Minerallning ulanish tekisligi va sinish yuzalari.Minerall kristallarining, ular sindirilganda ma'lum yunalish bo’yicha ajralib xosil qilgan tekis, yaltirok yuzalariga ulanish tekisligi deb aytiladi. Bu xususiyat faqat kristallik minerallar uchun xos bo’lib uning faqat ichki tuzilishi bilan bog’liq. Bunday xususiyat faqat shu mineralning o’zigagina xos bo’lganligi uchun muhim diagnostik belgi bo’lib xizmat qiladi. Masalan: ortoklaz singanda to’ri burchakli ulanish tekisligi xosil qiladi.
Ulanish tekisligining qay darajada namoyon bo’lishini ko’rsatish uchun besh darajali shkala qabul qilingan.
1. Ulanish tekisligi o’ta mukammal (slyuda, xlorit) kristallar yupqa varaqachalarga ajralish qobiliyatiga ega. Ulanish tekisligidan boshqa yo’nalish bo’yicha sindirish juda qiyin.
2. Ulanish tekisligi mukammal (kal'tsit, galenit, galit). Bunday minerallar sindirilganda, ular ulanish tekisligi bo’yicha ajralib, ko’rinishi birlamchi kristallni eslatuvchi bo’laklar xosil qiladi. Masalan: galenit sindirilganda mayda, kal'tsitni maydalaganda to’g’riromboedrlar xosil bo’ladi.
3. Ulanish tekisligi o’rtacha minerallar (dala shpatlari, magniyli-kal'tsiyli silikatlar). Mineral bo’laklarida ulanish tekisligi xam tasodifiy yo’nalishlar bo’yicha notekis yuzalar, xam aniq ko’rinib turadi.
4. Ulanish tekisligi nomukammal (apatit, kassiterit, sof tugma oltingugurt, olivin) bo’lgan minerallar. Ulanish tekisligi yaqqol ko’rinib turmaydi, uni mineral parchasi o’zidan qidirib topishga to’ri keladi. Singan yuzalari odatda notekis bo’ladi.
5. Ulanish darajasi o’ta mukammal bo’lmagan (yoki ulanish tekisligi yo’q) minerallar (kvarts, apatit).
Ko’pincha bitta minerallning o’zida bir necha yo’nalishlar bo’yicha o’tgan ulanish tekisliklari mukammallik darajasiga ko’ra xar xil bo’ladi. Ulanish tekisliklari (yuzalari) bir yo’nalishli (slyuda), ikki yo’nalishli (ortoklaz) uch yo’nalishli (kal'tsiy,galenit, galit), to’rt yo’nalishli (flyuorit), olti yo’nalishli (sfalerit) bo’ladi.
Ulanish tekisligini makroskopik usul bilan aniqlash imkoniyati bo’lmagan xollarda sinish yuzalarining tuzilishi o’rganiladi. Singan yuzalar tuzilishi chiganoksimon (kremen', oltingugurt), tolasimon, zinasimon, gadir - budur (notekis), uzun ustunsimon ko’rinishlarda bo’lishi mumkin.