Kurs loyiha ishi(chernavoy) Mavzu: Unumdorligi 16t/soat bo’lgan propan distillyatini sovitish uchun issiqlik almashinuv qurilmasini loyihalash
Reja:
Kirish
Issiqlik almashinish qurilmalari
Qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmalari
Zmeevikli issiqlik almashinish qurilmalari
“Truba ichida truba” tipidagi issiqlik almashinish qurilmalari
Plastinali issiqlik almashinish qurilmalari
G`ilofli issiqlik almashinish qurilmalari
Hisob qismi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Issiqlik almashinish qurilmalari ishlash printsipiga ko`ra rekuperativ, regenerativ, aralashtiruvchi turlarga bo`linadi.
Rekuperativ (yoki sirtiy) issiqlik almashinish qurilmalarida issiqlik tashuvchilar devor bilan ajratilgan bo`lib, issiqlik shu devor orqali o`tkaziladi.
Regenerativ issiqlik almashinish qurilmalarida qattiq jismdan tashkil topgan bitta yuza navbat bilan turli issiqlik tashuvchi agentlar bilan kontaktda bo`ladi, natijada bu jism bir issiqlik tashuvchidan olgan issiqligini ikkinchisiga beradi.
Aralashtiruvchi issiqlik almashinish qurilmalarida ikki issiqlik tashuvchi agent bir-biri bilan o`zaro kontaktda bo`ladi.
Sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari o`z navbatida qobiq - trubali, "truba ichida truba" tipidagi, zmeevikli, plastinali, g’ilofli, spiralsimon, qovurgali va boshqa turlarga bo`linadi. Kimyo sanoatida asosan sanab o`tilgan birinchi besh turdagi sirtiy issiqlik almashinish qurilmalari keng qo`llaniladi.
1--rasm. Issiqlik almasnish qurilmalari. a) olovli issiqlik berish yordamida ishlaydigan qovurish qozoni b)bug’ ko’ylakli avtoklav v) devoriga zmeevik o’rnatilgan qurilma g) zmeevikli isitkich; d) suzuvchi kamerali qobiq trubali issiqlik almashinish qurilmasi; e) truba ichida truba tipidagi issiqlik almashinish qurilmasi; j) qovurg`ali isitkich; z) spiralsimon isitkich; i) plastinali issiqlik almashinish qurilmasi;