Kirish. Issiqlikning nurlanishi reja



Yüklə 224,69 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix16.12.2023
ölçüsü224,69 Kb.
#183584
1   2   3   4   5
1. KIRISH. ISSIQLIKNING NURLANISHI (1)

 
Stefan-Bolsman qonuni
. Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish 
qobiliyatining temperaturaga bog‘liqligi Stefan-Bolsman qonuni bilan ifodalanadi. 
Qonun quyidagicha ta’riflanadi: absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish 
qobiliyati uning absolyut temperaturasining to‘rtinchi darajasiga proporsional: 
4
0
( )
( , )
q
q
R T
r
T d
T


 




formulada 
σ
– Stefan-Bolsman doimiyligi bo‘lib, uning tajribada aniqlangan son 
qiymati quyidagicha:
σ
=5,67

10
–8 
Vt

m
–2 
K
–4

yoki
σ
=5,67

10
–8
J

m
–2 
s
–1
K
–4

bu yerda 
σ
– nurlanayotgan jismning xossalariga 
bog‘liq emas. 
σ
– berilgan temperaturada 
nurlanayotgan jismning 1 
m

sirtidan bir sekundda 
1.3-rasm 


chiqarilgan issiqlik miqdorini bildiradi. formula bilan ifodalangan Stefan-Bolsman 
qonuni 1879-yilda avstriyalik fizik Stefan tomonidan tajribada aniqlangan, 1884-
yil Bolsman tomonidan nazariy asoslangan. Stefan-Bolsman qonuni ko‘rsatadiki, 
absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyati faqat uning temperaturasiga 
bog‘liq bo‘lib, nurlanayotgan sirtning fizik xossalariga bog‘liq emas. Yuqorida 
absolyut qora jism modeli sifatida qaralgan kovak idish tirqishi sirtidan 
chiqayotgan nurlanish energiyasini tajribada tekshirishlar Stefan-Bolsman 
qonunini to‘liq ravishda tasdiqladi. 
Absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish qobiliyatining to‘lqin uzunlikka 
bog‘liqligi turli temperaturalar (
T
1
<
T
2
<
T
3
) uchun 1.3-rasmda keltirilgan. Rasmdagi 
egri chiziqlar turli temperaturalarda tajribada aniqlangan bo‘lib, ulardan quyidagi 
xulosalar chiqadi: 
1.Absolyut qora jism issiqlik nurlanishining spektri uzluksizdir. 
2. Temperatura ortishi bilan absolyut qora jismning to‘la nur chiqarish 
qobiliyati ortadi, nur chiqarish qobiliyatining maksimumiga to‘g‘ri keladigan 
to‘lqin uzunligi qisqa to‘lqinlar tomonga (chap tomonga) siljiydi. 
3. Grafikdagi egri chiziqlar turli temperaturalarda absolyut qora jism nurlanish 
energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishini ifodalaydi. Egri 
chiziqlarda maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum nur chiqarish qobiliyatining 
maksimumiga to‘g‘ri keladi. 
4. Har bir temperaturada taqsimlanish egri chizig‘i va absissa o‘qi orasidagi 
yuza, shu temperaturada absolyut qora jismning nur chiqarish qobiliyatini bildiradi. 
 

Yüklə 224,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin