Kirish I. Nazariy qism


Vikluchatel (rele), kirish kuchlanishining berilgan diapazonida ishlaydi. Vikluchatel



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə14/17
tarix06.05.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#108689
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Kurs ishi Sodiqov D

Vikluchatel (rele), kirish kuchlanishining berilgan diapazonida ishlaydi.


Vikluchatel (rele), kirish tokining berilgan diapazonida ishlaydi.
Aktiv asboblar diskret komponentlar sifatida kiritilgan:

  • diodlar (Diodes paneli);

  • bipolar, maydonli, MDP tranzistorlar (Transistors paneli);

  • analog (Analog ICs paneli) ;

  • raqamli (Digital ICs, Logic Gates, Digital panellari);

  • analog-raqamli va raqamli-analog o’zgartkichlar (Mixed ICs paneli).

Nazorat-o’lchov asboblari
Electronics Workbench dasturiy kompleksining Instruments panelida quyidagi ettita asbobni o’z ichiga oladi:

  1. multimetr;

  2. ostsillograf;

  3. funktsional generator;

  4. ACHX va FCHXlarning o’lchagichi;

  5. mantiqiy signallar generatori;

  6. 16-kanalli mantiqiy signallarning analizatori;

  7. mantiqiy o’zgartkich.

Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to’xtovsiz ikki marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning parametrlari sozlanadi.

1.3.10-rasm. Multimetr (Multimeter)


Multimetr (Multimeter) (1.3.10-rasm) tok va kuchlanishning o’rtacha kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. O’lchash rejimi mos knopkani bosish yo’li bilan tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o’lchash uchun dV knopkasi bosiladi. Bunda multimetr α=20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o’lchanayotgan kattalik) α koeffitsientni ko’rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (1.3.10-rasm) o’lchash natijalarini aks ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari joylashgan.

1.3.11-rasm. Multimetrning paneli


Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi, unda quyidagi belgilanishlar mavjud:

  • Ammer resistance —ampermetrning ichki qarshiligi;

  • Voltmeter resistance —voltmetrning kirish qarshiligi;

  • Ohmmeter current — nazorat qilinayotgan ob`ektdan o’tayotgan tok;

  • Decibel standard — kuchaytirish va pasaytirishni detsibellarda o’lchash uchun V1etalon kuchlanishni o’rnatish (sukut bo’yicha V1=1V).

Bunda uzatish koeffitsienti uchun formuladan foydalaniladi, formulada V2 — nazorat qilinayotgan nuqtadagi kuchlanish.

1.3.12-rasm. Voltmetr va ampermetr


O’zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (1.3.12-rasm) foydalanish mumkin. Ular Indicators bo’limida joylashgan.

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin