sifatida shakllanadi. Bu jarayonda milliy manfaatlar ham muhim ta'sir ko'rsatadi.
Ijtimoiy guruhlarning ichida ochiq — ravshan ko'rinib turuvchi va o'z manfaatlarini yuqori darajada anglaganligi, uyushqoqligi, yuqori malakaviyligi va hokimiyatga bevosita kuchli ta'sir eta oluvchi byurokratiya — siyosatning faol sub'ekti, deb qaralishi mumkin.