DOMINO O'YINI
Bu o'yinda ham xuddi oldingi kabi bo'ladi, lekin undan qulay tomoni shuki, o'qituvchi endi 2 kishini emas, balki to'rt-besh kishini baholashi mumkin bo'ladi. Bunda ham har bitta domino toshlari ustiga elementlar qo'yiladi. Masalan:domino o'yinida to'yinmagan uglevodorodlar hosil qilish kerak bo'lsin. Bunda to'rt kishi yettitadan domino toshlarini bo'lib oladi va eng kichik element kimning qo'lida bo'lsa, o'sha o'quvchi o'yinni boshlab beradi, ikkinchi, uchinchi, to'rtinchilar esa davom ettiradi. Kim birinchi toshlarni tugatsa unga "5"ikkinchisiga "4" uchinchisiga "3" yoki savollar orqali baholarini ko'tarish mumkin. Agar o'yinni biror daqiqasida toshlar mos kelmay qolib o'yin tugashi mumkin, bunda hammani qo'lida toshlar qolgan bo'lsa, g'olibni topish uchun hamma elementlarni valentligiga qaraladi. Kimni valentligi eng kam chiqsa o'sha g'olib bo'ladi, kichigi esa mag'lub bo'ladi.
H4C5
|
H6C3
|
|
H8C2
|
HC5
|
|
H12C5
|
H14C7
|
HC6
|
H8C9
|
|
H2C10
|
H10C9
|
|
H12C8
|
H10C5
|
H4C8
|
H16C6
|
|
H18C4
|
HC3
|
|
H22C2
|
H6C3
|
H20C2
|
H6C5
|
|
HC5
|
H8C4
|
|
H14C2
|
H8C
|
-
Tekshiruv savollari:
1. O’quv rejasida fakultativ darslar o’rnini tushuntiring.
2. Har xil fakultativ turlari, ularning sinflarga qarab murakablashishi, o’tish usullarini ayting.
3. Sinfdan tashqari mashg’ulotlar ekskursiyalar, to’garak, kimyoviy haftalik, kechalar haqida gapiring.
Adabiyotlar:
1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. N. 1966y
2. O. Xudoyqulova. Kimyo o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tuplami. NVO’MOI. N. 1996y
3.Yu. V. Pletner, V. S. Rolosin. Ximya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 1981y
9-MAVZU: Dars davomida texnik vositalardan foydalanish
REJA:
1. Kimyoda o'quv jihozlari, reaktivlar. Texnik vositalardan foydalanish.
2. Kimyoda ko’rgazmali qurollardan foydalanish.
Tayanch iboralar:
Audivizual vositalar: kino, diafilm, kodoskop, telivizor, kompyotr, transporant.
Darsning o'tishi ma 'lum qolipda bo'ladi. Bu qolipni o'zgartirish esa o'qituvchining mahoratiga bog'lik. O'qituvchi avvalo dars o'tish mobaynida vaqtni tejashi kerak. Kam vaqt ichida o'quvchilarga ko'proiq narsani o'rgatishi kerak. Buning uchun esa audiovizual texnika vositalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunda doskaga yozish uchun ham vaqt ketadi agar bunda ilgari yozib qo'yilgan kodoskopdan foydalansa yaxshi bo'ladi. Misol tariqasida 9-sinflarda o'tiladigan "sul'fat kislota ishlab chiqarish"mavzusini ko'rib chiqadigan bo'lsak mavzu va uning rejasini kodoskop orqali ekranga tushiriladi. Rejalarni esa o'quvchilar yozib olishadi, so'ngra o'qituvchi "sul'fat kislota ishlab chiqarish" to'g'risida o'quvchilarga qisqacha ma'lumot beradi va o'quvchilarga "sul'fat kislota ishlab chiqarish"degan mavzudagi diafil'mni fil'moskop orqali namoyish qilib ovozini past qilib o'zi izohlab berishi mumkin. Fil'm tugagandan so'ng o'qituvchi o'quvchilardan qanday tushunganliklarini so'raydi. Fil'mdagi reaksiya tenglamalari kodoskop orqali ekranga tushiriladi va o'quvchilar yozib olishlari uchun vaqt beriladi. So'ngra o'tilgan yangi mavzu bo'yicha takrorlash uchun o'quvchilarga savollar berib ularni baholashi mumkin. Bunda o'quvchilarda texnika vositasiga qiziqish tug'iladi va darsni tushunishi ham o'qituvchi tomonidan hamda o'zlarining ko'z o'ngida ko'rganligi sababli darsga yaxshi tushunadilar. Bunda o'qituvchi ham kodoskop oynasida yozilganlardan foydalanib vaqtni tejaydi.
Kimyo darslarida o'quv kinofil'mlari, kinofragmentlar, kinokol'sovkalar, televizion ko'rsatuvlar, diafil'mlar, diapozitivlar, transporantlar, magnit yozuvlaridan foydalaniladi.
Kinofragmentlar - bu dinamik ko'rsatmali vositalar bo'lib, bunda mikro va makro-kinoga olish mul'tiplikaziya yordamida va katta hamda kichik tezliklarda kinoga olish yordamida o'quvchilar atrofini o'rab olgan hayotni qayd qilishgan bo'ladi. Demonstratsiya vaqti 3-7 minut bo'ladi.
Kinokol'sovkalar - odatda ritmik yoki ziqlik protsesslarning ekranda ko'rsatish uchun foydalaniladi. Ularni demonstratsiya qilishda bu protsessning hamma fazalarini ko'rib chiqish va tushuntirish imkoniyati bor. Bitta zikl 40-60 sek. davom etadi.
Kinofil'm - o'rganilayotgan mavzu atrofidagi tadqiqot predmeti va mazmunini ochib beradi. Masalan, "Metallar korroziyasi va unga qarshi kurash" kinofil'mining birinchi qismida korroziyaning kelib chiqishi oqibatlari, korroziyaning qandayligi, ya'ni atmosferadan korroziyaga uchraganligi, kimyoviy korroziya, shamol yordamidagi korroziya shularni ko'rsatadi kinofil'mni ikkinchi qismida esa metallarni korroziyadan himoya qilish metodlari:nikellash, oksid parda bilan qoplash, emallash haqida ko'rsatiladi.
Kinofil'mlar bundan tashqari biror kimyoviy element to'g'risida ham bo'lishi mumkin. "Azot va uning birikmalari ". Bu fil'mda azotning tabiatda uchrashi uning birikmalari kimyoviy va fizikaviy xossalari qishloq xo'jaligidagi ahamiyati to'g'risida hikoya qilinadi kinofil'mlar kimyoviy ishlab chiqarish to'g'risida ham bo'lishi mumkin.
Masalan: "Sul'fat kislotaning olinishi" yoki "Neftni qayta ishlash", "Ammiakning olinishi va ishlatilishi", "Mineral o'g'itlar" va hokazo.
O'quv tarbiya ishlarining samaradorligini oshirish vositasi bo'lib hisoblangan o'quv televizion eshittirishlar o'quv jarayonini hayot bilan bog'lashga yordam beradi. O'quv eshittirishi o'qituvchini tushuntirishini namoyish qilishini uning hikoyasi ko'rsatmali epizodlar bilan to'ldirilishi mumkin. Bu esa o'quvchilarning o'quv materialni eslab qolishini va uni chuqurroq o'zlashtirishlarini yengillashtiradi. Bir qator hollarda kimyodan o'quv eshittirishlari ilmiy ma'lumotlarni so'z bilan tradizion ko'rsatish vositalari bilan etarli darajada tasvirlash mumkin bo'lmaganda u yoki bu ob'ekt yoki jarayon xaqida o'quvchilarda ko'rsatmali tasavvurlarni shakllantirishda asosiy fakt bo'lib ishtirok etadi.
Diapozitivlar seriyasi - bu dasturning katta mavzusini yoki butun bo'limining o'quv materialini ifodalaydigan pozitiv tasvirlarning kadrlar sistemasidir, seriyada odatda kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy bog'lanishlar (ion kovalent, qutbli va qutbsizkovalent) kimyo sanoatini aks ettiruvchi tasvirlar bo'lishi mumkin. Diapozitivlar bosma jadvallarga o'xshaydi, ammo ularning afzalliklari shundan iboratki, ular shaffof jismga olingan va proekziyalashda kattalashgan tasvir hosil qiladi. Ular oddiy jadvallardan ancha yaxshi ko'rinish bilan farq qiladi. Masalan: "tuzlar", "Oksidlar klassifikaziyasi", "Organik moddalarning klassifikaziyasi".
Diafil'm - bu kimyoviy jarayonlar, kimyo sanoatini ifodalovchi pozitiv tasvirlardir tuzilishi bo'yicha diafil'mlar butun va fragmentli bo'lishi mumkin. Diafil'mlardan foydalanish diapozitivlarga nisbatan bir qancha murakkab. Diafil'm kadrlari diapozitivlardan farqli ravishda ayrim ko'rsatmalar bo'lmasdan, balki yagona butun narsaning tarkibiy qismidan iborat. Diafil'mlar statik ekranli yorug'lik orqali ko'rsatiladigan rasmlardan dinamik rasmlarga kinofil'mlarga o'tish zvenosi hisoblanadi. Diafil'm ma'lum metodik g'oyalarga ega va bu g'oyalarni asta-sekin ochib beradi.
Transporantlar - bular ekranli vositalarning yangi turi transporantlar grafproektor yordamida ekranda tasvir xosil qiladi. Diafil'mli kadrni o'lchamidan katta kadrga ega. Masalan:"Ionli kristall panjaralar nomli fil'mni namoyish etishni olish mumkin. Audivizual o'quv texnik vositalaridan foydalanish o'quvchilarning darsga qiziqishini orttiradi va kimyo fanini tushunib olishga qulaydir.
Dostları ilə paylaş: |