Kirish I bob. Tojikiston Respublikasining iqtisodiy geografik o’rni


Tojikiston Respublikasining tabiiy sharoiti



Yüklə 343,5 Kb.
səhifə3/10
tarix26.04.2023
ölçüsü343,5 Kb.
#102929
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Tojikiston Respublikalari iqtisodi

Tojikiston Respublikasining tabiiy sharoiti

R espublikaning umumiy maydoni 143,1 ming km2 bo‘lib, u Markaziy Osiyoda eng kichik, MDHda 8-o`rinda va jahonda 91-o‘rinda. Aholisn 10 mln kishi.1
1-rasm. Tojikiston Respublikasining aholi dinamikasi2
Tabiiy sharoitining xususiyatlari asosan uning relyefi bilai uzviy bog‘langan. U qo‘shnilari Qirg‘iziston, Xitoy va Afg‘oniston bilan baland tog‘lar va yon bag‘irlari juda tik daralar hamda daryolar bilan chegaradoshki, shu tufayli ana shu qo‘shinlari bilan hozirgi vaqtda Tojikistonning iqtisodiy aloqalari to‘g‘ridan to‘g‘ri deyarli olib borilmaydi. Uning jahonga chiqish imkoniyatlari faqat O‘zbekiston orqaligina olib borilmoqda. Ana shu holat Tojikistonning asosan relyefi bilan bog‘liq. Respublikaning relyefi qanday xususiyatlarga egaligini mashhur iqtisodiy geograf A. N. Rakitnikov juda aniq ifodalaydi. Uning ta’rifi quyidagicha mazmunga ega: “O‘z xududlarida agar qirg‘izlar ot-ulovda yura olsalar, tojiklar yayov yurishlariga to‘g‘ri keladi” Boshqacha ayttanda, Tojikistonigng tog‘lari shu qadar tik, yonbag‘rlari keskinki, ular bo‘ylab yurishda hatto ot-ulov ham ish berishi qiyin. Umuman, respublika hududini asosan Pomir va Oloy tog‘ tizimlariga qarashli Markaziy Osiyodagi eng baland tog‘lar egallab yotadi. Balandligi tufayli «Dunyo tomi» nomini olgan Pomir tog‘lari bular orasida eng ulkani (7495 m) hisoblanadi. Faqat Janubiy va Shimoliy Tojikistondagina balandligi 350-800 mm gacha bo‘lgan nisbatan tekis tog‘ oldi adirliklari va tog‘ oralig‘i vodiylari uchraydi. Aholi asosiy faoliyat ko‘rsatadigan bunday hududlar respublika umumiy maydonining atiga 7-8 % ni tashkil qiladi. O‘rtacha balandliga 3000 m dan yuqori bo‘lgai hududlar esa jami maydonining yarmidan ko‘pini egallaydi. Tabiiyki, ana shu blandlikda aholi deyarli yashamaydi. Geologik holatiga bog‘liq muhim xususiyatlaridan biri undagi intensiv seysmiklik darajasidir. Tez-tez bo‘lib turadigan zilzilalar, surilma va tog‘ ko‘chishlari iqtosidiyotga ancha zarar keltiradi.3
Janubiy Tojikistonning tekisliklarida asosan iliq. Yozi issiq va davomli, o‘rtacha t° +28° -30°, qishi esa +1° atrofida tebranadi. Quruq subtropik iqlimli hududlardan hisoblanadigan bu qismida eng issiqsevar dehqonchilik ekinlari ekiladi. Tog‘larda esa balandlikka ko‘tarilgan sari yozu - qishda 1° pasayib, yog‘in miqdori esa kamayib boradi. Jumladan, yog‘in miqdori baland adirliklarda 400-600 mm dan Sharqiy Pomirning yuqori balandliklarida 60 mm gacha boradi. Shu sababli, ko‘p sonli yirik doimiy tog‘ muzliklari, bular orasida dunyoda eng yirik Fedchenko muzligi, shu tog‘larda joylashgan. O‘z navbatida, ular nafaqat Tojikistonda, balki Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida obi-hayot vositasi hisoblanadigan asosiy daryolar (Amudaryo va uning irmoqlari)ning manbailari hisoblanadi.
Tojikiston togʻli mamlakat, hududining 93 % ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha boʻlgan togʻlar, shuningdek, Oʻrta Osiyoning eng yirik togʻlari — Tyan-Shan va Pomir sistemasiga kiradigan togʻlar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland boʻlgan togʻliklar tashkil etadi. Daryo vodiylarining kengaygan joylari va togʻ oraligʻidagi soyliklar tekisliklardan iborat, shimolda Qurama tizma togʻlari (Boboiob togʻi, balandligi 3769 m) va Moʻgʻultogʻ togʻlari (1624 m) joylashgan. Tojikiston markaziy qismida Olay tizma togʻlari (gʻarbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtargʻa togʻi), Hisor va Qorategin tizma togʻlari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma togʻlari orasida), janubi-gʻarbiy qismida (Hisor-Olay tizma togʻlarining janubda va Pomirning gʻarbida) unchalik baland boʻlmagan Bobotogʻ, Oqtogʻ, Qoratogʻ, Teraklitogʻ, Sarsarak, Rangontogʻ, Ilonlitogʻ va boshqalar bor. Ushbu togʻlardan ayrimlari janubiy va janubi-gʻarb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirgʻoqlarigacha qoʻshilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma togʻlar oraligʻida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. Tojikiston janubi-sharqiy qismida Pomir togʻlari qad koʻtargan (Tojikistonning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzkoʻl tizma togʻlari va janubi-gʻarbda Shimoliy va Janubiy Alichur tizma togʻlari joylashgan. Shimoliy va Janubiy Tojikistonning baland tog’lar bilan bir-biridan uzilib qolganligi mamlakatning temir yo’l va avtomobil yo’lidagi ichki aloqalarini o’zga davlatlar orqali amalga oshirishni taqozo qilgan. Masalan, mamlakatning poytaxti Dushanbedan Shimoliy eng yirik shahar Xo’jandgacha bo’lgan masofa 320 km ga teng bo’lgani holda, bu masofadan uch marta ko’p bosib o’zga davlat (O’zbekiston orqali Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng ko’pligi va boshqa ichki omillar uning iqtisodiyotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib turadi. O’z navbatida Tojikiston IGO’ning salbiy tomonlari ham mavjud. Hududining materikning ancha ichkarisida-baland tog’lik zonada joylashganligi uchun u sayyoramizdagi rivojlangan mamlakatlardan uzilib qolgan. Shuningdek, mamlakat hududining ko’p qismini tog’lar egallaganligi uchun u sharqiy, janubi-sharqiy qismida joylashgan davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik qilishda tabiiy ravishda qiyinchiliklarga duch kelgan. Hattoki Respublika hududining o‘zi ham baland tog’lar bilan o’nlarcha marta bo’linib qolganligi davlatnint umumiy taraqqiyotida tabiiy to’siqdir.4
Tojikiston Pomir tog’i va uning baland tizmalari orqali Xitoy va Afg’oniston davlatlari bilan chegaralanadi.Hattoki Pokiston va Hindiston davlatlari ham Tojikistonga yaqin qo’shnidir. Biroq baland tog’lar esa ushbu davlatlar bilan bevosita iqtisodiy aloqa qilishga afsuski tabiiy to’siqdir.
Tojikiston davlati qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun qulay geografik xususiyat va imkoniyatlarga ega. Uning geografik o’rni, MODning nisbatan janubiy qismida joylashganligi, serquyoshligi, yogin-sochinning esa birmuncha ko’p tushishi, unumdor tuprog’i, mamlakat qishloq xo’jaligini kompleks rivojlantirishiga xizmat qiladi.
Mamlakat yer usti tuzilishining murakkab ko’rinishi ayrim tur dehqonchilik tarmoqlarini tabaqalab joylashtirish va cheklab rivojlantirishni taqozo qilgan. Jumladan uning tekislik qismlari va daryo vodiyo’larida bir dalada dehqonchilikning ayrim turlaridan yiliga 2 marta hosil olishni ta’minlesa, uning tog’li zonalarida esa vegetatsiya muddati qisqa bo’lgan ekinlarnigina bir marta ekib olish mumkin.
Mamlakatning qulay iqlimiy sharoiti dehqonchilikni rivojlantirishda kuchli tabiiy-resurs omildir. Bu yerda bulutsiz kunlarning ko’pligi, havo harorati ijobiy ko’rsatkichiniig yuqoriligi 5 darajadan yuqori havo haroratning umumiy yig’indisi Shaartuzda 5885, Dushanbeda 5238, Ko’lobda 5812 darajadan yuqori havo harorati yig’indisi mazkur shaharlarda 5489:4835 :5418 darajega teng, vegetatsiya muddatining uzoqligi (mazkur shaharlarda 249 : 236 : 248 kunga teng Tojikistonda issiqsevar dehqonchilik tarmoqlarini keng rivojlaitirishni ta’minlangan. Paxta (va shu jumladan qimmatbaho ingichka tolali paxta, sholi, bug’doy, subtropik va sitrus mevalari yetishtirish iqlimiy sharoitning qulayligidir.
Respublikaning keng tarqalgan bo’z va allyuvial tuprolari serunum va donador bo’lib ancha madaniylashgandir. Tuproq tarkibi, undagi chirindi miqdori balandlik mintaqasi bo’ylab o’zgaradi va bu narsa ham dehqonchilikning tarmoq tuzilishi hamda hosildorligiga ta’sir ko’rsatib turadi. Masalan, dengiz sathidan 1000 metr va undan baland zonalarda to’q tusli bo’z tuproq keng tarqalgan. Ularning unumdorligi mamlakatning vodiylari hamda tekislik qismida uchraydigan tipik bo’z tuproqdan 1,5-2 marta past.5



Yüklə 343,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin