DASTLABKI KIMYOVIY TUSHUNCHALARNI O'RGATISH USLUBLARI
Kimyoviy tilni o'rganish formal, shu moddalardan ajralgan holda emas, balki ularni kuzatib o'rganish o'rinlidir. Shu sababli ayrim o'qituvchilar ko'rsativ shitlarini yangi mavzuni o'tish vaqtida yoki mavzuni qaytarilganda foydalanadilar. Masalan dars vaqtida o'quvchilarga kimyoviy tushunchalar "oddiy modda" va "kimyoviy element" tanishtirilayotganda element va oddiy modda bir xil emasligini aytib o'tadilar. Keyinroq oddiy moddalar metall va metalmaslardan iborat klassifikatsiyasi tushuntiriladi.
Bu iboralarni o'quvchilar tushunishi uchun ko'rgazma shit ustki qismida quyidagilar yoziladi:
va xokazo.
Shu shitdagi cho'zilgan simlarga yoki katakchalarga ilgak yordamida metallar va metalmaslar namunalari osilib ko'rsatiladi. Ularni shunday joylashtirish kerakki ostida ularni nomini bo'r bilan yozaolish mumkin bo'lsin. O'quvchilar e'tiborini metallardan farqli metalmasslar qattiq, suyuq va gaz holda uchrashishini, metall yaltiroqligiga ega emasligini ham aytish kerak. Shundan so'ng mavzuni mustahkamlash uchun o'quvchilarga stol ustiga qo'yilgan moddalar hisobida quyidagi vazifalar berilishi mumkin:
Shu moddalar orasidan metallarni toping, nomlang va ko'rgazmani shitga iling, kimyoviy belgilarini yozing (stolda: Na, Si, Al, Hg, S, P).
Shu moddalar orasidan fizik xossalari bo'yicha (agregat xolati va rangiga qarab metalmaslarni ajrating, fizik xossalarini sharhlang, shitda joylashtiring, kimyoviy belgisini yozing (stolda: S, Cl2,2P, Cu, Zn, FeCl3 eritmasi)
Taklif etilgan moddalardan elementning birikma holida yoki oddiy modda holda uchraganlarini ajrating, shitda ularni ilib chiqing (stolda: Hg, HgO, Cu, CuO, H2 ).
Kimyoviy elementlar klassifikatsiyasini ayting. Qattiq holatda uchraydigan metallarni stol ustidan topib, sharhlang, shitga iling va kimyoviy belgisining ostida yozing.
Bu uslubda o'quvchilar formal emas balki moddalar, elementlarni ko'rib, eslab qolib, kimyoviy belgisini yozib va shu modda xossalarini yodlab oladilar. Bu shit keyingi mavzularda kimyoviy formulalar, tenglamalar tuzishda ham asqotadi.
Shundan so'ng tezkor tekshiruv o'tqazish mumkin, ko'pincha dars orasida o'tqazish mumkin va o'quvchilarga 2-3 savol va masala yechish taklif etiladi. Bu ko'p variantli bo'lsa yaxshidir.
Masalan: 1-Variant. 1. Fizikaviy va kimyoviy hodisalarga misollar keltiring.
2. Qaysi moddalar toza hisoblanadi
3. H, S, Ca, Hg, Al, Zn kimyoviy belgilariga mos element nomlarini yozing