Kirish I. Bob. Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosati



Yüklə 137,5 Kb.
səhifə1/11
tarix17.05.2023
ölçüsü137,5 Kb.
#115607
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Rivojlangan mamlakatlarda ijtimoiy siyosat sohasidagi tajriba va O’zbekistonda ulardan foydalanish yo’llari.


KIRISH
I.BOB. RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA IJTIMOIY SIYOSATI
1.1. Ijtimoiy siyosat mazmun mohiyati, maqsadlari, nazariyasi………………...4
1.2. Rivojlangan davlatlar ijtimoiy siyosati……………………………………....7
II.BOB.RIVOJLANGAN MAMLAKATLARDA IJTIMOIY SIYOSAT O’ZBEKISTONDA ULARDAN FOYDALANISH
2.1. Ozbekistonda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning asosiy sohalari……17
2.2. Kuchli ijtimoiy siyosatning Ozbekistonga xos tajribasi……………………20
Xulosa…………………………………………………………………………….29
Foydanilgan adabiyotlar………………………………………………………...31

KIRISH
Islohotlarning farqli tomoni ularning yaqqol ifodalangan ijtimoiy yo‘nalganligi, insonga, uning ehtiyojlariga yaqinroq bo‘lishga intilishi, islohotlar natijasida odamlarning tez o‘zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarga moslashishiga ko‘maklashish, ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va samarali ijtimoiy himoya tizimini yaratishdan iborat. 
Aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev sharofati bilan o‘tgan yillarda tabu qo‘yilgan (taqiqlangan) kambag‘allik muammosi jamoatchilik muhokamasiga olib chiqildi va ko‘p hollarda mamlakatning ijtimoiy siyosati strategiyasini belgilay boshladi. U ilk bor bu mavzuga o‘zining 2020 yil 24 yanvarida Parlamentga murojaatida to‘xtalib, aholining kam ta’minlangan qatlami umumiy aholi miqdorining 12-15 foizini yoki 4-5 mln kishini tashkil etishini ta’kidladi[11].
Aynan shu lahzadan boshlab kambag‘allikni qisqartirish muammosini hal qilishga majmuaviy yondashuvlarni ishlab chiqish boshlandi. Dastavval, O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi, Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida moliyaviy-iqtisodiy masalalar va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari lavozimi paydo bo‘ldi. 
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatda kambag‘allik chegarasini aniqlashda ko‘rsatkich va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha mo‘ljal olish rolini o‘ynaydigan uy xo‘jaliklarini o‘rganish natijalari bo‘yicha aholining eng kam iste’mol xarajatlari (IHEKM, insonning oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, xizmatlarga kundalik ehtiyoji) ni hisoblashni boshladi. Bundan tashqari, Butunjahon banki va BMT Taraqqiyot dasturi ekspertlari bilan hamkorlikda o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda kambag‘allikni qisqartirish maqsadlarini aniqlash uchun “2021-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni qisqartirish strategiyasi”ning loyihasi ishlab chiqildi. 
Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 27 fevraldagi videoselektor yig‘ilishidagi chiqishidan quyidagi jumla kambag‘allik bilan kurashishga majmuaviy yondashuv mohiyatini yaqqol tasvirlaydi:“Kambag‘allikni qisqartirish ish haqi yoki nafaqalar miqdorini oshirish, ommaviy kreditlar berishni anglatmaydi. Avvalo, aholini kasb-hunarga o‘rgatish, moliyaviy savodxonligini oshirish, aholini tadbirkorlik bilan shug‘ullanishga undash, infratuzilmani, ta’lim va davolash sifatini yaxshilash, manzilli ko‘mak berish tizimini joriy etish zarur”[12].
Kambag‘allikni qisqartirish muammosini aynan shunday tushunish bugungi kunda yangi ish o‘rinlarini yaratish, xodimlar malakasini oshirish, o‘zining kichik yoki oilaviy tadbirkorligini boshlash istagini ma’lum qilgan odamlarni kasbga o‘rgatish va qo‘llab-quvvatlashga e’tibor qaratadiganMahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi, hokimiyatlar yuritadigan faoliyati bo‘yicha qabul qilinadigan chora-tadbirlar mantig‘ini belgilaydi. 
Majmuaviy yondashuv aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini manzilli qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi. “Temir”, “Ayollar” va “Yoshlar” daftarlarini yaratish, yagona ijtimoiy reyestr orqali muhtojlarga yordam ko‘rsatish kabi tashabbuslarni alohida ta’kidlash kerak. Ko‘rilgan chora-tadbirlar sharofati bilan ijtimoiy pensiya va nafaqa oluvchi oilalar miqdori ikki barobarga oshdi. 
Ijtimoiy davlatni odamlar uchun qulay yashash muhitini, rivojlangan mahalliy infratuzilmalarni yaratmay vafuqarolarni arzon uy-joy bilan ta’minlamay turib, tasavvur qilib bo‘lmaydi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda bu yo‘nalishlarda juda ko‘p ishlar qilindi. “Obod mahalla” va “Obod qishloq” dasturlarini alohida ajratib ko‘rsatish mumkin. O‘zbekiston Prezidenti bu dasturlarning ijtimoiy mezoni to‘g‘risida shunday deydi: “Agar mahalla obod qilinsa, butun mamlakat obod bo‘ladiAgar mahalla o‘zgarsabutun jamiyat o‘zgaradi”[11].
Shuningdek, islohotlarni amalga oshirish davomida kam ta’minlangan fuqarolarni turar-joy bilan ta’minlash chora-tadbirlari ko‘rilmoqda, bu esa ijtimoiy tengsizlik muammolarini hal qilish bilan bog‘liq vaziyatga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Arzon uy-joy dasturi doirasida nafaqat shahar va qishloq joylarida faol yangi uylar qurilmoqda, balki Prezidentning “Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan ta’minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni asosida imtiyozli ipoteka kreditlari ham taqdim etilmoqda. Shuningdek, 2021 yil 1 martidan boshlab O‘zbekistonda kam ta’minlangan va turar-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun subsidiya berish bo‘yicha xizmatlar ish boshladi. 



Yüklə 137,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin