Tekshiruv savollari:
1. Yangi milliy ta’lim standarti bo’yicha kimyoni o'rta maktab, akademik litsey, kolledjlarda dars berishni rejalashtirishda qanday farqlarni bilasiz.
2. Kechki va sirtqi maktablarda kimyo darsi qanday o’tqaziladi.
Adabiyotlar:
1. I. N. Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966y
2. O. Xudoyqulova/Kimyo fani o’qituvchilari uchun uslubiy tavsiylar to’plami. NVO’MOI. N. 1996y
3. Yu. V. Pletner, V. S. Polosin. Ximya o’qitish metodikasidan praktikum. N. 19881y
11-Mavzu: “kimyo va ma'naviyat”
O'zbekiston mustaqillikka erishdi. Endi yosh mustaqil davlat oldida muhim vazifa turibdi. Bu O'zbekiston davlatining poydevorini yanada chuqurroq qurishdan iboratdir. Xuddi shu narsani oshirishni bugun o'zbek xalqining, ayniqsa yosh avlodning iymoni etiqodiga aylantirish lozim. Bunda, albatta, xalq ta'limi xodimlari zimmasiga katta ma'suliyat yuklanadi.
Umumta'lim maktablari o'qituvchilari, maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilari yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash uchun dastlab o'quv qo'llanmalaridan boshqa turli-tuman adabiyotlardan va xayot tajribalaridan foydalanadilar. Hozirgi zamon yosh avlodni ma'naviyatli va ma'rifatli qilib tarbiyalashimiz zarur.
Ma'naviyat deganda, inson xulqi-atvorining go'zalligi, saxovat va himmatligi, olijanobligi, va'dasiga vafodorligi, ozoda-pokizaligi, qalbining beg'uborligi, xushmuomalaligi va shu singari yoqimli urf-odatlari tushuniladi.
Ma'rifatning insonga ko'rsatadigan ta'sirlaridan biri shuki, u odam dunyoqarashini kengaytiradi, unga notanish, uning hayotiga begona hodisalarni asl ma'nolarini tushunishga yordam beradi. Ma'rifatli kishi birovlarning ilm ziyosidan bahramand qilishni o'ziga maqsad qilib qo'yadi. Ma'rifat-ilm va madaniyat nuridir.
Ma'naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o'ylaydilar. Ular kelajakka, hurriyatga, ozodlikka ishonch tuyg'ulari bilan barhayotdir. Shuning uchun ular doimo ma'naviy tarbiyaga alohida e'tibor berishga chaqiradi. Ota-bobolarimizdan meros qolgan milliy qadriyatlarning tiklanishi, o'zbek davlatchiligi asoslarining nomlarini abadiylashtirish, tarixiy yodgorliklarning ta'mirlanishi, o'zbek ma'naviyati va madaniyati vujudga keltirgan allomalarimiz asarlarini chop etish, ularni yosh avlodga singdirib borish orqali xalq ma'naviyatini oshirishga katta yordam beradi. Namangan davlat universitetida ham bu borada talay ishlar qilinmoqda. Universitet fakul'tetlarida rektoratning ishtiroki bilan o'quv yurtimizdagi deyarli barcha fakul'tetlarida ma'naviyat, madaniy-ma'rifiy tadbirlarni o'tqazish maqsadida maxsus "Ma'naviyat va ma'rifat" xonalari tashkil etilgan. Ular zarur mebel, maxsus adabiyotlar, gazeta va jurnallar, ko'rgazmali qurollar bilan ta'minlangan. "Ma'naviyat - qalbim quyoshi" umumiy mavzusida insholar tanlovi e'lon qilinib, hozirda bu tanlovning bir necha bosqichlari o'tgan. "Ma'naviyat va o'zbek qo'shiqlari" mavzusida O'zbekiston xalq artisti K. Rahimov, M. Ubaydullaev ishtirokidagi ma'naviyat kechalari shular jumlasidandir.
Universitetda ta'lim olayotgan iqtidorli talabalar respublika ilmiy-amaliy konferenziyalarida, fan olimpiadalarida ishtirok etmoqda. ularning ilmiy maqolalari, tezislari muntazam ravishda chop etilmoqda.
Talabalarimizning ma'naviyatini oshirishda buyuk allomalarimiz, hozirda ish olib borayotgan olimlarimizni ilmiy ishlari bilan tanishtirilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi. Chunki hozirgi talabalar, o'quvchilar ko'proq rus olimlarini bilishadi. O'zbekistonda o'zbek kimyosini rivojlanishiga katta hissa qo'shgan olimlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, K.S.Axmedov, M.N.Nabiev, X.U.Usmanov, Z.Salimov, N.U.Rizaev, S.Sh.Rashidova, Sh.T.Tolipov, R.S.Tillaev, X.Rahimov, Yu.V.Kurbatov, A.Abdurasulova, O.S.Otroshenkolarning ishlari bilan tanishtirib borsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.
Bu olimlarimizning ilmiy ishlaridan dars mobaynida qo'shimcha adabiyot sifatida, viktorina o'yinlarida savol tariqasida, "Breying ring" o'yinlarida keng foydalanish mumkin. Bu savollar orqali o'quvchilarda olimlarimiz ishlari haqida tasavvur qilish va shu fanga qiziqish uyg'otish mumkin.
Kimyo fakultetida shu borada ko'rgazmali qurollar tayyorlandi. Ya'ni "O'zbek kimyogar olimlari" mavzusida yig'ma al'bom tayyorlandi. Bu yig'ma al'bom dars jarayonida ko'rgazmali qurol sifatida yoki ko'rgazmalarda keng qo'llash mumkin. Uni quyidagi ko'rinishda qilish mumkin: karton qog'ozlarni olib eni - 19sm, bo'yi -24sm qilib qirqiladi, so'ng har varag'ini juftlashtirib izolenta bilan yopishtiriladi. Natijada ixcham xohlagan sahifagacha yig'ma al'bom tayyorlash mumkin. Biz tayyorlagan al'bom olti sahifadan iborat bo'lib, birinchi sahifaga "O'zbek kimyogar olimlari", ikkinchi va boshqa sahifalarida olimlarni rasmlari va ularning tug'ilgan yili va olib borgan ishlari to'g'risida qisqacha ma'lumot berilgan.
Masalan: Abu Ali Ibn Sino 980-1037 yildagi zamonasining eng yetuk olimlaridan biri. U amaliy kimyoning rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan, lekin alkimyogarlarning temirni oltinga aylantirish yo'nalishdagi ishlarini asossiz, amalga oshirib bo'lmaydigan jarayon deb qaragan. Ibn Sino o'z asarida anorganik kimyoning dastlabki kurtaklarini bunyodga keltirgan. U dorivor o'simliklarni shifobaxshlik xususiyatlaridan foydalanib, tibbyot sohasida ham betakror ilmiy asarlar yozgan. Uning bu asarlarini hozir ham tibbiyot sohasida keng qo'llanilmoqda.
Shu tariqa biz tayyorlagan yigma al'bomda Abu Rayhon Beruniy, O.S.Sodiqov, S.Yu.Yunusov, K.S.Axmedov, M.N.Nabiev, X.U.Usmonov, Z.Salimov kabi olimlarimiz haqida ma'lumotlar olgan. Yig'ma al'bomning oldi va orqa sahifalariga beshtadan olimlarning rasmi va ularning hayoti va ijodi haqida qisqacha ma'lumotlar yopishtirilgan. Bu yig'ma al'bom Buxoroda o'tqazilgan o'qituvchilar ko'rik tanlovida faxrli o'rin oldi. Biz bu ishni davom ettirib "Vodiy kimyogar olimlari" degan yig'ma al'bom tayyorladik. Bunda vodiyda ishlayotgan professor olimlar K.Roziqov, N.Madixanov, Q.G'ofurov, E.Botirov, Sh.Abdullaev, A.Karimov, A.Ibragimov, S.Teshaboev kabi olimlarimiz rasmlari va ular haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.
Abu Rayxon Beruniy 973-1048 yillardagi zamonasining eng buyuk namoyondalaridan biri. U o'zining "Mineralogiya" deb nomlangan mashhur asarida o'sha davrda ma'lum bo'lgan metallar, ulardan tayyorlanadigan qotishmalar, metallarning rudalari, rudalarni kovlab olish, ularga ishlov berish kabi ishlari kimyo sohasiga qo'shgan katta hissasi bo'ldi. "Hindiston" deb nomlangan asarida u ilmiy xulosalarini bayon qilgan.
O. S. Sodiqov 1913 yil 15 noyabr kuni Toshkent shahrida tug'ilgan. 1931 yili ToshDu kimyo kulliyotiga qabul qilindi. 1945 yilda alkaloidlar kimyosi bo'yicha doktorlik dissertaziyasini muvaffaqiyatli yoqladi. 1947 yilda professorlik unvoni berildi. 1966 yilda O'zR FA ning prezidenti, 1973 yilda bioorganik kimyo institutiga rahbarlik qildi. Uning rivojlanishida katta hissa qo'shdi. O.S.Sodiqov 22 iyul 1987yil vafot etdi.
S.Yu.Yunusov 1907 yilda tug'ilgan. O'zR FA akademigi, Leopoldin nomidagi nemis tabiatshunoslari akademiyasi akademigi, alkaloidlar kimyosi taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan olim. O'rta Osiyo universitetini tugatgan. Ilmiy ishlari o'simliklar tarkibidan alkaloidlarni ajratib olish va 4000 dan ortiq o'simliklarni o'rganib, bir necha yuz yangi alkaloidlar ajratib olishda katta hissa qo'shgan. Uning rahbarligida pestizidlar topildi. U Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, D.I.Mendeleyev nomidagi oltin medal bilan taqdirlangan.
K.S.Axmedov 1914 yilda tug'ilgan. O'zR FA akademigi. Kolloid kimyoning yirik namoyondalaridan biri. O'rta Osiyo davlat universitetini tugatgan. 1972 yilda TPI da rektor bo'lib ishlagan. U suvda eriydigan polieliktrolitlar, past va yuqori molekulali birikmalar olish, gruntlar, qurilish materiallarining xossalarini maqsadga muvofiq o'zgartirish kabi ilmiy ishlar bilan shug'ullangan. Uning "K" tipidagi suvda eruvchan preparatlari burg'ulashda, tuproqni eroziyadan saqlashda, ko'chma qumlarni mustahkamlashda keng qo'llanilmoqda. U Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati.
M.N.Nabiev 1915 yilda tug'ilgan. O'z FA akademigi, o'g'itlar kimyosi va texnologiyasi sohasidagi olim. Ivanova kimyo-texnologiya institutini tamomlagan. Nabiev boshchiligida fosfatlarni nitrat kislota bilan ishlab, yangi kompleks o'g'itlar olishga muvofiq bo'lindi, oddiy va ikkilamchi superfosfatlar sifati ancha yaxshilandi. Ammoniylashtirish usuli bilan Qoratog fosfatlari asosida superfosfatlar olish texnologiyasi ishlab chiqdi. U Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofoti laureatidir.
X.U.Usmonov O'zR FA akademigi. O'rta Osiyo davlat universitetini tugatgan. Ilmiy ishlari paxta zellyulozasi, paxtachilik sanoati chiqindilarni kompleks qayta ishlash va g'o'zapoyadan foydalanishga bag'ishlangan. Paxta modifikaziyalashning yangi metodik usullarini ishlab chiqdi. G'o'zapoya gidrolizi ustida fundamental ish olib bordi. Olim rahbarligida vinil ftorid monomeri asosida sintezlar, mikroorganizmlar ta'sir etmaydigan nur ta'sirga chidamli materiallar olindi. X. Usmonov sellyuloza va sintetik polimerlar sohasidagi ishlar uchun Beruniy nomidagi O'zbekiston davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.
Z.Salimov 1940 yilda tug'ilgan. O'zR FA akademigi. Toshkent politexnika institutining ximiya-texnologiya fakul'tetini tugatgan. Ilmiy ishlari qattiq faza ishtirokida asosiy ximiya texnologiya jarayonlarini intensifikaziyalash nazariyasi hamda amaliyotni boyitishga bag'ishlagan. Pnevmotransport, changlarni ushlash, ekstraksiyalash, adsorbziya, quritish va boshqa sohalardagi ishlari diqqatga sazovordir.
N.U.Rizaev 1929 yilda Namanganda tug'ilgan. Texnika fanlari doktori, professor. 1949 yilda SAII ni bitirgan. Doktorlik dissertaziyasini 1964 yilda "Eritmadagi adsorbziya sharoitida massa almashuv protsessini tekshirish" mavzuida himoya qildi. 1957 yili kandidatlik dissertaziyasini yoq'ladi. 1968 yili paxta sellyulozasi ximiya va texnologiyasi ilmiy tekshirish institutida "Ximiya texnologiyasining protsess va apparatlari" bo'limi mudiri. Olimning 330 dan ortiq maqolasi e'lon qilindi. Bulardan 25 tasi avtorlik guvohnomasidir. Ion almashinuv adsorbziyasi metodi yordamida shira va vinolarni stabillash, azetat eritmalari fil'traziyasini ion almashinuv metodi, ekstrakziya sanoatining optimallash va avtomatlashtirishning yangi metodlari sanoati miqyosida amalga oshirdi. 1970 yili "Shavkatli mehnati uchun" medal bilan mukofotlangan.
K. X. Roziqov 1936 yilda tug'ilgan. Kimyo fanlari doktori, professor. Fizik-kimyo, geterogen kataliz, sellyuloza va uning hosilalari kimyosi va texnologiyasi, sintetik polimerlar morfologik tuzilishlari haqida hamda ekologik muammolari yo'nalishlarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Ikki monografiya, 3 ta risola, 23 ta ixtiro uchun patent olgan bo'lib, jami 260 dan ortiq ishlari chop etilgan. 20dan ortiq fan nomzodlari va doktorlarini yetishtirgan. 1983 yilda A.S.Sultonov nomidagi O'zbekiston kimyo-texnologiya va kataliz ilmiy tadqiqot instituti direktori. NSTIda 1989 yildan buyon ishlaydi. "Ekologiya va mehnat muhofazasi" kafedrasi mudiri. 1999 TAU proffesori. Ilmiy maqolalari Yaponiya, Germaniya, Finlandiya, Ruminiya, Chexoslavakiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarda chop etilgan.
Sh.V.Abdullaev 1944 yili 2 noyabrda tug'ilgan. SamDUning kimyo fakul'tetini tamomlagan. 1970 yilda kimyo fanlari nomzodi, 1992 yili Xar'kov shahrida GNZLS institutida "Labguldoshlar va dukkakli o'simliklardagi aromatik moddalar kimyosi" mavzusida kimyo fanlari doktori darajasini olgan. 1969 - 1992 yilda SamDU organik kimyo va umumiy kimyo kafedrasida katta o'qituvchi, dotzent, kafedra mudiri, kimyo fakulteti dekani lavozimlarida, 1992 yilda Namduda dotsent, 1993 yilda umumiy kimyo kafedrasi mudiri sifatida, 2000 yil NamDU ilmiy ishlari bo'yicha prorektor lavozimida ishlamoqda. Olimning 147 ta ilmiy metodik ishlari, 2 ta o'quv ilmiy monografiya, 19 ta qo'llanmasi nashr etildi.
X.M.Qurbonov 1935 yilda Qizil-Qiya shahrida tug'ilgan. Kimyo fanlari doktori, professor. 1956 yil OshDU ni bitirgan. 1964 yilda kandidatlik dissertatsiyasini yoqladi. 1968 yilda rengenostruktura analiz laboratoriyasini tashkil etdi. 1982 yilda olim "Chiziqli xossalarga ega bo'lmagan yangi p'ezo-, segneto-, piroelektrik va optik materiallarning olinishi va ishlatilishi" muammosi bo'yicha shug'ullangan. 1989 yili "Yerda kam tarqalgan elementlar bilan sur'ma va fosfor oksidli birikmalarning sintezi va krisstaloximiyasi" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. Olimning 120 ta ilmiy maqolalari, 3 ta monografiyasi nashr etilgan. 1992 yili olimni FarDUga taklif etildi va 1993 yili olim rahbarligida anorganik va analitik kimyosi kafedrasi tashkil etildi.
Madixanov Ne'matjon 1939 yil Andijon shahrida tug'ilgan. 1961 yil AndPI ning kimyo-biologiya fakul'tetini tamomlagan. 1971 yili "Diazetilen diefirlari asosida pirrol hosilasi sintezi" mavzusida nomzodlik dissertaziyasini himoya qilgan. 1970-92 yillarda Andijon paxtachilik instituti "Umumiy kimyo kafedrasida" dotzent lavozimida ishladi. 1992 yili "Arilpropargil efirlari va diariloksi-geksodin asosida azot tutuvchi besh a'zoli geterosiklik birikmalar sintezi ularning kimyoviy o'zgarishlari va biologik faolligi" mavzusida doktorlik dissertaziyasini himoya qildi. Ilmiy ishlari organik sintezi sohasida yangi yo'nalish arrilpropargil efirlari va diariloksigeksadin hosilasi asosida 1,2,3-triazol va bis-1,2,3-triazol hosilasi olishga asoslanadi. Madixanov N. 140 dan ortiq maqola, 30 ga yaqin ixtiro, bir nechta darslik muallifidir.
K.A.G'afurov 1949 yilda Uychi nohiyasida tug'ilgan. texnika fanlari doktori, professor. U ilmiy faoliyatini "Yuqori magnitli fosforitlardan ekologik va iqtisodiy samarador murakkab azot fosforli mineral o'g'itlar olishning nazariy asoslari va texnologiyalarini yaratish "sohasiga bag'ishlangan. U yaratgan intensiv texnologiyalar horijiy mamlakatlar va respublika kimyo sanoatida korxonalarda amalda joriy etilgan. "Ammafos-k", "Super ammafos-k", "Sul'fosuperammafos-k" o'g'itlari muallifi.
Alyumosilikatlaridan koagulyantlar olish va paxta chigitini makro va mikro o'g'itlar bilan qobiqlash texnologiyalarini yaratish ustida ham faoliyat ko'rsatmoqda.
E.X.Botirov 1949 yilda tug'ilgan. Ximiya fanlari doktori. 1978 yil-1993yillarda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi o'simlik moddalari kimyosi institutida biorganik kimyo sohasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Ilmiy ishlari o'simliklar tarkibida uchraydigan alkaloidlar, flavonoidlar, kumarinlar va ligandlarning kimyoviy tuzilishini o'rganish hamda ular asosida yangi samarali dorivor moddalar va bioreaktivlar yaratishga bag'ishlangan. 110 ta ilmiy maqola va 7ta ixtiro uchun patentlarning muallifi. Bir qator ilmiy maqolalari AQShda chop etilgan. Hindiston va Bolgariyada o'tqazilgan konferenziyada qatnashgan.
A.Karimov ximiya fanlari doktori 1994yil. Andijon meditsina instituti biorganik va biologik kimyo kafedrasi mudiri -1993 yil. Berberis oilasi vakillaridan 39ta alkolloidlar ajratgan. Olingan alkaloidlardan dorivor preparatlar muallifi. Xozir AMI prorektori.
A.A.Ibragimov ximiya fanlari doktori 1992 yil. Professor - 1996 yil. FarDU organik kimyo kafedrasi mudiri - 1992 yil. Kimyo fakul'tetining dekani - 1992-93 yil. Nitraria oilasi vakillaridan yangi nitrarin, digidronitrarin alkaloidlarini ajratgan. 2 ta nomzod tayyorlagan. Farg'ona vodiysi dorivor o'simliklarni tahlil qilish mavzusida Davlat Fan va Texnika qo'mitasi ishlarining rahbari.
S. Teshabaev 1940 yilda Farg'ona viloyatida tug'ilgan. Ximiya o'qitish metodikasi va umumiy ximiya kafedrasi mudiri. FarDUda xizmat ko'rsatgan dotzent. 1956 yili FarDUni bitirgan. Farg'ona vodiysi bio-geoximik tafsiloti: o'simliklardan mikro va makroelementlarning o'rganish muammolarini echmoqda. Olim 63 ta ilmiy va metodik ishlari, 4 ta monografiya, 7 ta darslik muallifidir.
12-MAVZU: Kimyo kabineti
Dostları ilə paylaş: |