O'quv jihozlari va reaktivlarga qo'yiladigan talablar. Turli xildagi o'quv jihozlariga xalqaro andozalar bo'yicha ma'lum talablar qo'yiladi:
Tajribalarni bajarish va namoyish qilish uchun zarur asboblar.
Tipografik o'quv qurollari, rasmlar, jadvallar, kartalar, o'quvchilarga tarqatiladigan boshqa materiallar.
Ko'rgazmali o'quv qurollar: zavodlarning modellari, mulyajlar, kollekziyalar va boshqalar.
Audivizual' o'quv qurollari:kinofil'mlar, tele eshittirishlar.
Texnika vositalari:kinoustanovkalar, diaproektorlar, magnitafonlar, kodoskoplar.
Bularni umumlashtirib, o'z navbatida to'rt guruhga bo'lish mumkin:
Ilmiy metodik.
Texnik, texnologik va iqtisodiy.
Ergonometrik, gigienik, xavfsizlik texnikasi.
O'quv qurollar o'ziga xos xossalariga ega bo'lishi.
O'quv jihozlarini esa quyidagi uch guruhga bo'lib xarakterlash mumkin.
1. Tabiiy ob'ektlar Ekskursiyalar. (Ohak, qum, ruda konlariga, zavodlarga va boshqa joylarga).
Tabiiy ob'ektlar namunasidan foydalanish (Minerallarning namunalari va boshqa kolleksiyalar).
Kimyoviy reaktivlar va ulardan tayyorlangan materiallar.
Kimyoviy idishlar va ashyolar.
2. Tabiiy ob'ektlarning ko'rinishlari Turli modellar (atom va molekula modellari, kristall panjaralar).
Illyustratsion o'quv vositalari. Buning o'zini ham ikki guruhga bo'lish mumkin:
a) Harakatsiz (statik yoki episkopik vositalar): chizilgan rasm, jadval, sxema, badiiy rasmlar, portretlar. shuningdek, plyonkaga chizilgan proektlar yordamida ko'rsatiladigan yoki dioskopik vositalar (transporant, diafil'm, diapozitivlar).
b) Harakatli (dinamik) - kinofil'm, kinofragmentlar, kinokol'sovkalar, telemagnit yozuvlari (tovushli va tovushsiz).
3. Sodir bo'layotgan o'zgarishlarni tushuntiruvchi vositalar (gap, belgi, grafika)
Buning o'zini yana to'rt guruhga bo'lish mumkin:
1. Bosma o'quv qurollari, tekstli jadvallar.
2. Kimyoviy, fizik va matematik belgilar.
3. Kimyoviy texnologiyalar va apparatlarning sxemalari.
4. Grafika, diagramma, rejalar, kartalar.
Bulardan tashqari hozirgi paytda boshqa maxsus guruh o'quv qurollar, xususan texnika vositalaridan xam keng foydalanilayotganligini ham doim nazarda
tutmoq zarur.
Ximikatlarga oid belgilar. Dars jarayonida ximikatlarga oid va bir xilda ishlatiladigan belgilarni ham doim diqqat markazida tutishi va o'quvchilar ongiga muntazam singdira borishi lozim. bu belgilar asosan quyidagicha:
toza (chistiy) (ch) 98 foizdan kam emas
toza analiz uchun (chistiy dlya analiza)(chda) 99 foizdan kam emas
kimyoviy toza (ximicheskiy chistiy)(x. ch. ) 99 foizdan kam emas.
0, 01-0, 5 foiz boshqa moddalar bor
spektral toza(spektral'niy chistiy)(s. p. ch. ) Tarkibida boshq'a moddalar 0, 01dan, 0, 00001 kam
etalon toza(etalonno chistiy)(e. ch. ) Asosiy modda maksimal tarkibni tashkil etadi
juda toza (osobo chistiy)(o. ch. ) 0, 00001-0, 0000000001dan kam boshq'a moddalar bor.
"X.Ch." – qizil, "Ch.D.A." - to'q ko'k rang, "Ch" – zangori, "O.S.Ch." - sariq rang, zaharli modda – sariq, portlovchi modda - ko'k, suvdan saq'lang – zangori, yonadigan gaz – qizil, yonishga yordam beradigan gaz - ko'k, yonmaydigan gaz - q'ora rangda ko'rsatiladi