Kirish Issiqlik almashinish qurilmalari-fayllar.org
G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi.
Ish unumdorligi kichik, davriy ishlaydigan korxonalarda qovushqoqligi katta bo`lgan suyuqliklarni isitish uchun asosan g’ilofli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatiladi.
Bu qurilmalarning ish hajmi asosan sferik taglikka ega bo`lgan tsilindr shaklida bo`lib, u tashqi tomondan g’ilof bilan qoplangan.
G’ilofga berilgan suv bug’i tsilindr tashqi devorida kondensatsiyalanib, issiqlik devor orqali qurilmada isitilayotgan suyuqlikka yuboriladi. Issiqlik o`tkazish koeffitsientining qiymatini oshirish maqsadida bu qurilmalar ko`p hollarda aralashtirgich bilan ta`minlangan bo`ladi.
G’ilofli issiqlik almashinish qurilmasi 14 - rasmda keltirilgan bo`lib, qurilma korpus 1, bug’ qobigi 2 va flanets 3 dan iborat (a-past bosimlar uchun; b-yuqori bosimlar uchun).
Agar issiqlik tashuvchilardan birining issiqlik berish koeffitsienti ikkinchisinikidan ancha kichik bo`lsa, u holda ning qiymati kichik bo`lgan tomondagi issiqlik almashinish yuzasi kattalashtiriladi.