Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə49/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

Tushuncha


Sifat xarakteristikasi

Miqdor xarakteristikasi

Simvollar

Kimyoviy element

Atom


Nisbiy atom massa. Valentlik.

Kimyoviy belgi


Modda

Molekula. Moddalar aralash-masi. Toza modda. Oddiy modda. Murakkab modda.


Nisbiy molekulyar massa. Moddadagi elementlarning massalar nisbati.

Kimyoviy formula

Kimyoviy reaksiya

Fizik va kimyoviy xodisalar. Kimyoviy reaksiyalarning belgilari va boishi, hosil bo’lishi. Kimyoviy reaksiya tiplari.


Kimyoviy reaksiyalarda moddalar massalari nisbati.

Kimyoviy tenglamalar

Shu belgilarni atom molekulyar ta'lim orqali qaralgach, miqdoriy tomoni muhim qonuniyatlar orqali tushuntiriladi. Atom molekulyar ta'limotni o'quvchilar bilimlari uchun birinchidan tushuntirish lekin dogmatik emas, shuning uchun ikkinchidan boshlanishda faktlarni yig'ish, uchinchidan oldingi bergan asosiy tushunchalarni chuqurlashtirib borish kerak.
Bu mavzu ham avval faktlar yig'ilib, keyin umumlashtiriladi, atom-molekulyar ta'limot asosiy qonuniyatlari aniqlab beriladi va u keyingi kimyo bo'limlarida asosiy yo'nalish uchun xizmat qiladi. O'quvchilarga "kimyoviy element" va "oddiy modda" tushunchalarini ajratib tushuntirish kerak. Bu ajratish nisbiyligini metallar va metalmaslarni aytganda bildirish mumkin, va shu vaqtda o'quvchilarda bularning xossalari haqida tushuncha paydo bo'lishi shart. Kimyoviy element tushunchasi bo'lmasa davriy qonun, elementlar davriy jadvali umuman kimyo kursining bilish qiyin, lekin bu tushunchani darrov berish ham mumkin emas. Shu sababli avval modda, keyin kimyoviy reaksiyalar belgilari tashqi tomondan, keyin modda ichki tuzilishi haqida gapirilsa o'quvchilar ko'rsatilgan tabiiy ob'ektlar, ularning o'zgarishlarini ko'rib kimyoga qiziqishlari ortadi. Kimyoviy eksperiment faqat modda va kimyoviy reaksiya tashqi belgilarini tushuntiradi, to'la fikrlash uchun ekran qo'llanmalar, kimyoviy simvolika orqali ko'rsatish kerak. Kimyoviy simvolikani o'quvchilar qiziqib, tushunib o'rganishlari kerak, darslikdagidan ko'p bermaslik kerak. O'quvchilar birinchi darsdan formula yoza oladigan bo'ladi deyish noto’g'ridir, asta-sekinlik bilan avval tushinishga o'rgatish kerak buning uchun ular: kimyoviy belgi, formula, tenglama ma'nosini o'rganish, qoldirilgan koeffitsientlarni aniqlab qo'yish, tenglamalarni tahlil qilish. Olingan moddalar va reaksiya maxsulotlariga asoslanib kimyoviy tenglamalar tuza olishi. Valentlikka asoslanib formula va tenglamalar tuza olishi yaxshi effekt beradi.
Dars berishda avval muammoli, ya'ni kimyo 7-sinfda o'tilish sababi nima degan savolni o'rtaga tashlash kerak, shundan keyin ko'rgazmali qurollar, eksperimentlar orqali moddalar xossalari, kimyoviy reaksiyalar boshlanishi va borishi haqida tushuncha berish kerak. O'quvchilarda politexnik prinsip laboratoriya asbob uskunalarini tushuntirish orqali boshlanadi. Ularga xavfsizlik qoidasi instruksiyalarini o'qish va unga amal qilish ham shu mavzuda beriladi. Birinchi darslardan boshlab o'qituvchi eksperiment qilish, moddalar va idishlardan, elektr asboblardan to'g'ri foydalanishni ko'rsata olishi shart. Bu darslarda darslik bilan to'g'ri foydalanish kimyoviy tekstlarni tushunish yo'llarini ko'rsatib, javoblarni topish yo'l-yo'riqlarini berish kerak. Abstrakt tushunchalar atomlar va molekulalarni o'quvchilarga yetkazishda magnit applikatsiyalar va simvol yordamida foydalanish kerak. Bu darslarda darslik bilan to'g'ri foydalanish matnlarini tushunish yo'llarini ko'rsatib, javoblarni topish yo'l-yo'riqlarini ko'rsatib, javoblarni topish yo'llarini berish kerak. Kimyoviy formulalarni yozishda "valentlik" tushunchani berishda quyidagi algoritm taklif etiladi. Masalan ikki elementdan iborat formulani yozishda:

    1. Shu element simvollarini yonma yon yozing (metall birinchi, metalmas ikkinchi o'rinda)

    2. Har bir simvol ustida valentlikni qo'ying ;

    3. Valentliklarning o'rtacha bo'luvchisini aniqlang 6;

    4. Bu sonni birinchi element valentligiga bo'ling (6:3=2), bu esa shu element indeksi hisoblanadi va formulaga qo'ying: Al2 S;

    5. Ikkinchi elementda ham shuni qaytaring (6:2=3), uni ham formulaga qo'ying:Al2S3




Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin