Ijtimoiy infratuzilmaning asosiy vazifasi qishloq aholisining madaniy-maishiy
sharoitlarini yaxshilash hisoblanadi. Ijtimoiy infratuzilma sohalari yakuniy
mahsulot yaratishda
bevosita ishtirok etmaydi, lekin ular ishlab chiqarish
jarayonining normal davom etishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydilar. Bu
o’rinda xalqimizning “Yaxshi dam - mehnatga hamdam” maqolini misol keltirish
mumkin. Qishloq xo’jaligi mehnatkashlarining yashash sharoiti, madaniy dam
olishi, ularga ko’rsatiladigan maishiy xizmatlar qanchalik yaxshi bo’lsa, ularning
mehnat unumdorligi ham shunga yarasha bo’ladi.
Ijtimoiy infratuzilma bo’limlari nafaqat korxona ishchilari, balki ularning oila
a’zolari kommunal-maishiy talablarini qondirish uchun
ham shart-sharoitlarni
yaratishda qatnashadi.
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llabquvvatlash uchun
qilingan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlar 1jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Mamlakatimizda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy
qo’llabquvvatlash uchun qilingan xarajatlar
2018
2019
mlrd.
so’m
xarajat
larga
nisbatan
foizda
mlrd.
so’m
xarajatl
arga
nisbatan
foizda
Xarajatlar (maqsadli
jamg’armalarsiz) - jami
7973
6,1
100,0
11800
8,6
148,0
shundan:
Ijtimoiy soha va aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
xarajatlari
3902
6,9
48,9
63542
,3
79,7
shundan:
ta’lim
20631,9
25,9
33536,1
28,4
sog’liqni saqlash
9585,9
12,0
14977,4
12,7
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki,
mamlakatimizda ijtimoiy
soha va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash xarajatlari 2019yilda 2018-yilga
nisbatan keskin oshgan. 2018-yilda ijtimoiy soha va aholini ijtimoiy qo’llab-
quvvatlash xarajatlari jami xarajatlar tarkibida 48,9 foizni tashkil etgan bo’lsa,
ushbu ko’rsatkich 2019-yilda 79,7 foizni tashkil etgan.
Ijtimoiy infratuzilma qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining xususiyatlarini
aks ettiradigan o’ziga xos jihatlarga ega. Ijtimoiy infratuzilma obyektlari qishloq
xo’jaligi korxonalarining moliyaviy resurslari va tadbirkorlarning pul mablag’lari
hisobiga yoki davlat investitsiyalarini qishloqlarda turar-joylar, bolalar bog’chalari,
maktablar,
poliklinikalar, aloqa tarmoqlari va boshqalar qurilishiga samarali
sarflash orqali barpo etiladi. Qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma sohalari
nafaqat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida band ishchilarga,
balki qishloq
xo’jaligi korxonasi hududida yashovchi aholining boshqa qismiga ham xizmat
ko’rsatadi.
Ijtimoiy infratuzilma obyektlarining tashkil etilishi va maqsadga muvofiq
ishlab turishi ular joylashgan qishloq xo’jaligi korxonasining iqtisodiy
rivojlanganlik darajasiga bog’liq bo’ladi. Xo’jaliklar
ijtimoiy infratuzilma
bo’limlarini shakllantirishga zarur moddiy-pul va mehnat resurslarini ajratadilar.
Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga
hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. Bugungi kunda xizmat
ko’rsatish tarmoqlari asosan shahar va tuman markazlarida ko’proq joylashgan
bo’lsa, endi uni shahar atrofidagi aholi punktlari, qishloqlarda tashkil etish zarurati
ortmoqda. Xizmat ko’rsatish sohalarining rivojlanganlik
darajasi mamlakatning
taraqqiy etganligi, jamiyatning rivojlanganligi va aholining turmush farovonligini
ko’rsatuvchi muhim mezondir.
Dostları ilə paylaş: