Kirish Keyingi avlod konvergent tarmoqlar xaqida tushuncha


Keyingi avlod tarmog‘i tamoyillari



Yüklə 61,56 Kb.
səhifə3/5
tarix16.05.2023
ölçüsü61,56 Kb.
#113818
1   2   3   4   5
23-1multi

2. Keyingi avlod tarmog‘i tamoyillari
Zamonaviy aloqa vositalarini rivojlantirish tendensiyasi shuni ko‘rsatadiki, keyingi avlod aloqa tarmog‘i integratsiyalangan tarmoq bo‘ladi, unda magistral darajada o‘tkazish polasasining kengligiga, foydalanish darajasida esa, xizmatlarning har xilligiga asosiy ahamiyat beriladi. Tarmoqni qurishda darajaga bo‘lish konsepsiyasidan foydalanishning zaruriyati aniq bo‘lib turibdi. SHu sababli, bu bilan tarmoq bir nechta darajalarga bo‘linadi va yuqori turuvchi darajaga quyi daraja tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.
Keyingi avlod tarmog‘i tarmoqli ilovalar darajasi, tarmoqni boshqarish darajasi, magistral kompyuterlar darajasi va kira olishning chegaraviy darajasini o‘z ichiga oladi.
Har qanday faoliyat sohasida ishlaydigan zamonaviy kompaniya biznesi uning axborot tuzilmasiga o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. Axborot tizimi bugungi kunda korxonaning faoliyatiga ta’sir etibgina qolmasdan, bisnes-jarayonni tezlashtiradi va optimallashtiradi va ushbu jarayonlarning ajralmas qismi bo‘lib bormoqda. Axborot texnologiyalari, parallel amalga oshiriladigan: boshqacha aytganda, biznes-jarayonlar va AT-tranzaksiya biznesni rivojlantirish va infratuzilmani takomillashtirish uchun ularga sarflangan mablag‘larni maksimal qaytarish uchun maksimal ravishda sinxronlangan bo‘lishi kerak.
Biroq amaliyotda biznes-jarayonlar, odatda, tuzilish konsepsiyasini qayta qurish sust amalga oshiriladigan axborot tizimiga qaraganda, tez o‘zgaruvchan bo‘ladi. Axborot tizimlarining muhim masalalariga moslashish darajasi bugungi kunda biznesning real ehtiyoji bilan emas, balki texnologiya rivojlanishining erishgan darajasi bilan belgilanadi. Buning natijasi bo‘lib nooptimal investitsiyalar, axborot tizimlarining samarasiz foydalaniladigan resurslari, yangi talablarga muvofiq tizimni masshtablash va qayta sozlash murakkabligi va boshqalar hisoblanadi.
Moslashish tamoyillari.Forrester Research kompaniyasining tahlilchi ekspertlarining tadqiqotlar natijasi bo‘yicha mavjud AT-resurslari qimmatligi va ulardan foydalanishning past darajasi bilan birga, asosiy muammolardan biri ko‘pgina kompaniyalarning AT-infratuzilmasining tez o‘zgarishlariga moslashmaganligi hisoblanadi. 2003 yilning yozida Network World jurna-li tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijasi bo‘yicha 40 foiz qatnashchilar tarmoqning unumdorligi bilan bog‘liq muammo sababli yangi ilovalarni tadbiq etishni keyinga qoldirilishi, tahminan 65 foizi mavjud bo‘lgan tarmoqli va hisoblash resurslaridan qoniqmaganligi to‘g‘risida xabar berdi.
Oxirgi 2-3 yilda ko‘pgina kompaniyalarda (xorijiy, Rossiya, shu jumladan MHD mamlakatlari) korporativ uskuna va dasturiy ta’minotning miqdori muhim massaga etdi va murakkab boshqariladigan ob’ektga o‘zgardi. Shu bilan birga, kompaniyalarning biznesi to‘xtamasligi kerak bo‘lgan muhim ilovalardan foydalanish bilan bog‘liqdir. Tashqi muhit biznes uchun negativ oqibatlarga olib kelish imkoniyati bilan tahdidni keltirib chiqaruvchi agressiya bo‘ldi.
Bunday sharoitlarda muhim aktuallikka infratuzilmani adaptiv boshqarish konsepsiyasi ega bo‘ladi. Forrester Research bashorotiga asosan yaqin vaqtlarda IT rivojlanishining shu yo‘nalishi umumiy konsepsiyani rivojlantiruvchi kompaniyalar uchun bo‘lgani kabi, ularning elementlarini rivojlantiradigan kompaniyalar uchun ham belgilovchi bo‘ladi, adaptiv boshqarish texnologiyasiga 2006 yildan keyin o‘tiladi.
Axborot tizimning adaptivligi, xususan uning infratuzilma qismiga qo‘yiladigan asosiy talablarning bir nechta tamoyillari ko‘rinishida shakllantirish mumkin.

Yüklə 61,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin