Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə50/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

Tekshiruv savollari:
1. Dastlabki kimyoviy tushunchalar atom, molekula, modda, valentlik, metall, metalmas, formulalar tuzish va uni tushuntirish usullarini bayon eting.
2. O’rta maktabda kimyoviy tushunchalarni rivojlantirish bosqichlarini ayting.
Adabiyotlar:
1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966 y
2. Yosh ximik enziklopedik lugat. N. 1990 y
3. NVO’MOI. Ibrat 1-5. 1991 y.


15-MAVZU. metallar va metalmaslarni o’rganishning metodik o’ziga xosligi.


REJA:

  1. Metallar va metalmaslarning o’rta maktab kimyo kursidagi o’rni va uning o’quv-tarbiyaviy ahamiyati.

  2. Metallar va metalmaslar dastur materiallarini o'rganishdagi metodik yondoshishlar

  3. Mavzu o'rni va ahamiyati. O'rta maktab kimyo kursida elektrolitik dissotsiatsiya nazariyasi.

O'rta maktab kimyosida metallar va metallmaslarni xossalarini o'rganish asosiy markaziy vazifadir, chunki shu orqali modda tuzilishi va xossalari haqidagi muammo oson hal bo'ladi. Qolgan kimyo dasturidagi materiallar ham shu vazifadan kelib chiqadi va ilmiy kimyoviy bilimlar rivojlanishidagi tarixiy-logik tushunchalar hosil bo'lishida xizmat qiladi.


Metalmaslarga tegishli elementlar xossalari, uning birikmalarining xillari haqida tushunchalar 8 sinfda D. I. Mendeleyev davriy qonunini va elementlar davriy jadvali, moddalar tuzilishi o'tilgandan keyin "galogenlar" mavzusida qarab chiqiladi. Bunga sabab: birinchidan-o'quvchilar galogenlarning tabiiy guruh elementlar haqida tushunchalariga ega ikkinchidan-oldingi mavzu yordamida bu elementlarning fizik va kimyoviy xossalarining atom tuzilishiga bog'liqligini osonlashtiradi, hamda oldingi mavzu yanada mustahkamlanadi va chuqurlashadi shu vaqtning ichida elementlarni ilmiy tavsifi tuzilish-xossa yo'nalishida tushuntirish yengillashadi. 8-sinf o'quvchilari bu elementlarning kimyoviy o'zgarishlarini hozirgi zamon elektron tushunchalar orqali qaray boshlaydilar.
9-sinfda "azot podgruppasi", "uglerod podgruppasi" mavzular materialidan elementlar xossalarini o'rganish faqatgina davom etmasdan, hozirgi zamon elektron ion tushunchalar orqali bu elementlar birikmalari formalari ham q'arab chiq'iladi. Bunday chuq'ur ilmiy q'arashga sabab bu "elektrolitik dissoziatsiya q'onuniyatlari" mavzusida o'tilgan materiallar bo'ladi. Bu darslar orq'ali o'q'uvchilar ilmiy nazariy bilimlarini oshirib kimyo fanini fan jihatidan yuq'ori pogonaga oshiradi. O'quv materialini o'rgatish ham o'zgaradi. Elementlar xossalari, ularning birikmalarining xillari o'rganishning boshlanishida avval D. I. Mendeleyev davriy q'onuniniga asoslanib fizik xossalari bilimiga asoslanib, kimyoviy bog'lar tipida, elektrolitik dissoziatsiya qonuniyati asosida bo'ladi, keyinchalik kimyoviy eksperiment yordamida kimyoviy reaksiyalarning elektron-ion tenglamalari orqali faraz qilingan fikrlar tasdiqlanadi.
Xuddi shunday uslubda "Azot podgruppasi" mavzusi ham qarab chiqiladi. Bu mavzuni o'rganish quyidagi bilim berish va tarbiyaviy axamiyatlarga ega:

  1. O'quvchilar bilimining boyishiga yordam beradi. Organik va anorganik dunyoning birligi haqidagi dialektik materialistik dunyoqarashni rivojlantiradi. Tarkib o'zgarishi natijasida moddalar xossalarining o'zgarishi qonuniyatlarini ham ko'rishga yordam beradi.

  2. Kimyoviy reaksiyalar energetik tomonlariga fikrlashni kuchaytiradi.

  3. Kimyoni fan sifatida rolini tushuntirishga yordam beradi.

  4. Davlat va jamiyat talabiga binoan kimyoviy sanoat turlarini bilib oladilar.

  5. Mineral o'g'itlar haqidagi bilimlarni qishloq xo'jalik sanoatida qo'llash uchun keng yo'l ochadi, tajribalar qilish mumkin.

Uglerod podgruppasini o'rganish davomida industriya uchun xom ashyo bazasi sifatida tabiatda uchrovchi va uglerod, kremniyning anorganik moddalarning xilma xilligi haqida tushuncha beriladi. O'quvchilardagi oldingi nazariy bilimlar bu mavzuda pedagogik yuqori mahoratda o'tqaziladi. Allotropiya hodisasi uglerod elementi misolida qaraladi va bunda kimyoviy harakat shakllari, sifat o'zgarishining miqdoriy o'zgarishlarga o'tishini va uning sabab-oqibat bog'liqligi xam qarab chiqiladi. Azot va uglerodning tabiatda harakati, o'z shakliga qaytishi bu elementlarning yangi sifat shaklida tug'ilishi ko'zi bilan qaraladi.
Metallar xossalarini o'rganish 9 sinfda metallar materiallaridan boshlanadi. Shu asosida yuqori saviyada dasturga asoslanib metallar xossalari, ularning olinishi va o'zgarish yo'nalishlariga qarab o'rganiladi. "Metallar" mavzusi dasturda qator kichik mavzularga bo'lingan, ularning har biri ma'lum o'quv-tarbiyaviy vazifalarni bajaradi, bularni jami metall xossali elementlar haqida umumiy ilmiy bilimlar paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.
"Metallarning umumiy xossalari" mavzusida metallarning D.I.Mendeleyev davriy jadvalidagi o'rniga atom tuzilishi nuqtai nazaridan qarab chiqiladi. Metallarning fizik va kimyoviy xossalari ilmiy tushuntirib qotishmalar haqida bilim beriladi. Natriy, kal’siy, alyuminiy, temir, xrom elementlarini o'rganayotganda, ular birikmalari xillarini qaraganda podgruppa elementlar xarakteristikasi ularning birikmalar haqidagi bilimlarini chuqurlashtiradi, metallar olish uslublari bilan tanishadilar.
Metallar mavzusi katta tarbiyaviy ahamiyatga ega, o'quvchilar og'ir industriya haqida uning mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishidagi roli haqida tushunchaga ega bo'ladilar.

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin