Kirish I. Bob. Sifat- so’z turkumi va uning tavsifi


) juft sifatlar quyidagicha yasaladi



Yüklə 115,65 Kb.
səhifə8/13
tarix19.12.2023
ölçüsü115,65 Kb.
#185104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Abdisharipova Sevara 1

3) juft sifatlar quyidagicha yasaladi:
1) qarama-qarshi ma'noli so‘zlardan: katta- kichik, uzun-qisqa, maza-bemaza, sezilar-sezilmas, bilinarbilinmas, kirdi- chiqdi;
2) sinonim ko‘rinishdagi so‘zlardan: erkaarzanda, boy-badavlat, sog‘ - salomat, uzuq-yuluq, ola-chipor, soyasalqin, mo‘min-qobil, xor-zor;
3) yaqin ma'noli so‘zlardan: och-nahor, shaldir-shuldir, o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik- nihol, ola-quroq, kuydi-pishdi. Juft sifatlar chiziqcha bilan yoziladi, -u, -yu yuklamalari bilan bog‘lansa, chiziqcha qo‘yilmaydi: yakkayu yagona farzand.
3. So‘zlarni takrorlash bilan ham sifatlar yasaladi: Bu usul yordamida sanoqli miqdordagi sifatlargina yasaladi: yo‘l-yo‘l (ko‘ylak), manman (odam), shiqshiq (tugma), liplip (chiroq), chaqchaq (odam),
Sifatlar tuzilishiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:
1. Sodda sifatlar bir o‘zakdan iborat bo‘ladi: aqlli, yaxshi.
2. Qo‘shma sifatlar - rahmdil, ertapishar, havo rang. Bunday sifatlar:
1) ikki tub so‘zdan tashkil topib, otQot (kulcha yuz bola), otQsifat, sifatQot (sovuqqon), ravishQot ko‘rinishlarida bo‘ladi: ommabop, xom semiz (yigit), kamgap; 2) biri tub, ikkinchisi yasama so‘zdan iborat bo‘ladi: sovuqqon, ishyoqmas, erksevar, tilbilmas.
3. Birikmali sifatlar: uzun tolali (paxta), yoshi ulug‘ (inson), gapga usta (odam), oqishdan kelgan (yigit).
4. Juft sifatlar - o‘ydim-chuqur, och-nochor, nozik-nihol, ola-quroq.
5. Takroriy sifatlar - baland-baland, uzun-uzun, yo‘l-yo‘l (ko‘ylak).
Sifatni o'rganish mavzusi materialni leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko'zda tutadi. O'quvchilar sinfda sifatning leksik ma'nosini kuzatadilar, sifatga qanday?, qanaqa? so'rog'ini berishga o'rganadilar; sinfda sifat-so'z turkumi sifatida o'rganiladi; sinfda ilgari o'rganilganlar takrorlanib, grammatik materialga bog'liq holda qo'shimchasi bilan yasalgan qiyosiy va qip-qizil, yamyashil kabi orttirma darajadagi (atama aytilmaydi) sifatlarning yozilishi o'rgatiladi. Ona tili va o'qish darslarida o'quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo'lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi.



Yüklə 115,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin