Suhbat vaqtida kimyoviy reaksiyalar xillari asosida ikki prinsip asoslangandir: 1)reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdori va hosil bo'lgan moddalar miqdori orasidagi nisbat;
2)reaksiyada qatnashgan oddiy va murakkab moddalar. Shu reaksiyalar o'quvchilar yordamida tuzilib, doskaga yoziladi va daftarlarga ko'chirilgach, ular bilan suhbat davom etiladi.
Oldindan tayyorlangan o'quvchi tomonidan "Organik moddalarda kimyoviy reaksiyalar mexanizmi" ma'ruzasi eshitilgach, suhbat davom ettiriladi. O'quvchilardagi bilimlar umumlashtiriladi bunda kimyoviy reaksiyalar tezligiga ayrim e'tibor beriladi, ya'ni:
1. Kimyoviy reaksiyalar borishida uning tezligi qanday ahamiyatga ega?
2. Kimyoviy reaksiya tezligi nima?
3. Qaysi belgilar buyicha reaksiya sekin yoki tez borayapti deb xulosa qilish mumkin?
4. Kimyoviy reaksiya tezligini nimaga bog'lash mumkin:
a) reaksiyaga kirishuvchi moddalarga;
b) ularning konzentraziyasiga;
v) sirt ta'sirlanishiga;
g) temperaturaga;
d) katalizatorga.
10 sinfda kimyoviy reaksiyalar bilimlarni umumlashtirganda kimyoviy muvozanat masalasiga asosiy e'tibor berish kerak, hamda uni qanday sharoitda siljitish mumkinligini tushuntirish lozim. Bu vazifa 9 sinfda o'quvchilar tomonidan Le-Shatel'e prinsipi yaxshi o'rganilgan bo'lsa foyda beradi va u yoki bu sharoitni o'zgartirish orq'ali reaksiyalarni siljitish mumkinligini aytish mumkin. Bunda o'quvchilar bilan suhbatda quyidagi savollarga javoblar axtariladi:
1. Kimyoviy muvozanat nima?
2. Kimyoviy muvozanat vaqtida olingan moddalarning hosil bo'ladigan moddalarga aylanishiga qaysi faktorlar ta'siri ko'proq bo'ladi?
3. Kimyoviy muvozanatni siljitishda qaysi umumiy qoida asos bo'la oladi?
4. Qaysi sharoitlar reaksiyaga kirgan aralashmalarning kimyoviy muvozanat hosil bo'lishi tezligiga ta'sir etadi.
Kataliz va katalizatorlar haqidagi bilimni umumlashtirish uchun o'qituvchi o'zi qisqacha ma'ruza qiladi va quyidagi rejaga asoslanadi:
1. Sanoat va tabiatda katalitik protsesslarning ko'p tarqalganligi, tirik organizmlardagi protsesslarda fermentlar roli, kishilarning amaliy hayotida katalizatorlarning qo'llanilishi, anorganik va organik moddalar olishda, texnikada qo'llanilishi.
2. Katalizatorlar haqida tushuncha bu moddalarning oraliq reaksiyaga kiruvchi moddalar ta'sirlashishiga va kimyoviy reaksiya aktivlanish energiyasini kamaytirishiga ta'siri?
3. Kataliz - bu faqat reaksiyani tezlatmay ayrim vaqtda reaksiya natijasida o'zgarmay qolib modda hosil qiladigan jarayonlar.
4. Kataliz va katalizatorlarning kimyoviy o'zgarishlarning tezlashtirishida, kimyoviy muvozanatning tezlashishida, kimyoviy reaksiyalarni ma'lum kerakli yo'lga yo'naltirishda hamda bu reaksiyalar katalizatorsiz sodir bo'lmasligini ham aytish kerakdir.
5. Kimyoviy sanoatda katalizatorlarni optimal sharoitlarda qo'llash xaqida. Geterogen kataliz ketayotganda mahsulot usti, temperaturasi, qo'shimchalar va reaksiyaga kiruvchi moddalarning aktivlikga ta'siri.
Reaksiyalarning hosil bo'lish sharoitlari va shartlari kimyoni o'rganishning boshlang'ich bosqichida qaralgandir. Endi bu muammoga har tomonlama yondoshib yaqinlashish kerakdir. O'qituvchi o'quvchilar fikrini quyidagilarga yo'naltiradi:
1. Kimyoviy reaksiyalarning borish shartlari va borishi, reaksiyaga kiruvchi moddalarning o'zaro ta'siri, energetik sharoitlar, ularni qizdirish, yorug'lik va elektr toki mexanik ta'sirlar orqali, mexanik ta'sirlar orqali, katalizator ishtirokida.
2. Kimyoviy o'zgarishlar tezligiga ta'sir etuvchi sharoitlar, ta'sir etuvchi reagentlar konzentratsiyasi, geterogen reaksiyalar o'zaro ta'sirlashadigan ularning sathi, temperatura, katalizator bo'lishi yoki bo'lmasligi.
3. Kimyoviy muvozanatlarni siljitish sharoitlari, eritmada yoki gaz holatidagi aralashmalarda reaksiyaga kiruvchi moddalar konsentratsiyasining o'zgarishi, temperatura va bosimning o'zgarishi.
Kimyoviy reaksiyalar haqidagi umumlashtirish o'quvchilar bilan kimyoviy reaksiyalarning qonuniyatlari haqidagi suhbat bilan yakunlanadi. Ular o'zlariga ma'lum bo'lgan kimyoviy o'zgarishlar qonuniyatlarini aytib beradilar, oxirida o'qituvchi xulosa qila turib, quyidagilarga e'tiborlarini qaratadi. O'rganilgan qonuniyatlarda quyidagi o'zaro bog'lanishlar mavjud:
- reaksiyaga kirishuvchi moddalarning boshlang'ich va oxirgi holati (reaksiyaga kirishuvchi moddalar energiyasi va massasining saqlanish qonuni);
- reaksiyaga kirishuvchi moddalar miqdori bilan (moddalar massalarining ma'lum nisbatlari, gazlar o'zaro reaksiyasida hajmiy ta'sirlarining oddiyligi bilan), reaksiya borayotgan sharoitlarni o'zgartirish bilan;
- reaksiya tezligini o'zgartirish bilan (massalar ta'siri qonuni, Vant-Goff qoidasi);
- kimyoviy muvozanatni yo'nalishini va sharoitni o'zgartirish bilan (Le-Shatel'e qoidasi).