Kirish I. Nazariy qism



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə15/17
tarix06.05.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#108689
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kurs ishi Sodiqov D

Osillograf. Ostsillograf ikkita kanalga ega (SHANNEL A va V). Kanallarning sezgirliklari 10 mkV/bo’l. dan 5 kV/bo’l. gacha alohida sozlanishi hamda vertikal bo’yicha (YPOS) va gorizontal bo’yicha (XPOS) siljishlar o’rnatilishi mumkin. Kirish bo’yicha rejimlar AS (faqat o’zgaruvchan signal kuzatiladi) va DC (o’zgaruvchan va o’zgarmas signal kuzatiladi) tugmalar yordamida tanlanadi. Odatdagi rejim (vertikal bo’yicha–signalning kuchlanishi, gorizontal bo’yicha–vaqt) Y/T tugmasi yordamida o’rnatiladi. V/A rejimda vertikal bo’yicha V kanalning kuchlanishi, gorizontal bo’yicha A kanalning kuchlanishi bo’ladi. Y/T rejimda razvertkaning davomiyligini (Time Base) 0,1 ns/bo’l. dan 1s/bo’l. gacha o’rnatish imkoniyati mavjud. Razvyortka kutuvchi rejimda (Trigger) bo’lishi mumkin. Ushbu rejimda ishga tushiruvchi signalning sathi sozlanishi (Level) hamda uning oldingi yoki keyingi frontidan foydalaniladi (Edge). Razverkani ishga tushirish rejimi Auto ( A yoki V kanaldan), A kanaldan, V kanaldan yoki tashqi manbadan (Ext) bo’lishi tanlanadi. Expand knopkasi bosilganda ostsillografning ekrani kattalashadi, ikkita vizir chizig`i paydo bo’ladi. Ular yordamida kuchlanish, vaqt intervallari va ularning ortishini o’lchash mumkin. Ostsillografning avvalgi holatiga qaytish uchun Reduce knopkasi bosiladi.
Osillograf (Oscilloscope) A va V kirishlariga keltirilgan ikkita signalni kuzatish imkonini beradi (1.3.13-rasm).

1.3.13-rasm. Ostsillograf (Oscilloscope)


AS rejimi tanlanganda faqat o’zgaruvchi signallarni kuzatish mumkin (o’zgarmas signallar uchun yopiq kirish rejimi). Sukut bo’yicha DC (ochiq kirish) rejimidan foydalaniladi. Bu holda ostsillograf ekranida qo’shimcha ravishda signalning o’zgarmas tashkil etuvchisi ham aks ettiriladi. Ostsillografning kirishini korpusga ulash uchun 0 rejimi tanlanadi.

1.3.14-rasm. Funktsional generator (Function Generator)
Funktsional generator (Function Generator) sinusoidal, uch burchak va to’g`ri burchakli signallarni hosil qiladi (1.3.14-rasm). Uning dialog panelida signalning chastotasi (Frequtncy) va amplitudasi (Amplitude) beriladi. Bundan tashqari, Offset bo’limidan foydalanib chiqish kuchlanishiga o’zgarmas kuchlanishni qo’shish mumkin. Impuls davomiyligining signal davri davomiyligiga nisbatining qiymati foizlarda panelning Dut cycle bo’limida o’rnatiladi.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin