Kirish Keyingi avlod konvergent tarmoqlar xaqida tushuncha


Maksimal samarali foydalanish tamoyili



Yüklə 61,56 Kb.
səhifə4/5
tarix16.05.2023
ölçüsü61,56 Kb.
#113818
1   2   3   4   5
23-1multi

Maksimal samarali foydalanish tamoyili sifatli va miqdoriy masshtablash imkoniyati (faqat oshish tomoniga emas, balki kamayish tomoniga), barcha resurslar va servislardan to‘liq foydalanish, ishonchlilik, qulaylik, xavfsizlik nazarda tutiladi.
Integratsiyalash tamoyili ko‘pgina servislar, protokollar, texnologiyalarning yagona tizimida foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunga Web-servislar yoki paketli telefoniya tizimini ma’lumotlarni uzatish tarmog‘iga qo‘yilishini misol qilish mumkin.
Boshqarilish tamoyili avtomatik boshqarish elementlari bo‘lgan tizimdan, qurilmani boshqarishdan tashqari servislarni boshqarishni o‘z ichiga olgan to‘liq avtomatik boshqarishga o‘tishni bildiradi. Ushbu tamoyilga muvofiq barcha o‘rnatish va sozlash, yuklamani balansirovka qilish, rad etishning barqarorligini ta’minlash va tiklash avtomatik tarzda bajarilishi kerak.
Quyi tizimni balanslanganlik tamoyili barcha quyi tizimlarga moslashish tamoyillarini qo‘llash zarurligi nazarda tutiladi.
Keyingi tarmoqning shakllangan tamoyillari infratuzilmaviy  qarorlarni loyihalashda yangi yondoshuvni, xususan kommutatsiya (tarmoq) va boshqarish vositalari kabi komponentlarini ifodalaydi. Ushbu tamoyillarni tarmoq va telekommunikatsiya uskunasini etakchi ishlab chiqaruvchilari tomonidan amalga oshirish yangi avlod aloqa tarmoqlarining konsepsiyasida (Next Generation Networks/New Generation Networks, NGN) o‘z ifodasini topgan. SHu bilan birga ishlab chiqaruvchilarning turli ochiq nashrlari va texnik materiallaridagi nomlarida, shu ma’noni ifodalaydigan boshqa atamalarni ko‘rish mumkin: adaptiv tarmoq (Adaptive Networks,), intellektual tarmoq (Intelligent Networks,) va shu kabi. NGN atamasi aloqa operatorlarining tarmoqlariga nisbatan qo‘llaniladi, NGN konsepsiyasining asosiy g‘oyasi adaptivligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tarmoq ishlab chiqaruvchilari biznesning zamonaviy talablariga muvofiqligi nuqtai nazarida axborot texnologiyasini rivojlantirishda sifatli sakrash kabi ko‘rib chiqib, ushbu g‘oyani quvvatlaydi va targ‘ibot qiladi.
NGN tarmog‘i «texnologik majburiyati» nuqtai nazarida nimadan iborat? Keyingi avlod tarmog‘i aloqa operatorining an’anaviy tarmog‘idan keskin farq qiladi, asosiy vazifasi aloqa kanallarini sotishdan iborat. YAngi avlod aloqa operatori xizmatlarining ro‘yxatiga intellektual servisni (VolP, ilovalar ijarasi, xosting va boshqalar) taqdim etish kiradi. NGN tarmog‘ining o‘ziga xos xususitlariga quyidagilar kiradi:
- mijoz (foydalanuvchi) va server qismining mavjudligi, shuningdek barcha resurslar, jumladan mijoz resurlarini boshqarish;
- multiservis transport muhitini talab etadigan multimedia xizmatlarini quvvatlash;
-  turli protokollar va ko‘p bog‘lanishli o‘zaro ishlashni quvvatlash (hozirda keng tarqalgan «nuqta-nuqta» o‘zaro ishlashdan farqli ravishda);
-  murakkab ko‘p darajali adreslashdan foydalanish imkoniyati;
- xizmatlarning mobilligi va sifat kafolatiga qo‘yiladigan talablarning bajarilishi.
Yangi avlod tarmog‘ining tarmoqli arxitektura ierarxiyasi transport darajani, axborotni kommutatsiya qilish va uzatishni boshqarish darajasi va xizmatlarni boshqarish darajasiga bo‘lish nazarda tutiladi. Qayta sozlash istalgan yuqori turuvchi darajadan quyi turuvchi daraja hech qanday moslashishni talab etmagan qaror optimal bo‘ladi, ushbu xususiyat tizimning moslashishi va universialligini kafolatlaydi va shu infratuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyaning real kafolatli afzalligini beradi.
Telekommunikastiya bozorida zamonaviy texnologiyalarning xilma–xilligi,
operator tarmoqlarini tuzish va rivojlantirish uchun mos keladigan yondashishni
tanlash imkonini beradi. Lekin buni tanlash oson emas. Yangi standartlarning, ayrimishlab chiqaruvchilarning xususiy protokollarini paydo bo’lishi, shuningdek uzluksizravishda magistral tarmoqlarida va imkoniyatli abonent uchastkalarida qo’llaniladigantexnologiyalarni kuch nisbatini o’zgartiradi.
Bunday xizmatlar, bugungi kunda mavjud bo’lgan, yuqorida aytib o’tilgan, bir
paketga birlashtiriluvchi ko’pgina xizmatlar tendenstiyasi servis – provayder orasidakonkurent kurash bilan bog’liq. Masalan video tarmoqning operatorlari va odatdagitelefon operatorlari o’zining abonentlariga internetga ulanishni taklif qilishmoqda,
yirik Internet–provayderlar esa IP telefoniyaning alternativ tarmoqlarini tashkil qiladi.
Xizmat turlarini aniqlagandan keyin operator o’zining uchastkasi yoki tarmog’i
uchun magistral texnologiyalarini tanlashi lozim. Magistralni yaratish uchun tanlangan
texnologiyalarni va ,,oxirgi mil” muommolarini hal qilishda operator quyidagi
iqtisodiy omillarni nazarda tutishi lozim:
Birinchi tashkil topuvchi yaqin kelajakdagi rivojlanishni hisobga olgan holdagi va
hozirgi paytdagi talablarni qondiruvchi abonent qurilmalarini joylashtirish deb faraz
qilinadi. Komfort esa qurilmalarning soddaligi va ularni qo’llashning qulayligi bilan
bog’liq. haq to’lash, xizmat haqini to’lashning sodda va qulayligi (masalan plastik
kartalar yordamida)dir.
Yuqorida sanab o’tilgan xizmatlar va ularga bo’lgan talablarga asoslangan holda,
hozirgi paytda raqamli kanallar bo’yicha ma’lumotlarni uzatishda IP protokollari
(Internet protokollar) keng qo’llanilmoqda. Bu asosan ajratilgan kanallarning oshishi
va o’zaro bog’langan tarmoqning oxirgi istemolchilarining ulanuvchi nuqtalarini
uzoqda joylashgani narxga bog’liq emaslik xususiyati bilan bog’liq. Natijada
aloqaning narxi zudlik bilan kamayadi. IP telefoniyaning eng asosiy afzalligi internet
telefoniyada aloqa sifatining yuqoriligi va real vaqtda fakslarni uzatish imkoniyatidir.
Bundan tashqari IP telefoniya telekommunikastiya sohasida yangi yondashishni
yuzaga keltiradi: audio va videokonferensiya, abonentlarni zudlik bilan topish va
boshqalar.
IP telefoniyada kanalning aloqa sifati, ikkita asosiy xarakteristika bilan
baholanadi: birinchisi – signalni uzatganda vaqt bo’yicha paketlarning kechikishi; bu
muammo nafaqat Internet uchun balkim IP–telefoniya uchun ham xarakterlidir;
ikkinchi asosiy xarakteristikasi juda ko’p faktlarga bog’liq, masalan mikrofon va
abonent kalonkalarining sifati, IP paketlarining yo’qolishi (kanal orqali uzatilganda).
Bundan tashqari IP telefoniyada bir punktdan ikkinchi punktga paketlarni uzatganda,
paketlar 4 qismga bo’linadi, uzatiladi, bunda 1,2,3,4 kanallarning tezligi har xil
bo’lishi mumkin, natijada video va ovozli ma’lumotlarni uzatish qoniqarli darajada
bo’lmaydi. IP telefoniyaning yana bir yetishmovchiligi, IP tarmoqlarida ortiqcha yuk
yuzaga kelganda marshrutizatorlar judayam kechikishi yoki paketlarni tashlab
yuborishi (tushirib qoldirishi) mumkin. Natijada regenerastiyalanadigan ovozli
signalda muammolar yuzaga keladi, ya’ni bu abonentlarga ,,chiqillash” shaklida
eshitiladi. Bunday noqulay hollarni yo’qotish uchun xatoliklarni niqoblash prosedurasi
qo’llaniladi.
Yuqorida bayon etilgan kechikishlar umuman olganda kanallarni uzatishda
trafiklarni doimiy ravishda kechikishi, marshrutizator va kommutatorlarni
kirish/chiqish navbatini qayta ishlashdagi o’zgaruvchan kechikishlar tufayli yig’iladi.
Agar tarmoqda turli xil servislar soni ko’p bo’lsa, masalan: web—navigatsiya,
fayllarni jo’natish, elektron pochta, IP telefoniya va hakozolar, albatta har xil
o’lchovdagi juda ko’plab paketlar uzatiladi. Paketlar ketma-ketliklarini aniqlash
imkonining yo’qligi va navbatga tushayotgan paketlarning kechikishi, turli
oqimlarning juda katta darajada kechikishiga olib keladi. Shuning uchun ham haqiqiy
vaqtda trafiklarni IP tarmog’i bo’ylab uzatishda asosiy muammolar yuzaga keladi va
bunday trafiklarni maxsus qayta ishlash zarur.
Korporativ tarmoq minglab turli komponentlarni o’ziga birlashtirgan murakkab
tizim hisoblanadi. Bunga oddiy kompyutyerdan murakkab kompyutergacha tizimli
dasturli ta’minotlar, tarmoq abonentlari, konsentratorlari, kommutatorlari,
marshrutizatorlari, kabel turlari kiradi. Tizimli integrator va ma’muriyatning asosiy
vazifasi korxona xizmatchilari orasida katta konkurent kurashda korxonani ta’minlash
uchun lozim bo’lgan ratsional muammolarni o’z vaqtida yechish va hal qilish imkonini
beruvchi axborot oqimlarining aylanishini ta’minlashdan iborat.
Korporativ axborotlarni avtomatik qayta ishlash texnologiyalarining zudlik bilan
o’zgarishi Internet va Internet texnologiyalarini yanada rivojlanishi bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu asosan korporativ tarmoqlarni tuzishda barcha korxonalar uchun undan
foydalanishni arzonga tushishi va ishonchlilik masalalarini hal qilishda yaqindan
yordam beradi.
Konvergensiya, qurilmalarni takomillashtirish va funksional imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida turli vazifali texnologiyalarni asta sekinlik bilan yaqinlashish jarayoni. Keyingi avlodning aloqa tarmog'i -NGN (Next Generation Network) - boshqarish orqali, moslashuvchan imkoniyatlarga ega bo'lgan chegaralanmagan turli xizmatlar majmuasini taqdim etishni, tarmoq masalalarini takomillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni yaratishni, taqsimlangan kommutatsiyaga ega bo'lgan universal transport tarmog'ini qo'llashni, odatdagi aloqa tarmoqlari bilan integratsiyani ta'minlovchi aloqa tarmoqlarini qurilish konsepsiyasi. Moslashuvchan (dasturiy) kommutator (Softswitch) - chaqiriqlarni qayta ishlash, ilovalar serveriga, axborot tizimiga ulash, statistik ma'lumotlarni yig'ish, tarifikatsiya, TUF tarmoqlari bilan va paketli tarmoq ichida signal orqali o'zaro bog'lanish, ulanishlarni o'rnatishni boshqarish funksiyalarini bajaradi. Bu kommutator kommutatsiyani boshqarish va ma'lumotlarni uzatish pog'onasi funksiyalarini qo'llovchi asosiy qurilma hisoblanadi. SHlyuz (Gateways)-tarmoqga ulanovchi va mavjud tarmoqlar bilan birlashtiruvchi qurilma. SHlyuz qurilmalari, paketli kommutatsiyaga ega bo'lgan tarmoqlarning signal ma'lumotlarini paketli tarmoqlarning signal ma'lumotlariga o'zgartirish, shuningdek transport kanallarining ma'lumotlarini IP paketlarida ATM yacheykalariga o'zgartirish va IP paketlarining ATM yacheykalarini marshrutlashtirish bo'yicha funksiyalarni qo'llaydi. SHlyuzlar, tarmoqning transport pog'onasida ishlaydi. Terminal qurilma, paketli tarmoqlarda ishlash uchun mo'ljallangan, ovozli va multimediali aloqa xizmatlarini taqdim etish uchun qo'llaniladigan qurilma. Signalizatsiya shlyuzi (SSH), signalizatsiyani o'zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o'rtasida tiniq uzatishni ta'minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi. Media-shlyuz kontrolleri (MGC), ro'yxatga oladi va media-shlyuzning o'tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. N.323 shlyuzlari - paketli va kommutasiyalanadigan tarmoqlar tomonida, N.323 oxirgi nuqtalar o'rtasida o'zgartirishlarning funksionalligini ta'minlaydigan qurilmadir. O'z ichiga uzatish tarmoqlarini o'zgartirish, kommutatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog'lanishlarni o'rnatadi va uzib qo'yadi. N.323 geytgipperi - paketli kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon raqamlari) o'zgartirishni ta'minlaydigan qurilmadir. lRADIUS serveri, foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o'tuvchi tovush va ma'lumotlarni uzatish seanslari to'g'risidagi ma'lumotlar qayd etilishini ta'minlaydi.
Zamonaviy telekommunikatsiya tarmoqlari yangi xizmatlar va ma'lumotlar trafigi asosiy bo'lgan, katta hajmli axborotlarni tarmoq bo'ylab uzatishda yangi texnologik vositalarni talab qiladi. Bugungi kunda operatorlarning asosiy vazifasi, foydalanuvchilarga cheklanmagan spektrda xizmatlarni taqdim etishga mo'ljallangan universal tarmoqlarni qurish hisoblanadi. Hech kimga sir emaski zamonaviy tamoqlarning asosiy kamchiligidan biri, har bitta aloqa turi uchun hech bo'lmaganda bitta mustaqil tarmoqning mavjudligidir. Bunday ko'p sonli ajratilgan tarmoqlar, o'z navbatida qayta ishlash, ishlab chiqish va texnik xizmat ko'rsatishni talab etadi. Bunda qoida bo'yicha bir tarmoqning resursi boshqa tarmoq resursi bo'lishi mumkin emas. Natijada, tarmoq funksionalligini va xizmatlar ro'yhatini bir vaqtda kengaytirgan holda axborot resurslarini samarali boshqarish masalalari yuzaga keladi shuningdek istemolchi alohida aloqa xizmatlari uchun turli kompaniyalarga murojaat qilishi, ko'pgina shartnomalar tuzishi, o'zining korxonasida har xil turdagi hisoblarni amalga oshirishga majbur. Zarur bo'lgan xizmatlar majmuasiga ega bo'lishni xohlagan shu va boshqa muammolarni foydalanuvchida yuzaga kelishi barcha xizmatlar birlashgan tarmoqni talab etadi. Bularning barchasi to'liq funksionallashgan multiservisli tarmoqlarga aylantirishni talab etadi. Ularning yaratilishi keyingi avlod (NGN) aloqa tarmoqlarining asosiy bo'lib qoladi. Allaqachon shakllangan integral aloqa xizmati sektorini telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga o'z shartlarini qo'yishi NGN ni yaratish zaruratini tug'diradi. Telefondan umumiy foydalanish tarmog'i, aloqa liniyasini yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatini bera olmaydigan kanallarni kommutatsiyalash prinsipiga asoslangan. Aynan shu tufayli hozirgi kunda, yaxshi sifatga ega bo'lgan ovoz, real vaqtda videoni uzatish, yuqori o'tkazuvchanlik qobiliyatini talab qiladigan konferensaloqa, TUF kabi zarur bo'lgan xizmatlarni qo'llash uchun qo'shimcha qurilmalarni o'rnatishga to'g'ri keladi. Biroq zudlik bilan NGN tarmoqlariga o'tish juda qimmat va katta mehnat talab qiladigan jarayondir. Shuning uchun unga o'tish asta-sekinlik bilan amalga oshadi. Demak, TUF va NGN tarmoqlarini o'zaro bog'lash imkonini beruvchi protokollar kerak bo'ladi. Shu tufayli keyingi avlod tarmog'i NGN (New Generation Network) biznesni rivojlantirish natijasida, ehtiyojlarlar uchun o'z shartlarini qo'yadigan bozorda yuzaga keluvchi barcha yangiliklar kabi yuzaga kelgan. ITU-T ta'rifiga binoan NGN tarmog'i, operatorga ma'lum bo'lgan barcha aloqa xizmatlarini taqdim etish va buning uchun yuqori sifatli keng polosali transport texnologiyalarini qo'llashga ega bo'lgan paketli kommutatsiyalash tarmog'idir. NGN tarmoqlarining eng asosiy farq qiluvchi fazilati xizmatlarni taqdim etish funksiyasini transportlashtirish funksiyasidan ajratilganligidir. Bunday ajratish natijasida turli provayderlarga taqdim etiladigan xizmatlarga foydalanuvchilar chegaralanmagan ulanishga ega bo'ladilar. NGN texnologiyasi asosida, to'liq ulanish tamoyillari yordamida jamiyatni qayta qurish koncepsiyasi yotadi. Bunda barcha axborot resurslari istalgan muhitda umumiy qulayliklarga ega bo'ladi va foydalanuvchi qayerda bo'lishidan qat'iy nazar axborotni o'z vaqtida yetkazilishini ta'minlaydi. O'z navbatida Internetning paydo bo'lishi (foydalanuvchi tarmoqqa ulanganda har qanday ma'lumotni olish imkoniga ega bo'lishi), tarmoqning keng yoyilishiga sababchi bo'ldi. NGN, internetdan keng polosali foydalanish (100 Mbit/sek), paketli telefoniya, VPN (virtual xususiy tarmoq), "talab bo'yicha video" va ajratilgan keng polosali kanallar kabi xizmatlarni taqdim etish imkoniga ega. Shunday qilib, NGNkeyingi avlod aloqa tarmog'i (New step generation) hisoblanadi, media trafikning barcha turlarini uzatishni va taqsimlangan tarifikatsiyani qo'shish hamda tahlil qilish imkoni bilan telekommunikatsiya xizmatlarining cheklanmagan spektrini taqdim etishni ta'minlaydigan geterogen multiservisli tarmoqdir. Tovush, video xizmatlari va ma'lumotlarni uzatish bo'yicha xizmatlarni birlashtiruvchi, yangi texnologiyalardan foydalanib qurilgan integratsiyalangan tarmoqlar insonlarga nimani taklif etishlari mumkin? Misol tariqasida shuni aytish mumkinki, multimedia markaziga ulanadigan uyning bitta universal rozetkasi orqali ulanganda, kabel bo'ylab oddiy televideniya, talab bo'yicha video, boshqa bir abonentga kerakli bo'lgan axborotni tarmoqqa yuborishi mumkin. Undan keyin maishiy texnika bilan foydalanuvchi mos ravishda jixozlansa, yagona tarmoqqa ulash orqali "aqlli uy" konsepsiyasini ommaviy amalga oshirish to'g'risida gapirish mumkin. Ushbu yangi usulning muhim aspekti - ijtimoiydir. Kelajakda ushbu tizim yordamida imkoniyatlari cheklangan yoki kasalmand insonlar jismoniy holatining monitoringini amalga oshirishi mumkin. Bunda ular ijtimoiy va tibbiy yordamni tez olishlari mumkin. Wi-Fi rivojlanishini bugun kuzatish mumkin. Maishiy texnika qurilmalarida audio yozuv va fotografiyani qayta chiqarish imkoniga ega media adapterlar chiqariladi. Aniq muammolar mavjud, xususan "Sony" mediaadapterlar ushbu firma qurilmalari bilan va 802,11a standarti bazasida ishlashi mumkin. Bundan tashqari, ular yordamida video signalni qayta ishlab chiqish mumkin emas, ishlab chiqishlar yetarlicha intensiv ravishda olib boriladi va takomillashgan qurilmalarning yuzaga kelishi tez sur'atda olib borilmoqda. Yagona standart to'g'risidagi bitim belgilovchi hisoblanadi,
Hozirda u keng tarqalgan 802,11v yangi takomillashgani paydo bo'lganda umum qabul qilingan deb hisoblanmaydi. Masalan, 802,11n standart 320 mbit/s tezlik bilan axborotni qabul qilishi mumkin. Integratsiyalangan tarmoqqa xonadonlardan tashqari mobil abonentlar va korporativ mijozlar ham ulanadi. Mobil telefonlar orqali uyga, axborotning tashqi manbaiga kira olish mumkin. Mobil telefonlarga - adaptatsiyalangan (video fayllar) kabi, spetsifikka (o'yinlar, viktorinalar, musiqa, logoturlar va boshqalar) mo'ljallangan kontent mos ravishda yaratilishi kerak. NGN tarmog'iga ulangan korxona va tashkilotlar individual abonentlardan farq qiladi, ular qo'shimcha resurslardan foydalanish imkoniga ega. Xususan, ularga xususiy kontentni yaratish va sotish kiradi. Hozirgi kunda gazetalar va boshqa ommaviy axborot vositalari (OAV) mobil bozoriga ega. Ommaviy materiallar (kontent)ni sotish to'g'risidagi takliflar bilan chiqmoqda. Yana bir shema elementi - media saqlash joyi, bu yerda butun zarur kontent: sayt materiallaridan video arxivgacha to'planadi.
Bunday saqlaydigan joylar yetarlicha ko'p bo'ladi, shuning uchun "Port Vision" kompaniyasi ularning talabiga tayyorgarlikni hozirdan boshladi. Yaqinda u HDS - "Hitachi Data Systems" ma'lumotlar saqlashning eng yaxshi tizimlaridan bo'lgan ishlab chiqaruvchi bilan rasmiy sherik bo'ldi. Shahardan shaharga kontentning ko'chishi qimmatdir, mahalliy saqlash joylarini yaratish extimoli ko'proq. Har bir shaharda yetarlicha bo'lgan kutubxonalarga o'xshash bo'lishi kerak. Shunday qilib, mahalliy saqlash joylarida joylashgan o'zining kontenti shaharlarda yuzaga keladi, bunda esa qulay va arzon bo'ladi. NGN tarmog'i va u bilan bog'laydigan barcha elementlar ishining to'liq modeli kimlar uchun fantastika bo'lganda, jahonni zaif bo'lmaguncha o'zgaradigan texnik taraqqiyot sababli shunga o'xshashliklar bo'lib turadi. Uchinchi avlod texnologiyasining tamoyili farqili multimediali kabel, multimediali bo'lmagan zamonaviy xizmatlarning to'liq ro'yxatini ta'minlash imkoniyatidan iboratdir. YAngi aloqa tarmoqlarini yaratish bilan yuqori tezlikli turlarini, birinchi navbatda, video oqimlari, video konferensiya, video pochta, online savdo, joylashgan o'rniga asoslangan servislar, online bankning, birja savdosi, sport reportaj va bosh?qalar kabi inter faolni yuritish kerak.

Konvergensiya xolatiga o'tishga quyidagilar asosiy sabab bo'lishi mumkin: -oxirgi 30 yilda jaxon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo'lgan chuqur o'zgarishlar; -telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish prinsiplarini o'zgartirish; -elektr aloqaning liberallashuvi; -jaxon iqtisodining globallashuvi; -raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi; -dasturiy ta'minot masalalari; -yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va hakozolar. Bunday holatlarni bartaraf qilish uchun konvergenciya holatiga o'tish talab qilinadi. Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos holda amalga oshadi. Bu asosan ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirish, ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo'lgan talablarini yaxshilash bilan bog'liq. Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasining xarajatlarini kamaytirishga quyidagilar kiradi: -yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish; -tarmoq ortiqchaligini kamaytirish; -magistral tarmoq to'lovlarini kamaytirish; -tarmoqning standart komponent va serverlarini qo'llashga asoslangan mustahkam moslashuvchanlik.
Ishlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi: -xizmatlar konvergensiyasi, tizimlar integratsiyasi va ularni qo'llashning soddaligi; -yangi intelektual asboblar bazasi asosida aloqa tizimlarining samaradorligini oshirish. Mijozlar bilan ishlashni takomillashtirish quyidagilar bilan bog'liq: -yangi multimedia xizmatlari va ilovalar; -kompyuterlarni tizimli rivojlantirish. Umumiy qilib aytadigan bo'lsak, xizmat turlarini birlashtirish va turli tarmoq infratuzilmalarini yagona ko'rinishga olib kelish. Yaratilayotgan har bir xizmatlarni telekommunikatsiyaning har bir sektoriga, masalan, biznes, tashkilot va foydalanuvchilar qatlamiga yetkazib berish hamda yagona platformaga o'tish va xizmatlarni sifatli taqdim etishdan iborat.

Xulosa

Xulosa qip aytganda hozirgi kunda turli darajalardagi telekommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi ancha yuqorilab ketgan va ma’lumot almashishga bo‘lgan talab kundan kunga ortib bormoqda. SHuning uchun mavjud bo‘lgan an’anaviy aloqa tarmoqlari bilan birga aloqaning yangi xizmatlari talablarini hisobga oluvchi axborotlashgan infratuzilmasini yaratish va joriy etish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Bunday tarmoqlarni tashkil etishning ajralmas shartlari, mamlakatdagi aloqa operatorlari tarmoqlariga yangi transport texnologiyalarini muvofiqlashtirgan xolda joriy etish, yangi xizmat turlarini foydalanuvchilarga taqdim etish va global axborotlashgan tizimga qo‘shilishdir.


Mamlakatimiz iqtisodiyoti telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari soxasida isloxatlar tufayli bir qancha ahamiyatli ijobiy o‘zgarishlarga ega bo‘lib, bu soxa eng tezkor rivojlanayotgan uzoq muddatli iqtisodiy o‘sish potensialiga ega bo‘lgan soxaga aylandi va zamonaviy axborot texnologiyalarini mamlakatimiz xayotiga kiritish, ijtimoiy ishlab chiqish va rivojlanish samaradorligini oshirish vazifalarini echishga yo‘naltirilgan Respublika xukumati faoliyatining ustuvor vazifalaridan biridir. Shu tufayli har xil axborot kommunikatsiya texnologiyalarining tez rivojlanishi va o‘zaro birgalikda ishlashi natijasida ularning yaqinlashishi kuzatilmoqda. Bu jarayon hayotimizga telekommunikatsiya tarmoqlarida texnologiyalar konvergensiyasi tushunchasi bilan kirib kelmoqda. Chunki bugungi kunda global kompyuter tarmog‘i ko‘plab birlashgan korporativ va lokal tarmoqlarni tashkil qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar

Yüklə 61,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin