2.3.Boshlang‘ich sinflarda sifat so‘z turkumini o‘qitishda Muammoli ta‘lim texnalogiyalari
Muammoli o‘qitishning mohiyatini o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarning o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o‘quv vazifalarini, muammolarini hamda savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi.
Muammoli vaziyatning belgilari quyidagilar:
– o‘quvchida notanish faktning mavjud bo‘lishi;
– vazifalarni bajarish uchun o‘quvchiga beriladigan ko‘rsatmalar, yuzaga kelgan bilish mashaqqatini hal qilishda ularning shaxsiy manfaatdorligi.
Muammoli vaziyatdan chiqa olish hamma vaqt muammoni, ya'ni — nima noma'lum ekanligini, uning nutqiy ifodasi va yechimini anglash bilan bog‘langan.Muammoli vaziyatni fikriy tahlil qiladigan bo‘lsak, u, avvalombor, o‘quvchilarning mustaqil aqliy faoliyatidir. U o‘quvchini intellektual mashaqqat keltirib chiqargan sabablarni tushunishga, unga kirish, muammoni so‘z bilan ifodalash, ya'ni — faol fikr yuritishni belgilashga olib keladi. Bu o‘rinda izchillik yorqin ko‘rinadi: avvalo, muammoli vaziyat yuzaga keladi, so‘ng o‘quv muammosi shakllanadi. O‘qitish jarayonida o‘quv muammosining muhim belgilari ham mavjud.O‘quv muammosining muhim belgilari quyidagilar:
– yangi bilimlarni shakllantirishga olib keladigan noma'lumning qo‘shilishi;
– o‘quvchilarda noma'lumni topish yo‘lida izlanishni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilim zahirasining bo‘lishi.
O‘quv muammosini yechish jarayonida o‘quvchilar aqliy faoliyatining muhim bosqichi uning yechilish usulini o‘ylab topishga oid farazlar, g‘oyalar qo‘yish hamda uni asoslashdir.O‘quv muammosi muammoli savollar bilan izchil rivojlantirib boriladi va bundan har bir savol uning hal qilinishida bir bosqich bo‘lib xizmat qiladi.
Muammoli o‘qitishda o‘qituvchi o‘quvchilaming bilish faoliyatini tashkil etadi, shundagina o‘quvchilar fanlarni tahlil qilish asosida mustaqil ravishda intellektual mashaqqatlarni hal qilish, xulosa chiqarish va umumlashtirish, qonuniyatlarni shakllantirish, qo‘lga kiritilgan bilimlarni yangi vaziyatga tatbiq etishga intiladi.Muammoli o‘qitish natijasida o‘quvchilarda bilimlarga mustaqil erishish qobiliyati shakllanadi hamda mavzu bo‘yicha turli g‘oyalar topish, uni isbotlash orqali yangi aqliy harakat usullarini topish va bilimlarni bir muammodan boshqasiga ko‘chirish ko‘nikmasi hosil bo‘ladi.
O‘quvchilarda diqqat va tasavvurlari rivojlanadi, o‘quv materiallarini idrok qilish orqali ularning bilish faolligi oshadi.Boshlang‘ich sinflarda sifat turkumini o‘rganish tizimi o‘quv materialini leksik va grammatik tomondan izchillik bilan boyitib, murakkablashtirib borishni ko‘zda tutadi. O‘quvchilar savod o‘rgatish davridan boshlab, to 4- sinfga qadar belgi bildiruvchi so‘zlarning — sifatning leksik va grammatik ma'nolarini boshlang‘ich sinf ona tili dasturi hajmida o‘rganadilar. Savod o‘rgatish davrida belgi bildirgan so‘zlarning ma'nolarini o‘qituvchining “Mazasi qanday olma? Rangi qanday olma? Hajmi qanday olma?” kabi savollari asosida kuzatish orqali amaliy bilib boradilar. 1-sinfda va 2-sinfda “Shaxs va narsaning belgisini bildirgan so‘zlar” mavzusi o‘rgatilayotganda o‘quvchilar belgi bildirgan so‘zlarni ma'nolariga ko‘ra guruhlash ishlarini bajaradilar, ya'ni - ularni so‘roqlar yordamida gap va matnda shaxs, narsa, harakat, miqdor bildirgan so‘zlardan farqlash ko‘nikmasini egallaydilar. Bunda o‘qituvchi oldida turgan muhim vazifa o‘quvchilarning narsa va shaxsning belgilari xilma-xil bo‘lishini, ya'ni narsa rangi, mazasi, shakli, hidi, hajmi, xususiyatlariga ko‘ra farqlanishini, bular narsa va shaxsning belgilari ekanini anglashlariga erishish, nutqda ulardan samarali foydalanish orqali o‘quvchilar nutqini belgi bildirgan so‘zlar bilan boyitish va nutqini o‘stirishdir. Ayniqsa, o‘quvchilarga narsa va shaxslarni belgilariga ko‘ra tavsiflashga doir mashqlarga va bunga oid o‘quv topshiriqlariga katta ahamiyat berish lozim.
3-4-sinflarda esa sifat atamasi bilan tanishtirilgach, mazkur atama bilan elementar nazariy ma'lumotlarga ega bo‘ladilar.3-4-sinfda o‘quvchilarning sifatlarning o‘ziga xos leksik-grammatik xususiyatlari haqidagi bilimlari va ko‘nikmalariga asoslanib, og‘zaki va yozma ijodiy ishlar — maktab bog‘i yoki istirohat bog‘iga sayohat uyushtirib, u yerda kuzatilgan daraxt, qushlar, hayvonlarni tasvirlab, kichik hikoya tuzish kabilarga alohida o‘rin beriladi. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ona tili va o‘qish darslarida ma'nodosh va zid ma'noli sifatlar, sifatning o‘z va ko‘chma ma'nolarda ishlatilishini kuzatishga, sifat yasashga doir leksik-semantik va grammatik mashqlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Ona tili va o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqi yangi-yangi sifatlar bilan boyitiladi, ularga oldindan ma'lum bo‘lgan sifatlarning ma'nosiga aniqlik kiritiladi. Sifatlar bolalar nutqini va tasavvurini boyitishga xizmat qiladi. Sifatlar narsa va hodisalarni aniq tasvirlash, ifodalash imkonini beradi. Bu imkoniyatdan foydalanib, ijodiy matn tuzishga o‘rgatish o‘quvchilarning fikrini aniqlashtiradi, nutqining ta'sirchanligini oshiradi.
Dostları ilə paylaş: |