Bo’lakchalarni harakatlanishi. Hom ashyo yengil harakat qiladigan (φ = 30-350), o’rtacha harakat qiladigan (φ = 40-450) va kam harakat qiladigan (φ = 50-560).
Yemirish qobilyati (yemirilish) – bu hom ashyo bo’lakchalarining yuklovchi – tushiruvchi mashina, taminlagichlarni ishchi yuzasini ishqalab yemiradigan xosassidir.yemirish darajasi bo’yicha hom ashyo to’rt guruxga bo’linadi: А – yemirmaydigan, V – kam yemiradigan, S – o’rtacha yemiradigan, D – ko’p yemiradigan. Yemirilish 10 balli shkala (Moss shkalasi) bilan taqqoslanib harakterlanadigan bo’lakchalarni qattiqligiga bilan bog’liq.
Hom ashyo bo’lakchalarining mustaxkamligi siqish paytidagi mustahkamlik chegarasi σSJ bilan aniqlanadi va Protodyakonov shkalasi bo’yicha mustaxkamlik koeffisienti kKR bilan harakterlanadi: kKR =σSJ /10.
Asosiy qism
Ma’lumki rangli metallurgiyada bo’lakli materiallar sifatida elektroliz jarayonidan olingan katod va anod metallari ma’lum kattalikdagi listlar shaklida bo’lib ularni olovli tozalash va qayta eritib qoliplarga quyishda statsionar olovli tozalash pechlarida qayta ishlanadi. Shuningdek metal qirindilarini preslab paket xolidagi bo’laklarga keltiriladi va vayerbars pechlarida eritib qayta ishlanadi.Shuningdek ikkilamchi metallurgiyada asosan o`zining fizik va mexanik xossalarini yoqotgan rangli va qora metallar qayta eritilib sifatli metall ishlab chiqariladi. Metallurgik zavodlarga keltirilayotgan ikkilamchi metallar turli ko’rinishda bo’lib, ularga mashinasozlik va asbobsozlik zavodlaridan keltirilgan metal qirindilari, kabel simlari, turli xajmdagi metal parchalari va xakazolar misol bo’ladi.
Ikkilamchi metall zavodlarida bunday xomashyolar dastlab qayta eritishga tayyorlash bo’limlarida saralash, yuvish va quritish mayda metallarni bo’laklash (paketlash) va yirik metal parchalarini texnologik talab darajasigacha maydalash jarayoniga tadbiq etiladi. Bunday bo’lakli xomashyolarni metallurgik pechlarga yuklashda maxsus mashinalardan foydalaniladi. Ushbu mashina va mexanizmlar turli konstruktiv tuzilishga ega bo’lib, g’ildirakda, temiryo’lda hamda ko’prikli yuk ko’tarish krantlariga o’rnatilgan harakatlanuvchi mashinalar.
Jumladan O’z rang metal qirindilarini va rezgilarni qayta ishlash zavodida yalliq qaytaruvchi pechka ikkilamchi aluminiy metali va qotishmalari paket va bo’laklar xolida temir yo’lda harakatlanuvchi mulda ag’darish mashinalar yordamida yuklanadi. O’z Metakombinat marten pechlariga esa qora metal bo’laklari va flyuslarni yuklash ko’prikli kranlarga o’rnatilgan mu’lda ag’darish mashinalari yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek elektroyoyli po’lat eritish pechlariga xomashyoni yuklash ko’prikli yuk ko’tarish kranlarida mexanizatsiyalashgan sig’imlar – badiyalar yordamida olib boriladi. Kranlarda xarakatlanuvchi mulda ag’darish mashinasining sxemasi keltirilga bo’lib, u quydagi asosiy qismlardan tashkil topgan; 1 - mashinani yordamchi xarakatga keltiruvchi mexanizm; 2 – mashinani asosiy xarakatga keltiruvchi mexanizm; 3 – ko’prikli yuk ko’tarish craning asosi; 4- ko’prikli kran xarakatlanuvchi balka; 5 – mashinani kran bilan bog’lab turuvchi metal fermadan tayyorlangan shaxta; 6 – mashinani ushlab turuvchi, ko’tarib tushuruvchi va aylanma xarakatlanuvchi balka; 7 – mashinani boshqaruv kabinasi; 8 – mulda maxkamlangan va o’z o’qi atrofida aylanuvchi tayanch o’qi; 9 – yuk ko’taruvchi mulda. Ushbu mashinaning yuk ko’tarish quvvati va tayanch o’qinig uzunligi quydagicha 1.5/10, 1.5/20, 3/10, 5/20 va 8/20 t, bunda suratdagi ko’rsatgich ko’tarilayotgan yukning massasini belgilaydi maxrajdagi ko’rsatgich esa yordamchi ko’targichning uzunligini belgilaydi.
. Kranlarda xarakatlanuvchi mulda ag’darish mashinasi.
. G’ildirakda xarakatlanuvchi mulda ag’darish mashinasi.
1 – maxsulot yuklovchi mulda; 2 - muldani ushlab turuvchi va aylanma xarakatlanuvchi o’q; 3 – o’qni ushlab turuvchi va xarakatni ta’minlovchi mashinaning asosiga maxkamlangan qurilma; 4 – mashinani boshqaruv kabinasi; 5 – mashina mashinani xarakatga ketiruvchi va boshqaruvchi g’ildiraklari; 6 – mashinaning asosi; 7 – mashinaning xarakatga keltiruvchi oldi g’ildiraklari; 8 – mashina muldasini pastga va yuqoriga ko’taruvchi sharnerli mexanizmi.
Bunday mashinalar quydagi texnik ko’rsatgichlarga ega
Yuk ko’tarish ko’rsatgichi, t ………………………………1.5-3
Mulda o’qning uzunligi, m …………………………………6.67-8.96
Mashinaning eni, m …………………………………………2.6-2.9
Mashinaning balanligi,m…………………………………….2.84-3.14
Muldaning yuk ko’tarish xajmi m3 ………………………...0.4- 0.7
Badyaning sxematik ko’rinishi.
1 – badyani tag qismi, asosini ushlab turuvchi metalldan tayyorlangan asosi; 2 – savatni maxkamlash mexanizmi; 3 – badyaning slindirik asosi; 4 – badyani yuk ko’tarish kraniga ilish uchun moslama; 5 – badyani yuk tushirish tuynugini ochuvchi sep; 6 – plastinkali sep; 7 – sepning yuqori qismi; 8 – sepning pastki ochiladigan qismi.
Badya - bu metal listlardan tayyorlangan sig’im bo’lib uning ishchi xajmi 75 m3 ni tashkil etgan maxsus sig’imdir. U asosan yoyli po’lat eritish pechlariga metal parchalarini yuklashda qo’llaniladi.
Pirometallurgik pechlarga to’kiluvchan, mayida boyitma va shixtalarni maxsus tuynuklardan voronka shaklidagi tarnovlar yodamida yuklash keng qo’llaniladi Pechga uzuliksiz mahsulot ikkita parallel tuynukdan yuklash tashkil etilgan bo’lib, xom ashyo tasmali konveyer 1 orqali uzatilib voronkalar 2 orqali uyklanadi. Mahsulot to’planib qolishini oldini olishda varonkaning yon devorining biri 3 ma’lum qiyalik (76-800) ostida ishlangan. Pechdan chiqayotgan yuqori bosimdagi gazni xisobiga maxsulotlarni tashqariga otilib chiqishini oldini olish maqsadida shlyuzli moslama 4 o’rnatilgan. Shlyuzdan mahsulot likopchali oziqlantiruvchi 5 orqali pechga uzluksiz uzatiladi va o’z navbatida mahsulot tasmali o’lchov mehanizmi 7 orqali 150 burchak ostida o’rnatilgan tuynuk orqali pechga tushiriladi.
Dostları ilə paylaş: |