Vin qonuni. Muvozanatli issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar
bo‘yicha taqsimlanishini nemis fizigi V.Vin 1893-yilda nazariy jihatdan o‘rgandi.
Vin o‘z izlanishlari natijalari asosida quyidagi xulosaga keldi: absolyut qora jism
issiqlik nurlanishi energiyasining to‘lqin uzunliklar bo‘yicha taqsimlanishi
zichligida maksimum mavjud bo‘lib, bu maksimum
λ max
to‘lqin uzunligiga to‘g‘ri
keladi va quyidagi munosabat orqali aniqlanadi:
b T
max
,
(1.9)
bu formulada
λ max
– absolyut qora jism nurlanishi energiyasining maksimumidagi
to‘lqin uzunligidir,
T – absolyut qora jismning absolyut temperaturasi,
b –
o‘zgarmas kattalik bo‘lib, Vin doimiyligi deyiladi,
b ning tajribalar asosida
aniqlangan qiymati
b =2,9
10
–3
m
K .
(1.9) formuladan ko‘rinadiki, qora jismning temperaturasi –
T qancha yuqori
bo‘lsa,
λ max
shuncha kichikroq qiymatga ega bo‘ladi. Vin qonuni siljish qonuni
ham deyiladi va bu qonun tajribalarda tasdiqlangan. Vin qonunini yana
quyidagicha ta’riflash mumkin: absolyut qora jism nurlanish spektrida maksimal
energiyaga to‘g‘ri keladigan to‘lqin uzunligi absolyut temperaturaga teskari
proporsionaldir.
Vin qonuni asosida qizigan jismlarning (metallar, erituvchi pechlar, atom
portlashidan hosil bo‘ladigan bulutlar va boshq.) spektriga qarab ularning
temperaturasini aniqlashning optik pirometriya usuli ishlab chiqilgan. Shu usuldan
foydalanib birinchi marta Quyosh sirti temperaturasi o‘lchangan. Yer sirtiga
keladigan Quyosh nurlari energiyasining maksimumi to‘lqin uzunligi
λ max
=0,47
mkm bo‘lgan ko‘zga ko‘rinadigan sohaga to‘g‘ri keladi. Vin qonuniga asosan
Quyosh sirtining absolyut temperaturasi quyidagi formula asosida hisoblab
topilgan:
4
max
0, 29
6160
0, 47 10
b T K
.