1. Infratuzilmaning mohiyati, ahamiyati va turkumlanishi.
Infratuzilma so’zi lotincha “infrastructure” so’zidan olingan bo’lib,
“infra” - quyi, asos va “structure” - tuzilish, joylashish kabi ma’nolarni
anglatadi. Jahon tajribasida infratuzilma tushunchasi XX asr boshlarida birinchi
bor “zarur yordamchi obyektlar va inshootlar majmuasi” sifatida muomalaga
kiritilgan bo’lsa, 1940-yillarga kelib g’arb davlatlarida infratuzilma “ishlab
chiqarish sohalarining faoliyatiga zaruriy shartsharoitlar yaratuvchi subyektlarning
yaxlit bir tarkibi” sifatida qo’llanila boshlandi.
Infratuzilma subyektlari har qanday iqtisodiy tizimning asosiy tarkibi
hisoblanib, ko’rsatayotgan turli yo’nalishdagi xizmatlari bilan barcha tarmoq va
sohalarning iqtisodiy barqaror rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
Infratuzilma subyektlari ishlab chiqarish, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni
to’la qamrab olib, tashkiliy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axborot, ekologik,
boshqaruv va boshqa turdagi xizmatlar ko’rsatish faoliyatini o’z ichiga oladi, eng
asosiysi ishlab chiqarish jarayoniga bevosita ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
Infratuzilma tizimi mamlakatimiz iqtisodiyoti tayanadigan poydevordir.
Iqtisodiyot tarmoqlari ishining uyg’unligi, ularning samaradorligi, shuningdek,
chet el sarmoyalarini jalb qilish va o’zlashtirish imkoniyati infratuzilma tizimi
rivojining holati va darajasiga bog’liqdir.
Infratuzilma
sohalari
mustaqil
ravishda
pirovard
mahsulot
ishlab
chiqarmasada, ishlab chiqrish jarayoniga xizmat ko’rsatish orqali yakuniy
natijalarga ta’sir ko’rsatadi.
Infaruzilma sohalarini ma’lum belgilari bo’yicha guruhlash muhim
ahamiyatga ega. Infratuzilma sohalarini guruhlash quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
•
infratuzilma
alohida
elementlari
va
sohalarining
ijtimoiy
ishlab
chiqarishdagi o’rnini aniqlash;