Tayanch iboralar:
Davriy qonun, jadval, s, p, d, f qavatlar, Xund qoidasi, vodorod. Ishqoriy metallar, galogenlar.
Tekshiruv savollari:
1. Davriy qonun va davriy jadval kashfiotini sharxlang.
2. Atom tuzilishini tushuntirishda bu qonundan oldin va keyingi tushuntirish uslublariga misollar keltiring.
Adabiyotlar:
1. I.N.Borisov. Kimyo o’qitish metodikasi. T. 1966 y.
2. Yosh ximik ensiklopedik lug’at. T. 1990 y.
3. Yu.V.Pletner, V.S.Polosin. Ximiya o’qitish metodikasidan praktikum. T. 1981 y.
17-MAVZU: organik kimyo o'qitishda metodik yondoshishlar.
REJA :
1. Organik kimyoda ma 'ruza, seminar, konferenziya, amaliy mashg'ulotlar o'tqazish uslublari
2. Organik kimyodagi reaksiyalar tiplari.
10 sinfda organik moddalarni o'rganish kimyoviy reaksiyalarni elektron pog’onasida o'rganiladi. Bu vaqtga kelib o'quvchilar reaksiyalar sharoiti, tezligi, qaytar reaksiyalar, kimyoviy muvozanat va uni siljitish kabi tushunchalarni bilib olgan bo'ladilar. 10 sinf o'quvchilari 8-9 sinflarga nisbatan ko'proq faol bilish faoliyatiga yaqin bo'ladi (ko'tarilgan masalani tushunish, ularni echishda ijodiy yondoshishi, bunda logik fikrlash) mustaqil ishlash yordamida bilimlarni yuqori qilishga erishilishi mumkin. Kimyoviy reaksiyalar mexanizmlari haqida tushunchalarni chuqurlashtirish. Kimyoviy reaksiyalarning radikal va ion mexanizmidagi bilimlarini kengaytirish uchun 10-sinfda elektron va organik moddalar tuzilishining fazoviy tuzilishi hamda ular molekulalaridagi sigma hamda pi bog'lar holati tushuntiriladi.
O'quvchilar fikrlari almashinish reaksiya mexanizmida radikal va molekulalar o'zaro ta'siri. Buning zanjirli reaksiyalar o'tilmasligini ta'siri qanday qilib, organik molekuladan zanjir ioni hosil bo'lishi va bunda musbat hamda manfiy zaryadlar hosil bo'lishi hamda ularning birikishida yangi modda molekulasi hosil bo'lishi aytiladi.
Metanni xlor bilan reaksiyasini qarashdan oldin o'quvchilarga ayrim xlor bilan vodorod orasidagi reaksiyalarni eslatish kerak.
1. Juftlashmagan elektronli zaryadlar hosil qilishi.
2. Vodorod molekulasiga xlor atomining ta'siri
Bu reaksiya zanjirli xarakterga ega. Keyin o'quvchilar oldida xlor va metan reaksiyasi qanday boradi degan savol qo'yiladi?
Ular quyidagilarni taklif qiladilar:
O'qituvchi faqatgina ayrim faktlarni tushuntirish uchun aralashadi.
1. Metanning xlor atomi bilan ta'sirlanish yo'li.
2. Xlor va metil radikallari bu reaksiyada qatnashishi erkin radikal shaklda deb tushuntiriladi.
3. Zanjirli reaksiya tezligi xlor molekulasi qancha ko'p energiya kvant berilishiga bog'liq (ya'ni reaksiya zanjiri hosil bo'ladi) va zanjirlar uzilishi kam bo'lishi kerak
4. O'quvchilarga zanjirli reaksiya kimyoviy bog' qancha mustahkamligi kichik bo'lsa uzilishi osonroq bo'lishi va reaksiyaning boshlanishi tezlanishini tushuntirish kerak. Metanga xlor atomi yaqinlashganda xlor elektron buluti metanning vodorod atomlarining birini o'ziga tortib oladi, ya'ni qutbsiz S-H bog'., elektron bulut ta'sirida metilga qaraganda elektronomanfiy xlorga yaqinlashadi. To'yinmagan uglevodorodlarga birikish reaksiya mexanizmini o'rgatayotganda anorganik kimyoda o'rgatilgan kimyoviy reaksiya ionli mexanizmlari asos qilib olinadi. Kimyoviy reaksiya sharoitida vodorod bromid vodorod va brom ionlariga parchalanadi: vodorod ionni elektronsiz bo'lib, etilen molekulasiga ta'sir qiladi, bunda pi elektronlar uglerod atomining biriga siljiydi va unga elektrofil birikadi
bunda karbokation hosil bo'ladi u brom anioni bilan birikadi:
Kimyoviy reaksiya mexanizmlarini sistematik tushuntirish uchun radikal va ionli mexanizmlar solishtiriladi va farqlari aniqlanadi,
a) reaksiyaning asosiy borishida inizirlar, organik moddaga hujum etuvchi zarracha ta'sirlanishi hamda reaksiya mahsuloti organik modda hosil bo'lishi;
b) inizirlash bosqichida kovalent bogning uzilish xarakteri;
v) reaksiya sharoitlarini solishtirish natijalari quyidagicha yoziladi
Dostları ilə paylaş: |