Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə14/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

O'QITISH MeTODI NIMA ?
O'qituvchining o'quvchilarga bilim va malakalar berishiga, shuningdek, o'quvchilarda dunyoqarash hosil qilishga yordam beradigan vosita va yo'llar majmui o'qitish metodidir.
O'qitish metodlariga qo'yiladigan umumiy talablar:

    • normal tashkil qilingan ta'lim-tarbiya protsessi biror universal metoddan emas, balki mavjud metodlarning hammasidan kimyoda foydalanishni talab qiladi;

    • mustaqil ishlash metodlarigina emas, balki hamma metodlar ham o'quvchilar faolligini imkoni boricha qo'zg'atishi kerak. Bu metodlar o'quvchilarning harakat aktivliginigina emas, balki fikrlash aktivligini ham qo'zg'atishi ayniqsa muhimdir;

    • barcha metodlar o'quvchilarning kimyo asoslarini ongli suratda, puxta o'zlashtirishinigina ta'minlab qolmay, balki o'quvchilarda kuzata bilish, eshita bilish, asosan esa fikrlay bilish malakasini ham hosil qilishi – o'quvchilarning dasturda ko'rsatilgan bilim va o'quvchilarni ongli ravishda bilib olishlari uchun mustahkam poydevor yaratib borishi ham kerak.

Har bir metod o'quv materialining mazmuni va umumiy xarakteriga, o'quvchilarning saviyasiga va tayyorgarligiga, shuningdek ayni maktabning konkret sharoitiga (kimyo laboratoriyasi bor yo'qligiga)asboblar, reaktivlar va zarur boshqa materiallar bilan qanchalik ta'minlanganligiga qarab tanlanadi. Shablon bo'lishi xavflidir.
O'QUV MATeRIALINI BAYON ETISH
O'qituvchining jonli so'zi bo'lmasa, tayyor bilimlar bayon etilib turmasa, normal tashkil etilgan ta'lim tarbiya protsessining bo'lishi mutlaqo mumkin emas. Kimyo darslarida o'quv materialini bayon etish protsessida eng ko'p qo'llaniladigan usullar:so'zlab berish, lekziya, suhbat va ekskursiyadir. Bayon etishda bu usullardan qaysi birining qo'llanilishi o'quv materialining mazmuniga va o'quvchilarning tayyorgarlik darajasiga bog'liq bo'ladi.
So'zlab berish va lekziya protsessida o'qituvchining vazifasi, asosan o'quvchilarning fikrini imkon boricha qo'zg'atishdan iborat bo'ladi. So'zlab berish va lekziyaga o'qituvchi yaxshilab tayyorgarlik ko'radi: ayni mavzuga oid eng mazmunli va eng qiziqarli faktik materialni tanlab oladi, bu materialni ma'lum tartibda joylashtiradi, ko'rsatma qo'llanmalar to'g'risidagi masalani hal qiladi-o'quvchilarga qanday tajribalarni, moddalarni, jadval va sxemalarni qo'rsatish kerakligini belgilab oladi. Bu yerda jurnal, gazeta, badiiy adabiyot, kinofil'm va shu kabilardan olingan eng qiziqarli konkret faktlar ham ahamiyatga ega bo'ladi. Kimyo kursining boshida o'qituvchi materialni qisqacha so'zlab berish bilan kifoyalanadi. So'ngra 8-sinf oxiriga kelib va 9-sinfda so'zlash sekin-asta murakkablashtiriladi. 9-10 sinflarda lekziyaga o'quv materialini darsning ancha ko'p qismi davomida bayon etishga o'tiladi. 11 sinfda esa kengaytirilgan lekziya o'tqaziladi. Lekziya qariyb butun dars davomida uzilmaydi, suhbat bilan tugaydi. So'zlab berish darsi davomida, bayon etishda, laboratoriya mashg'ulotlarida darslikdan dars davomida foydalanish mumkin.
Suhbat. Suhbatning xususiyati shuki, o'qituvchi suhbat vaqtida bayon etish bilan birga, yangi bilimlar olish protsessiga o'quvchilarni o'zini ham ma'lum darajada jalb qiladi. O'quvchilarda tasavvurlar zonasi qancha ko'p bo'lsa, suhbat shuncha mazmunli qiziq va samarali bo'lib o'tadi. Suhbatda o'qituvchi bilan birga butun sinf faol qatnashadi. Sinfni boshqarib borish-butun suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi garovidir. Bu yerda ikkala asosiy prinsipga amal qilish juda muhimdir:
a) suhbatni ayrim o'quvchi bilan emas, balki butun sinf bilan o'tqazish;
b) sinfga ergashib bormay, balki suhbat davomida butun sinfni ergashtirib borish lozim.
Bu prinsiplarga rioya qilmaslik, albatta ta'lim-tarbiya protsessining buzilishiga olib boradi. Asosiy savollarni oldindan yaxshilab tayyorlash suhbatni normal tashkil qilishning zarur shartidir. O'quvchilarning savollariga lo'nda, qisqa va to'g'ri javob berish kerak. Belgilangan rejaga qat'iy rioya qilish, asosiy fikrdan chetga chiqmaslik juda muhimdir. Vaqtni tejash maqsadida kimyo o'qituvchisi suhbat o'tqazish uchun:
a) O'quvchilarga qanday savollarni va qanday tartibda berish kerakligini;
b) O'quvchilarda qanday savollar tug'ilishi mumkinligini;
v) Suhbat jarayonida nimalar ko'rsatish kerakligini;
g) Nimani va qanday qilib yozishni;
d) Suhbatni vaqt jihatidan qanday taqsimlash lozimligini ilgaridan aniqlab olishi kerakdir.
O'QUV EKSKURSIYALARI
Ekskursiyalar nazariya bilan amaliyotni bir-biriga chambarchas bog'laydi: o'quvchilarga moddalarning bir-biriga aylantirilishiga oid ishlab chiqarish protsesslarini ajratilgan holda emas, balki o'zaro bog'liq holda ko'rsatadi. O'qituvchi o'quv ekskursiyasini har qaysi sinfda maktabdan uzoq bo'lmagan atigi 1-2 ob'ektda o'tqazadi, bu zavod, fabrika, jamoa xo'jaligi va kichikroq laboratoriyalar ham bo'lishi mumkin. "Kompleks" ekskursiyalar (kimyo, geografiya, fizika va boshqalar) bilan birgalikda o'tkazilishi mumkin.
KIMYO O'QITISH PROTSeSSIDA EKSPeRIMeNT.
Kimyoviy eksperiment va kimyoning nazariy materiali bir-biriga chambarchas bog'langan bo'lishi kerak. eksperiment:laboratoriya ishi va amaliy mashg'ulotlardir. Sakkizinchi sinflarda asosan laboratoriya ishlari, yoqori sinflarda esa amaliy mashg'ulotlar o'tqaziladi. Laboratoriya ishlari darsning nazariy qismi orasida o'tqaziladi va asosan darsda o'tganilayotgan mavzuning biror masalani aniq bilib olishiga qaratilgan bo'ladi. Amaliy mashg'ulotlarning asosiy vazifasi esa maxsus darsda nazariy masalalarni aniq bilib olishdan ko'ra ko'proq o'quvchilarda kimyoviy eksperiment texnikasi sohasida mustaqil ishlab bilishi malakalari hosil qilishdan iboratdir.
Eng muhim metodik usul-kimyoviy tajribalar qilib ko'rsatish ham ana shu kimyoviy eksperimentga kiradi. O'qish jarayonida demonstratsiya ham juda katta rol' o'ynaydi. Laboratoriya ishlari ham ko'proq ahamiyatga ega, chunki hamma o'quvchilarga o'qituvchi ishtirokida ko'rsatiladi.
LABORATORIYA ISHLARI
Laboratoriya ishlari o'quvchilarning yangi materialni ancha tushunib idrok etishlari uchun yordam beradigan juda muhim vositalardan biridir. Mavjud programmaga muvofiq laboratoriya rejalari maktabning barcha sinflarida o'tiladi. 7-sinfda o'quvchilar daftarlariga yozadigan narsani, og'zaki o'qituvchi so'zlab yozdiradi, yokori sinflarda esa o'quvchilar mustaqil suratda yozadilar va o'qituvchi yozilganlarni albatta tekshirishi kerak. Amaliy mashg'ulotlar. Amaliy mashg'ulotlar o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, o'quvchilar bu mashg'ulotlarda butun dars bo'yi, ba'zan esa yoqori sinflarda birdaniga ikki dars davomida ishlaydilar. Bu mashg'ulotlar odatda kimyo kursining tegishli bo'limlari yoki butun bir temasi o'rganilgandan keyin o'tqaziladi. O'quvchilar dasturda ko'rsatilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishi majburiydir. Ma'lumki imtihon biletlariga nazariy savollargina emas, balki dasturda ko'rsatilgan tajribalar ham kiritilgan. O'quvchilar amaliy mashg'ulot vaqtida tajribani ongli o'tqazish, kimyoviy eksperiment texnikasini o'rganish, hodisani to'g'ri izohlash, konkret faktlarni umumiy qoidalariga qo'llashi kerak.
KIMYOVIY TAJRIBALAR KO'RSATISH.
Tajriba yaxshi tayyorlanib, xavfsizligiga e'tibor berish kerak. Agar o'qituvchi o'z ishiga e'tibor bilan qarasa, kimyo programmasida ko'rsatilgan tajribalarning hammasi muvaffaqiyatli chiqadi, bu tajribalarni o'tqazish uchun zarur bo'lgan sharoitini bilmagan o'quvchilarda ular muvaffaqiyatli chiqmaydi. Probirkada o'tqazilgan tajriba o'quvchilarni idrok qilishida qiyinchilikga olib keladi. Shu sababli kattaroq probirkada, kolba, menzurkalarda ko'rsatish kerak, yirik ob'ektlarni ko'rsatish va taqsimlab beriladigan kollekziya materiallaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. O'qituvchi tajriba qilib ko'rsatish protsessida uzoqdan yaxshi ko'rinmaydigan ob'ektlarni butun sinfni aylanib ko'rsatib chiqishi, ayrim holda tajriba ob'ekti orqasiga oq qog'oz yoki qora qog'oz qo'yib ko'rsatishi kerak.
KIMYOVIY MASALALAR
Kimyoda miqdoriy masalalar sifatga oid masalalar, kimyoviy tushunchalar, nazariyalar, qonunlarga oid masalalar katta ahamiyatga ega. Miqdoriy masalalar xillari: moddalarning formulalarini tuzish, formulalar bo'yicha hisoblash, kimyoviy tenglamalar tuzish, kimyoviy tenglamalar bo'yicha hisoblash, eritmalarga oid hisoblash. Sifatga oid masalalar: moddalarni bilib olish, moddalarni tozalash, moddani hosil qilish, moddalarning klassifikaziyasi, kimyoviy tushunchalar, davriy qonun va atomlarning tuzilishi. Kimyoviy masalalarning majburiy minimumi:

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin