Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi


-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli namoyon bo’luvchi asosiy yo’nalishlari9



Yüklə 364,27 Kb.
səhifə8/14
tarix21.10.2023
ölçüsü364,27 Kb.
#158335
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi, shakll

3-rasm. Iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning roli namoyon bo’luvchi asosiy yo’nalishlari9
Narxlarning o’zgarib turishi, ya’ni ko’tarilib yoki pasayib turishi ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatiga ta’sir ko’rsatadi. Binobarin, biron-bir tovar (xizmat) narxining o’sishi, uni ishlab chiqarish hajmining ko’payishiga, ushbu tarmoqqa muayyan tovar bozoriga yangi ishlab chiqaruvchilarning kirib kelishiga sabab bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida faqat foyda olishni ta’minlaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqariladi. Ishlab chiqaruvchi uchun foyda keltirmaydigan tovarlar (xizmatlar) ishlab chiqarilmaydi. Muayyan tovar narxining pasayishi, uni ishlab chiqarish foydani ta’minlay olmay qolganligidan dalolat beradi. Bunday tovarlarni ishlab chiqarish kamayib boradi, ushbu tarmoq va bozorni ishlab chiqaruvchilar tark eta boshlaydilar. Demak, narxning bozor pasangisi, regulyatori vazifasini o’tashi tufayli ishlab chiqaruvchilar foydasiz yoki kam foyda keltiradigan tarmoqdan yuqori foyda keltiradigan tarmoqqa, sohaga o’tib turadi. Yuqori foyda keltirayotgan tarmoq yoki bozorlardagi iqtisodiy sub’ektlar o’zgalarning kirib kelishiga to’sqinlik qiladilar. Iqtisodiy sub’ektlar aniq tovarlar bozorida o’z mavqelarini saqlash, mustahkamlash, yaxshilash maqsadlarida o’zaro raqobatga kirishadilar. Ko’p sonli o’zaro raqobatlashuvchi iqtisodiy sub’ektlarning faoliyati natijasida bozor munosabati buzilib, undagi talab va taklif o’rtasida nomutanosiblik paydo bo’ladi. Bu nomutanosiblik ishlab chiqarish bilan iste’mol o’rtasidagi ziddiyatda o’z ifodasini topadi. Ijtimoiy ishlab chiqarish ijtimoiy iste’molga nisbatan o’sib ketishi natijasida davriy tanglik paydo bo’lishi mumkin. Boshqacha qilib aytganda, bozor mexanizmi bozordagi muvozanatni muttasil saqlab turishga qodir bo’lmay qoladi. Ana shu holat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmidan tashqari davlat mexanizmiga zarurat tug’diradi. Davlat iqtisodiyotni tartibga solishning bozor mexanizmi to’liq bajara olmagan vazifalarni o’z zimmasiga oladi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning asosiy maqsadi iqtisodiy muvozanatga erishish asosida tushkunlik va tanglikning oldini olish, ijtimoiy ishlab chiqarishning barqaror o’sishini ta’minlash, milliy iqtisodiyot ravnaqi uchun imkoniyatlar yaratish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini amalga oshirishdir. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun davlat raqobatni rag’batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o’z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qilishi ko’p jihatdan raqobatga bog’liq bo’ladi. Raqobatchilik muhitini rag’batlantirish va himoya qilishning davlat mexanizmi quyidagilarni nazarda tutadi:
-iqtisodiy sub’ektlarning faoliyat qoidalarini belgilash;
-aholini bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to’g’risidagi axborotlardan xabardor qilish;
-iqtisodiyot sub’ektlari o’rtasidagi baxs va ziddiyatlarni hal qilishga ko’maklashish chora-tadbirlarini amalga oshirish.
Bozor mexanizmi xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini ta’minlaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag’batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo’lgan, aholining ko’pchiligi foydalanadigan ijtimoiy tovarlar va Ċ ġĊ xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarilishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga: maktablar, yo’llar, yong’indan himoya qilish, mudofaa, milliy xavfsizlik va boshqalar kiradi. Binobarin, ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatning o’zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo’ladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmini taqozo etuvchi sabablardan biri aholini inson salomatligiga va tabiatga ziyon etkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir. Masalaning mohiyati shundaki, bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo’jalik yurituvchi tadbirkor, avvalo, o’zini o’ylaydi, o’z manfaati yo’lida faoliyat ko’rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon etkazishi, davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. Bunday holatlar ham iqtisodiyotga davlatning aralashuvini, ko’p sonli tadbirkorlarning manfaatlarini barcha jamiyat a’zolari manfaatlariga mushtarakligini ta’minlash choralarini ko’rishni taqozo etadi.
Xo’sh, davlat iqtisodiyotni qanday vositalar yordamida tartibga soladi? Buning uchun davlat ixtiyorida turli xil huquqiy va iqtisodiy vositalar mavjud bo’lib, ulardan konkret vaziyat va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi.
Iqtisodiyotni tartibga solishning eng muhim va asosiy vositasi amaldagi qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustivorligi, ya’ni uning barcha uchun bab-baravar kuchga ega ekanligi va unga barcha xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning so’zsiz amal qilishi shart ekanini yana bir bor ta’kidlab o’tish zarur. Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo’lgan yuzlab qonunlarning qabul qilingani iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning huquqiy asoslarini belgilab beradi.
Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qator moliyaviy, ya’ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki, ular yordamida davlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning manfaatlariga bevosita ta’sir ko’rsata oladi. Soliqlar, sanatsiya va subsidiyalar ana shunday vositalarga kiradi.
Soliqlar davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solishning eng kuchli va ta’sirchan vositasi hisoblanadi. Ular har qanday ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiritiladi. Shuning uchun soliq stavkasi ko’tarilsa, korxona (firma) foydasi kamayadi va aksincha, bu stavkalar kamaysa, olinayotgan foyda ko’payadi. Demak, tovar ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorligi ko’p jihatdan undirilayotgan soliqlar stavkasiga bevosita bog’liq. Soliqlar stavkasini oshirish yoki kamaytirish orqali muayyan ishlab chiqarish tarmoqlari rivojini sekinlashtirish (hatto to’xtatish), boshqa tarmoqlar rivojini esa rag’batlantirish mumkin.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib, davlat korxonalariga ko’rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o’zga sub’ektlar hisobidan qoplash, qarzni to’lash muddatlarini kechiktirish, qarz uchun to’lanadigan foizlarni kamaytirish, korxonaga buyurtma berib, uning haqini oldindan to’lab qo’yish va hokazolar sanatsiya shakllari hisoblanadi.
Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan moliya mablag’lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban o’zgartirish (diversifikatsiyalash), eksport va import muvozanatini ta’minlash, ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar (subsidiyalar) ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi.
Bojxona to’lovlari davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga solish, aniqrog’i, eksport va importni cheklash yoki rag’batlantirishning muhim vositasi hisoblanadi. Ularning stavkalari ko’paysa, chegaradan o’tayotgan tovarlar miqdori kamayadi va aksincha, stavkalarning kamayishi tovarlar oqimining ko’payishiga olib keladi.
Yana shuni ham aytib o’tish joizki, davlat o’zining kredit siyosati orqali iqtisodiyot taraqqiyotiga ham o’zining ta’sirini o’tkazib turadi.
Davlatning iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmida jamiyatda siyosiy, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash maqsadida aholining iqtisodiy jihatdan nochor yashayotgan guruhlarini ijtimoiy himoyalash muhim o’rin tutadi. Aholining yordamga muhtoj qismini ijtimoiy himoyalash uchun jamiyat milliy iqtisodiyot tarmoqlarini, shu jumladan, qishloq xo’jaligini qo’llab-quvvatlash maqsadidagi daromadlar davlat tomonidan qayta taqsimlanadi. Daromadlarning qayta taqsimlash tizimida davlat muhim o’rin tutadi. Davlat tomonidan daromadlarning qayta taqsimlanishi iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmining muhim unsuri hisoblanadi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmida makroiqtisodiy barqarorlashtirish chora-tadbirlari ham muhim o’rin tutadi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarmonlik faolligi o’zgarib turadi, iqtisodiy o’sish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Uning oqibatida firmalarning sinishi va ishsizlarning ko’payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko’p qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash mexanizmi yordamida iqtisodiy o’sish tsiklidan tanglikka (pasayishga) o’tishdagi salbiy oqibatlarni cheklash, shuningdek, tanglikdan iqtisodiy o’sish sari o’tish imkoniyatlari vujudga keladi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatuvchi va ko’maklashuvchi chora-tadbirlar tizimidan iborat degan xulosa qilish mumkin.


Yüklə 364,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin