Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə39/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

Tekshiruv savollari:

1. Kimyo darsini o’tishda doska, bo’r, lattadan tashqari qo’llaniladigan o’quv jihozlari, reaktivlar, tehnik vositalar haqida misollar keltiring.


2. Kimyoda qo’llaniladigan ko’rgazma turlari haqida gapiring.


Adabiyotlar:

1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. N. 1966y


2. NVO’MOI. Ibrat 1-5, 1991y
3. M.F.Nishonov, A.Rustamova, R.N.Nishonova. Kimyodan test sinovlari. F. 1992y
4. V.M.Potapov, I.N.Chertkov. Organik ximiyadan o’z bilimini tekshirish. N. 1969y.
5. O.Xudoyqulova. Kimyo fani o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar tuplami. NVO’MOI. N. 1996y.
6. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximya o’qitish metodikasidan praktikum. T. 1981y


10-MAVZU: akademik litsey, kolledj, kechki va sirtqi maktablarda kimyo.


REJA :

1. Ta'lim qonuni. Akademik litsey va kolledjlarda kimyo.


2. Kechki va sirtqi maktabda kimyo


Tayanch iboralar:

Rejalash, dars tiplari, o’ziga xoslik, konsul’tatsiya, sesiya.


Ishlayotgan yoshlarga bilim berish uchun asosan kechki (smenali) va sirtqi o'qitish maktablari mavjuddir. Kechki maktabda o'quvchilarning sanoatdagi tajribasidan foydalanib tegishli bilim berish mumkin. Bu maktablarda ular faqat bilim olmasdan o'zlarining malakalarini ham oshiradilar. Bu sinflarda dars berayotganda o'quvchilarning yoshlari har xil hamda har xil ishchi kasblarida bo'ladi, ularda hayot tajribasi katta bo'ladi, lekin o'quv materialini o'rganishga kelganda ular kunduzgilardan bo'shroqdirlar. Kechki maktabda ham bilim hajmi xuddi kunduzgiday, lekin darsni rejalashtirish va o'tishda kechki o'quvchilarning psixologik va amaliy tajribasidan foydalanish kerak. Kechki maktabdagi darslar o'zlarining pedagogik o'ziga xosliqga ega. Bunda yangi materialni berish, uni mustaxkamlash, qaytarish va bilimini aniqlashga e'tibor berish kerak. Asosan ayrim o'quvchilarda bilim darajasi har xilligiga, darslarga kelmasligiga (komandirovkalar) mustaqil ishlashga vaqt yo'qligini hisobga olish kerak.


Kechki maktablarda kimyo dars berish metodikasi quyidagichadir:

    • kimyodan bilimni aniqlash sistemasi bu - sinovdir.

    • yangi materialni aytishda deduksiya, umumlash, ko'rgazmali qurollar yordamida asosiy materialni o'zlashtirishga yordam berishi mumkin

    • ish davomida sinf, guruh va individual usullardan qo'shma foydalanish

    • o'quvchilar bilimidagi yetishmovchiliklarini yo'qotish

    • murakkab materialni darsda, ikkilamchilarini esa uyda bajarish uchun taqsimlash.

O'qitish jarayonida o'quvchilarnining dunyoqarashini rivojlantirish, politexnik o'rgatish bilan ilmiy dunyoqarashini birlashtirib olib borish kerak. Amaliy tajribalar va nazariy, amaliy mavzularni o'tishda o'quvchilarning malakalaridan foydalanish kerak, ularning ishlariga mos ravishda mavzularga yaqinlashtirib ularning ham chiqishlarini tashkillash kerak. O'quvchining chiqishi darsning asosiy qismi hisoblanadi, o'qituvchi konsul'tatsiya beradi, konspekt yozdiradi, xulosa qilishga o'rgatadi.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin