Asbobning tasvirida sichqonchaning chap tugmasini to’xtovsiz ikki marta bosib asbobning kattalashtirilgan oynasi hosil qilinadi. Unda asbobning parametrlari sozlanadi.
1.3.10-rasm. Multimetr (Multimeter)
Multimetr (Multimeter) (1.3.10-rasm) tok va kuchlanishning o’rtacha kvadratik (ta`sir qiluvchi yoki effektiv) qiymatlarini va qarshiliklarni o’lchash uchun mo’ljallangan. O’lchash rejimi mos knopkani bosish yo’li bilan tanlanadi. Kuchlanishni detsibellarda o’lchash uchun dV knopkasi bosiladi. Bunda multimetr α=20Ig(|X|) formula bilan aniqlanuvchi (X-o’lchanayotgan kattalik) α koeffitsientni ko’rsatadi.
Multimetrning oldingi panelida (1.3.10-rasm) o’lchash natijalarini aks ettiruvchi displey, sxemaga ulash uchun klemmalar va boshqarish knopkalari joylashgan.
1.3.11-rasm. Multimetrning paneli
Setting knopkasi bosilsa multimetr panelida dialog oynasi ochiladi, unda quyidagi belgilanishlar mavjud:
O’zgarmas va garmonik tok va kuchlanishlarni o’lchash uchun multimetrdan tashqari voltmetr va ampermetrlardan (1.3.12-rasm) foydalanish mumkin. Ular Indicators bo’limida joylashgan.