Кirish i-bob


-rasm. Mehnat bozori kon`yunkturasi



Yüklə 136,02 Kb.
səhifə4/14
tarix07.01.2024
ölçüsü136,02 Kb.
#205346
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Хужамкулов Илхом111

1.1.2-rasm. Mehnat bozori kon`yunkturasi


  1. Xodimlar taqchilligi, bunda bozor mehnat taklifi kamligini boshdan kechiradi.

  2. Ishsizlik, bunda mehnat bozorida mehnat taklifi ortig`i bilan bo`ladi.

  3. Muvozanat, bunda mehnatga talab mehnat taklifiga mos keladi.

Mehnat bozorining ishlashi ishchi kuchini mehnatni tadbiq etish sohalari, xalq xo`jaligi tarmoqlari, korxonalar, tashkilotlar, firmalar o`rtasida qayta taqsimlash erkinligining yuqori darajada bo`lishini nazarda tutadi. Bu eski ish joylarining qisqartirilishi va tugatilishi hamda yangi ish joylarining tashkil etilishi bilan birga bog`lik bo`lgan sarmoyaning erkin kirib kelishi natijasida ishlab shiqarish kuchlarini joylashtirishda o`zgarishlar sodir bo`ladi degan ma`noni anglatadi.

Mehnat bozorining funksiyalari va tarkibiy elementlari


Mehnat bozori ijtimoiy-mehnat munosabatlarida muhim o`rin tutadi. Mehnat bozorining mohiyati va bozor iqtisodiyoti tizimidagi o`rni uning funksiyalarida aks etadi. Mehnat bozori quyidagi funksiyalarni bajaradi.
Mehnat bozori bozorning boshqa turlari (tovar, kapital, valyuta, qimmatli qog`ozlar, ko`chmas mulk va bozorlar)ga qaraganda qator o`ziga xos xususiyatlarga ega( qarang:1.1.3-rasm):

1.1.3-rasm. Mehnat bozorining xususiyatlari


  1. Ijtimoiy-psixologik, shuningdek, pulsiz omillarning muhim o`ringa ega ekanligi, ya`ni ish beruvchi va yollanma ishchi o`rtasidagi bitim (mehnat sharoitlari, jamoadagi ahloqiy-ruhiy muhit, kasbiy o`sish va hokazolar)ning mavjudligi;

  2. Institustional tarkiblarning miqdoran ko`pligi, unga mehnat qonunchiligi, bandlikni tartibga soluvchi turli muassasalar va xizmatlarning mavjudligi, mehnat va bandlik borasidagi davlat dasturlari va boshqalar;

  3. Bitimlarni yuksak darajada individullashganligi, Ular turlicha, chunki har bir xodim o`zicha noyob, har bir ish o`rni boshqasidan farqlanadi, nomzoddan maxsus ko`nikmalar bo`lishini talab etadi.

  4. Sotuvchi va haridor o`rtasidagi aloqalarning davomiyligini uzoqligi va hokazolar.


Yüklə 136,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin