Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakll
7-rasm. 2017-2019-yillarda aholi jon boshiga hisoblangan YaIMning
o’sish hajmi (joriy narxlarda, ming so’m) va
sur’atlari (o’tgan yilga nisbatan % da)14 Respublikamiz aholisining iste’mol savatiga kiruvchi meva-sabzavotlar guruhidagi 16 turdagi mahsulotlarni xalqaro andozalarda belgilanganidek har oyda bir xil miqdorda emas, balki eng pishiqchilik fasllarida, masalan, kartoshka, piyoz, sabzi kabi mahsulotlarni katta miqdorda, odatda oktyabr va noyabr oylarida eng arzon paytda ko’p miqdorda xarid qilib, qish oylarida, ya’ni narxi qimmat fasllarda kamroq xarid qilinishini hisobga olib, metodologiyaga ma’lum o’zgartirishlar kiritilgan. Unga ko’ra yilning har bir oyida aholi tarafidan 16 turdagi meva-sabzavotlarni qancha miqdorda xarid qilingan bo’lsa, iste’mol savatida ushbu vazn qo’llanila boshlandi. Ya’ni, yangi metodologiyaga ko’ra turli davr mobaynida istemol va xarid qilinayotgan maxsulotlarning tarkibining o’zgarishlari ham hisobga olina boshlangan.
Natijada, aholi jon boshiga daromadlarda o’sish kuzatildi. Xususan, 2019-yil yakunlariga ko’ra O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o’rtacha yillik kursi bo’yicha hisoblangan YaIM hajmi 57 907 mln. AQSh dollarini tashkil etdi (2018-yilda - 50 397 mln. AQSh doll.).
Ma’lumot uchun: AQSh dollarining so’mga nisbatan rasmiy kursi o’rtacha yillik hisobda 2018-yilda 8 069 so’m, 2019-yilda 8 839 so’mga teng bo’lgan.
Aholi jon boshiga hisoblangan YaIM 15 242,0 ming so’mni (yoki 1 724 AQSh doll. ekvivalentida) tashkil etdi va bu ko’rsatkich 2018-yil bilan taqqoslaganda 3,6 % ga o’sdi. Aholi jon boshiga YaIM o’sishi 2017- va 2018-yillarda mos ravishda 2,7 % va 3,6 % ni tashkil etgan (7-rasm).
Ma’lumot uchun: Aholi jon boshiga YaIM, joriy narxlardagi YaIM umumiy hajmini mamlakatning ma’lum bir davrdagi o’rtacha aholisi soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasi doimiy aholisining yillik o’rtacha soni 2017-yilda 32 389 ming kishini, 2018-yilda 32 956 ming kishini va 2019-yilda 33 581 ming kishini tashkil qilgan.
Shuningdek, davlat tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirish borasida amalga oshirilgan qisman tartibga solish siyosati natijasida 2019 yilda sanoat ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, qurilish-pudrat ishlari 19,0 foizga, chakana savdo aylanmasi 5,0 foizga, xizmatlar 5,1 foizga, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish 2,5 foizga, boshqa xizmatlar 5,0 foizga oshdi (1-jadval).
Milliy iqtisodiyotda modernizatsiyalash va tarkibiy o’zgartirishlar jarayonini jadallashtirishda uning muhim tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan yangilamasdan erishib bo’lmaydi. Iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizasiyalash orqali iqtisodiyotni yangilashga, fan sig’imkorligi yuqori bo’lgan ustuvor sohalarni rivojlantirishga, mamlakat iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirish yo’liga o’tkazishga, milliy iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirishga va aholining o’sib, o’zgarib borayotgan ehtiyojlarini to’laroq qondirishga erishiladi.
Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalashning jahon tajribasi tahlili ko’rsatishicha, mamlakatni modernizatsiyalash uchun dastlab mamlakat iqtisodiyotini, shu jumladan, sanoatning hozirgi holatini chuqur va konkret baholash lozim. Natijada iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylanadi.
1-jadval