Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari



Yüklə 1,71 Mb.
səhifə43/61
tarix09.12.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#73307
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61
dokumen.tips 1-mavzu-kirish-kimyo-oqitish-metodikasi-fani-vazifalari

REJA :

1. Kimyo kabinetida ishlash qoidalari.


2. Kimyo kabinetiga qo'yiladigan talablar.


Tayanch iboralar:
Xavfsizlik burchagi, baxtsiz voqealar oldini olish. Kimyo kabineti, jadvallar, jihozlar, kimyoviy stol, demonstratsion stol, mo’rili shkaf.

Akademik litsey, kolledjlarda kimyo o'qitish uchun maxsus jihozlangan sinf-laboratoriya, preparatorxona, omborxona zarurdir. Kimyoviy kabinetlarga bo'lgan talablar A.A.Grabezkiy, T.S.Nazarova "Kimyo kabineti" kitobida keng yoritilgan. Kimyo kabineti bu ma'lum talablarga javob beradigan o'quv asbob uskunalar, maxsus mebelli xonadir. Bu xonaga quyidagi to'rt xil talablar qo'yiladi:


1. Ilmiy-metodik. Kimyoviy mazmun, didaktika, psixologiya va tarbiya qonuniyatlarini to'la qondirishi kerak.
2. Ergonometrik, gigienik va xavfsizlik qoidasiga javob berishi kerak, o'quvchi va o'qituvchi sog'lig'ini saqlashga moslashgan bo'lishi kerak.
3. Texnik, texnologik, iqtisodiy jihozlanishi orzon, ishlatish oson va ko'pga chidaydigan asbob uskunalar bo'lishi kerak.
4. Spesifik maxsus jihozlar, masalan sinadigan detallar orasida maxsus prokladkalar bo'lishi kerak va hokazo.
O'rta bilim beradigan o'quv yurtlari kimyo kabineti uchun davlat standarti va texnik sharoitlari ishlab chiqilgan va tasdiqlangandir. Sinfda kimyoga tegishli davriy jadval va boshqa jadvallar devorlarda osilib turishi shart, maxsus o'quvchi va o'qituvchi stollari, mo'rili shkaf, proeksion apparatlar distanzion foydalanishga moslashgan bo'lishi kerak. Sinf doskasida uch qism, magnit doska va yuqorisida ekran bo'lishi kerak. Pastida esa yassi yashiklarda jadvallar saqlanishi kerak. Bog'lar tiplari, modellar ham, sanoatda qo'llaniladigan apparatlar modellari ko'rinadigan o'rinda turishi kerak. Preparatorxonada tajriba uchun kerakli moddalar va tegishli asboblar tayyorlanadi: asboblar, materiallar, idishlar saqlanadi. Laborant bu xonada ishlaydi. Omborxonada preparatorxonada saqlash mumkin bo'lmagan kislotalar, ammiak va boshqa uyuvchi moddalar saqlanadi. Zaharli, portlovchi, yonuvchi moddalar seyfda saqlanishi kerak.
Ko'pincha kimyo va tabiiyot fani uchun bitta sinf-auditoriya bo'lib unda ma'ruzalar o'tiladi, tajribalar, ko'rsatmali qo'llanmalar, diapozitivlar, kino va hokazolar ko'rsatiladi. Katta maktablarda kimyo darsi ikki xonada kimyo kabineti va preparatorxonada o'tadi. Kimyo kabineti kimyo o'qitish uchun jihozlangan sinfdir. Boshqa fan darslarini o'tqazish man etiladi. Kimyo xavfsizlik qoidalariga hamma bo'ysinishi kerak. Kabinetda xavfsizlik muhofazasi jadvali osilib turishi shart. Sinfni tozalash faqat o'qituvchi yoki laborant bo'lgan holda o'tqaziladi. Amaliy ishlar faqat o'qituvchi bo'lgan vaqtda o'tqaziladi, boshqa kishilar dars vaqtida kirishi mumkin emas. O'q'ituvchi mustaqil ishlashi uchun preparatorxonada alohida ish stoli bo'ladi. Sinf laboratoriyasida o'quvchilar bir tomonlama demonstratsion stolga qarab o'tiradilar. Har bir o'quvchiga kamida 60sm joy to'g'ri kelishi lozim. Stol ustida kichkina tokcha bo'lishi mumkin. O'qituvchi ko'rsatadigan tajribalar, o'quv qo'llanmalari va sinf doskasi eng oxirgi stolda o'tiradigan o'quvchilarga ham yaxshi ko'rinishi kerak. Stolning kengligi 55sm bo'lsa kifoya. Oldinma-keyin turgan ikki stol oralig'i 65-70sm bo'lishi mumkin. Demonstratsion stol birinchi qatordagi o'quvchilar stolidan taxminan 0,8m nariga qo'yiladi, shunday qilinganda biror suyuqlik yoki boshqa modda tasodifan atrofga sachrasa ham o'quvchilarga tegmaydi. Demonstratsion stol bilan doska orasidagi masofa ham odatda, 0, 8m keladi. Demonstratsion stol o'quvchilar stolidan sal balandroq bo'ladi. Mo'rili shkaf preparatorxona yaqin bo'lganda ikki xona o'rtasiga o'rnatilishi ma'qul. Odatda shkaf preparatorxona devoriga o'rnatiladi va uning sinf tomonidagi devorida kattaroq darchalar bo'lib bu darchalar sinf tomonidan ochiladi. Bu darchalar sinf ko'tarma doskasi pastga tushirilganda doska orqasida qoladi. Doska tepasiga rasmlarni, chizmalarni kattalashtirib ko'rsatish uchun ishlatiladigan ko'tarma ekran o'rnatiladi. O'quvchilarning tajriba qilishi uchun mo'rili shkafni sinfning orqa devoriga taqab qo'yish mumkin. Mo'rili shkaf ichiga kichikroq rakovina va uning ustiga vodoprovod jumraklari o'rnatilgan bo'lishi mumkin. Zaharli gaz yoki bug' chiqaridagan o'zaro ta'sirlanuvchi modda qoldiqlari shu rakovinaga to'kiladi.
Demonstratsion stol yonida ham o'quvchilar stollari yonida bo'lganidek, vodoprovod jumraklari va rakovinalar bo'lishi zarur.
Sinf auditoriyada - sinf laboratoriyasiga qo'yilgandek, demonstrazion stol, mo'rili shkaf, doska, qorong'ilatish uchun deraza pardalari bo'lishi shart. Auditoriyada o'quvchilarning o'tiradigan joylari bir xil tekislikda bo'lmasdan balki har bir keyingi stol oldingisidan 20-30sm balandroq bo'ladi. Auditoriyada elektr ustanovkalar, tok taqsimlash doskasi va boshqalar bo'ladi.
Mustaqil mashg'ulotlar o'tqaziladigan laboratoriyalar o'quvchilar siqilib qolmasligi uchun imkon boricha katta qilib quriladi. Chunki o'quvchilar amaliy mashg'ulotlarda ko'pincha, dam asbob turadigan shkaf oldiga, dam mo'rili shkaf oldiga, dam rakovinaga, dam tarozi va boshqa jismlar oldiga to'da-to'da bo'lib ko'chib yuradilar. Eni 65 sm keladigan stoldan har qaysi o'quvchiga kamida 90 sm joy ajratilishi kerak. Agar xonaga, odatda ikki tomondan turib ishlash mumkin bo'ladigan laboratoriya stollari qo'yilgan bo'lsa kamida 125sm joy qolishi kerak. Agar bir tomonlama stollar qo'yiladigan bo'lsa laboratoriyadagi hamma kishi bir tomonga qarab ishlaydi. Bunda stollar orasida kamida 90sm joy qoldiriladi. Maktabda oquvchilar ishlashi uchun laboratoriyaga bir tamonlama stollar qo'yilgani yaxshi. Chunki bunda o'qituvchi hamma o'quvchilarning qilayotgan ishiga nazar tashlab turishi oson bo'ladi. O'qituvchi darsga tayyorgarligini, tajriba o'tqazish tayyorgarligini preparatorxonada o'tqazadi. Asboblarni yig'ib darsga kerak bo'ladigan hamma narsalarni taxt qilib qo'yishi kerak. Dars tugagach, hamma asboblar yana preparatorxonaga keltiriladi yoki kelgusi darsgacha ishga tayor holda qoldiriladi, yoki bo'lmasa qismlarga ajratilib yuvib tozalanadi. Qisqasi, tayyorgarlik ishlarining hammasi preparatorxonada olib boriladi. Preparatorxonaga hamma kirib chiqavermaydi, bu xona qulflanib turishi shart.
Yangi ishga qabul qilingan kimyo o'qituvchisi kimyo kabinetini undagi asbob uskunalar reaktivlarni inventar kitob orqali akt bilan qabul qilib olishi kerak. Laborant shtati kimyoda yoki ikki fan uchun fizika-kimyo, kimyo-biologiya sinflari uchun tasdiqlangan.



Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin