Kirish. Iqlim va ob-havo tushunchalari Reja: “Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv”ining ob'ektlari va predmeti, rivojlanishi tarixi va uning metodlari



Yüklə 31,55 Kb.
səhifə2/3
tarix24.12.2023
ölçüsü31,55 Kb.
#191443
1   2   3
Iqlim o‘zgarishi va ekologik moslashuv-fayllar.org

Havo harorati. Yangi ma'lumotlarning ko'rsatishicha, XX asrda Shimoliy
yarim sharda iqlimning isishi oxirgi 100 yillikdagi eng kuchlisi hisoblanadi. Eng
issiq o'n yillik 1990-2000 yillar oralig'iga, eng issiq yil esa 1998 yilga to'g'ri keladi.
Qayd etish lozimki, tungi haroratning ko'tarilishi kunduzgiga nisbatan yuqoridir.
Shimoliy Amerikaning shimoliy hududlarida, Shimoliy va Markaziy Osiyoda
iqlimning isishi ancha sezilarli bo'lib qoldi, o'rtacha global isishdan bir muncha
kattadir. Sovuq bo'lmagan davrning davomiyligi ham ortdi.
Qor va muz qoplami. XX asrning 60 yillari oxiridan qor qoplami 10% ga
kamaydi, ko'llar va daryolaming muzlash davri taxminan ikki hafta muddatga
qisqardi, deyarli hamma joyda tog' muzliklari chekindi. XX asrning 50 yillaridan
boshlab shimoliy yarim sharda bahor va yozda dengizlardagi muz qoplami o'lchami
10-15% ga qisqardi, bu esa Arktikada muz qoplami qalinligining deyarli 40% ga
kamayishiga olib keldi.
Dunyo okeani sathi. XX asr davomida Dunyo okeani sathi 0.1-0.2 metrga
ko'tarildi. Buning sababi global isish natijasida dengiz suvlarining issiqlikdan
kengayishi va qutblardagi muzlaming erishidir. Dunyo okeani sathining XX asr
davomidagi ko'tarilish tezligi oxirgi 3000 yillikdagiga nisbatan 10 marta kattadir.
Yog'inlar. Kuzatish ma'lumotlarini guvohlik berishicha, yog'in miqdori XX
asming har 10 yilligida shimoliy yarim shaming o'rta va yuqori kengliklarida 0.5-
1.0% ga ko'paygan bo'lsa, subtropiklarda 0.3% ga kamaygan. Yer sharining ayrim
joylarida jadal va ekstremal qiymatdagi yog'inlar miqdori va soni ortgan. Iqlimning
global o'zgarishi o'rtacha haroratning ko'tarilishidagina aks etmay, balki quyidagi
ayrim hodisalar soni va jadalligining ortishida ham ifodalanadi: jazirama issiq
kunlar, qurg'oqchilik, suv toshqinlari, haroratnin keskin ko'tarilishi yoki sovushi,
sellar, kuchli shamollar.



Iqlimiy o'zgarishlar hozirdayoq chorvachilik ishlab chiqarishiga, o'simliklarga,


hayvonlar migratsiyasiga, o'simliklaming o'sish mavsumi davomiyligiga,
populyatsiya turlarining taqsimlanishi va o'lchamlariga, turli yuqumli kasalliklamin
avj olishiga tasir ko'rsatmoqda. Shu bilan birga suv toshqinlari va qurg'oqchilikning
tez-tez takrorlanishi oqibatida iqtisodiy zarar miqdori ham ortmoqda. Iqlimning
ortib borayotgan o'zgaruvchanligi (tebranish ko'lamining ortishi) yanada kattadan-
katta ziyon keltirmoqda. Ob-havo va iqlim bilan bog'liq bo'lgan tabiiy ofatlar
odamlaming o'limiga, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishning qisqarishiga,
suvning ifloslanishiga va ko'plab vayronagarchiliklarga sabab bo'lmoqda.
Tahlillarning ko'rsatishicha, XX asming oxirida ekstremal ob-havo hodisalari soni
va ular bilan bog'liq bo'lgan iqtisodiy yo'qotishlar ancha ortgan. XX asming oxirgi
o'n yilligidagi Yo'qotishlar undan oldingi o'n yillikka nisbatan uch marta ko'p
bo'lgan
.
Yer iqlimi quyosh, okeanlar, muzliklar qoplami (kriosrera), quruqlik yuzasi
va biosfera orasidagi o'zaro murakkab ta'sirlashuvlar natijasi bilan aniqlanadi. Ob-
havo va iqlim uchun bosh harakatlantiruvchi kuch quyoshdir. Yer sirtining notekis
isishi (ekvatorga qancha yaqin bo'lsa, shuncha kuchli) atmosferada havo, okeanlarda
esa suv oqimlarini harakatga keltiradi. Bular shamol va okean oqimlarining bosh
sababidir.
Оb-havо va iqlim bir-biri bilan chambarchas bоg’liq bo’lsa-da, ammо
ularning оrasida farqlar mavjud, albatta. Ko’pchilik kishilar mazkur tushunchalar
o’rtasidagi farqlarni ajrata оlmasliklari mumkin. Ma’lumki, оb-havо dоim ham
barqarоr bo’lavеrmaydi. U dоimiy ravishda o’zgarib turganligi uchun ham оldindan
aniq aytish mushkul. Biz qachоnki ta’til yoki sayohat kunlarimizni
rеjalashtirganimizda, masalan O’zbеkistоnning tоg’li hududlari yoki O’rta yеr
dеngizi qirg’оqlarida yoz mavsumida qanday оb-havо bo’lishini taхmin qila оlamiz.
Lеkin kuz va bahоr оylarida qanday оb-havо kutilishi mumkinligini aytishimiz
mushkul. Ko’pgina isоnlar jоyning harоratini iqlimi bilan adashtirib yubоradilar.

Yüklə 31,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin