maqsadida tijorat banklari tarmog’i, zamonaviy moliya va soliq tizimi, audit,
sug’urta, birjalar faoliyati, kredit uyushmalari, konsalting firmalari, bojxona tizimi
va boshqa shu kabilarni o’z ichiga oladi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga kiradigan
tashkilotlar o’rtasidagi o’zaro hamkorlikni samarali yo’lga qo’yish asosida
iqtisodiyotda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirish mumkin. Ushbu
tadbir bozor infratuzilmasi subyektlarini qishloq hududlari bo’yicha joylashtirish
bilan bir qatorda ular tomonidan yangi ish o’rinlarining
yaratilishiga ham asos
bo’ladi.
4-rasm. Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasi subyektlari.
Bozor infratuzilmasi subyektlari tarkibiga quyidagi tashkilot, idora va
muassasalar kiradi: monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat
qo’mitasi; iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo’mitasi; birjalar va ularning
tarkibida
ish yuritadigan brokerlar, maklerlar va agentlar xizmatlari; savdo-tijorat
markazlari, savdo uylari, savdo-sanoat palatalari,
tashqi savdo firma va
birlashmalari; ulgurji, chakana savdo va boshqa turdagi barcha savdo tashkilotlari;
kim oshdi savdosi o’tkazuvchi idora va yarmarka; markaziy va tijorat banklari;
lizing va injiniring bo’yicha muassasa va tashkilotlar; marketing maslahati va
menejment
markazlari; mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash
muassasalari, markazlar; mehnat bandligi bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar; tijorat
va ilmiy-texnika axborotlari markazlari; reklama byurolari; sug’urta xizmatini
ko’rsatuvchi
muassasalari; soliq tizimi idoralari va inspeksiyalari; bojxona tizimi
idoralari; auditorlik xizmati firmalari; konsalting xizmati muassasalari;
kasaba
uyushma tashkilotlari; loyihalash institut va tashkilotlari; vositachilik xizmati
muassasalari; notarial idoralari;
advokatura idorasi; tadbirkorlik uyushmasi;
investitsiya jamg’arma kompaniyalari; lombardlar; agrofirma; kredit uyushmalari;
iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari va shunga o’xshash barcha
xo’jalik yuritish subyektlari va jismoniy shaxslar o’rtasida sodir bo’ladigan bozor
munosabatlarini tashkil etuvchi va muvofiqlashtiruvchi muassasalar hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligida bozor infratuzilmasining ham o’rni beqiyosdir. Qishloq
xo’jaligida bozor infratuzilmasining bir subyekti bo’lgan lizing kompaniyalari
tarmoqni yuqori samarali zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlashda muhim
ahamiyatga ega. Qishloq xo’jaligiga yetkazib berilayotgan traktorlar va o’rim-
yig’im texnikasi sonini oshirish hamda ular uchun hisob-kitob qilish mexanizmini
takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 2-noyabrdagi
“Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo’jaligi texnikasi bilan ta’minlash
chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 424-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur hujjatga asosan
“O’zqishloqxo’jalikmashlizing” kompaniyasi tashkil etildi va uning tuzilmasi
tasdiqlandi. Bundan tashqari “O’zqishloqxo’jalikmashxolding” kompaniyasi
zavodlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mashinalarini
(birinchi navbatda traktorlar va o’rim-yig’im texnikasini)
mashina-traktor
parklariga va fermer xo’jaliklariga lizingga berishning tashkiliy, iqtisodiy hamda
texnikaviy mexanizmlari belgilab qo’yildi. Hozirgi vaqtda hukumatimiz tomonidan
qishloq xo’jaligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda lizing
imkoniyatlaridan keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.