AHOLI ISH BILAN BANDLIGINI OSHIRISHDA YANGI ISH JOYLARINI TASHKIL ETISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY MOHIYATI.
Hozirgi, bozor munosabatlari jadallashib borayotgan bir davrda aholini ish bilan ta`minlash muammosi dolzarb bo`lib bormoqda. Shu sababli uni ham nazariy, ham amaliy jihatdan o`rganish muhim hisoblanadi. Bunda avvalo, ish bilan bandlik tushunchasining ijtimoiy-iqtisdiy mazmunini chuqur anglab yetish maqsadga muvofiqdir.
Aholini ish bilan ta`minlash inson ijtimoiy rivojlanishining eng muhim jihatlaridan biri - uning mehnat sohasi va u bilan bog`liq bo`lgan rhtiyojlarni qondirish yo`lini ochib beradi. Ish bilan bandlik odamlar ish joylari qayerdaligidan qatiy nazar ijtimoiy foydali mehnatda qatnashish yuzasidan o`zaro kirishadigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardir. Ish bilan bandlik munosabatlari mehnatga layoqatli odamlarning qanchasi va qay darajada ijtimoiy foydali mehnatda qatnashishini ko`rsatadi.
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qununida qayd etilganidek: “Ish bilan ta`minlash – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o`z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatdir”11. Bundan ko`rinadiki, insonning ijtimoiy kamolotida va uning takror ishlab chiqarilishida ish bilan bandlik muhim rol o`ynaydi.
Darhaqiqat, ish bilan bandlik faqat iqtisodiy munosabatlar bo`libgina qolmay, u avvalo, ijtimoiy munosabatlardir. Shu bois qandaydir azaliy, bevosita yuzaga keladigan hodisa sifatidagi ijtimoiylik ularning asosiy xususiyati hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, ish bilan bandlik ko`p ukladli iqtisodiyotning muhim ijtimoiy jihati, chunki bu bilan kishilarning daromadi hosil bo`ladi, ular ijtimoiy hayotda o`z o`rnini topadi, qobilyat va iste`dodlarini yuzaga chiqara oladi. Shundan kelib chiqib ish bilan bandlikning quyidagi eng kam deganda to`rtta ijtimoiy jihatini hisobha olish kerak bo`ladi:
Ish bilan bandlik insonning Konstitutsiyada belgilab berilgan eng muhim huquqi- mehnat huquqi bilan mustahkam bog`liqligidir;
Turmush darajasini va munosib shart-sharoitlarni shakllantirishda ish bilan bandlik hal qiluvchi rol o`ynaydi. Aynan shu ish bilan bandlik hozirgi vaqtda mehnatga qobilyatli fuqarolar va ular oilalarining turmush darajasini oshirishning eng muhim kafolatidir;
Har kimning va umuman jamiyat farovonligining negizi bo`lgan yuqori unumli mehnatning yangi sababini shakllantiradi;
Aynan mehnat faoliyati insonni o`zgartiradi, uning kasbiy imkoniyatlarini ochib beradi va shaxsiy rivojlanishini rag`batlantiradi.
O`zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta`minlash to`g`risida”gi qonuniga muvofiq quyidagilar ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
Yollanib ishlayotgan, shu jumladan, ishni to`liqsiz ish vaqtida haq evaziga bajarayotgan, shuningdek, haq to`lanadigan, boshqa ishga, shu jumladan, vaqtinchalik ishga ega bo`lgan fuqarolar;
Betobligi, mehnat ta`tilida, kasbga qayta tayyorlashda, malaka oshirishda ekanligi, ishlab chiqarishni to`xtatib qo`yganligi munosabati bilan, shuningdek, qonun hajjatlariga muvofiq ish joyida bo`lmagan, vaqtincha ish joyi saqlab turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo`lmagan fuqarolar;
O`zini ish bilan mustaqil ta`minlayotgan fuqarolar, shu jumladan, yuridik shaxs tashkil qilmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanayotgan fuqarolar, kooperativlarning a`zolari, fermerlar va ularning ishlab chiqishda qatnashayotgan oila a`zolari;
Qurolli kuchlarda, Milliy xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlarida va qo`shinlarida xizmatni o`tayotgan, shuningdek, muqobil xizmatni o`tayotgan fuqarolar;
Ta`lim to`g`risidagi qonun hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotgan fuqarolar;
Qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat olib borayotgan jamoat birlashmalari va diniy muassasalarida ishlayotgan fuqarolar.12
Bundan tashqari, O`zbekiston Respublikasi “Mehnat kodeksi”ga muvofiq quyidagi sabablarga ko`ra vaqtinchalik ish joyida bo`lmagan fuqarolarning ish joyi saqlanib qolinadi va ular ish bilan ta`minlangan deb hisoblanadi:
Davlat va janoat vazifalarini bajarayotgan vaqtda;
Ish beruvchi va mehnat jamoasi manfaatlariga doir vazifalarni bajarganda;
Jamoat manfaatlariga doir xarakat qilganda.
O`zini mustaqil ta`minlaydigan fuqarolar toifasiga quyidagilar kiradi:
Tadbirkorlar;
Fermerlar va ularning ishlab chiqarishda ishtirok etayotgan oila a`zolari;
Dehqon xo`jaligining ishlab chiqarishda qatnashayotgan oila a`zolari;
Yozuvchilar, rassomlar va boshqalar13.
Aholini ish bilan bandlik masalalarini o`rganish jarayonida mehnat va ish bilan bandlik o`rtasidagi tafovutni ajrata bilish han muhim hisoblanadi. Mehnat – insonning o`ziga xos bo`lgan xususiyatiga ega bo`lgan faoliyat bo`lib, unda harakat, kuch-quvvat sarflanishi, natijakorlik, ijtimoiy foydalilik kabi holatlar mavjud bo`ladi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat- ishchi kuchini ishlab chiqishda ishlarish jarayonidir. Ish bilan bandlik esa insonning mehnat qilish munosabati bilan va ,ehnat sohasidagi ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq holda kechadigan ijtimoiy rivojlanishning muhin tomonidir.
Shuni ham ta`kidlab o`tish kerakki, aholining ish o`rinlariga bo`lgan talabining pasayishiga, uning ayrim guruhlarining xaddan tashqari ish bilan bandligiga barham berish, buning uchun bolali ayollar, ishni o`qish bilan qo`shib olib borayotgan yoshlarga handa pensionerlarga ijtimoiy yordam ko`rsatish dasturini takomillashtirishga mehnat unumdorligini oshirishni jadallashtirish sharoitida ish bilan to`liq bandlikni ta`minlashning zarur sharti deb qaralishi kerak.
MDH davlatlari ayrin iqtisodchi olimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnatni tartibga solishni ish bilan bandlik siyosati, “mehnat”ni esa “ish bilan bandlik”ka tenglashtiradilar. Jumladan, E.Saruxanov ish bilan bandlikni mehnat faoliyatiga kirishish deb hisoblaydi hamda mehnat bozorini ish bilan bandlik deb atash, mehnat bozorini tartibga solishni esa ish bilan bandlik va ishsizlik muammosini tartibga solish, deb atash to`g`rib o`ladi degan xulosa chiqaradi. Uning hisoblashicha, ish o`rnini egallash bo`yicha munosabatlar ish bilan bandlik munosabatlaridir. Inson ishga kirishishi bilan bu munosabatlarning amal qilishi to`xtamaydi, shu vaqtdan boshlab navbatdagi- mehnat faoliyati bosqichi boshlanadi va bu ish bilan bandlik hamda mehnat bilan bog`liq emas14.
Bu nuqtai nazarga zid qarashlarda mehnat bozori, ish bilan bandlik va ularni tartibga solish jarayonlari farqlanadi. Bu qarashlar tarafdorligi ish kuchini takror hosil qilish va mehnat bozori ish bilan bandlikning tarkibiy qismlari, deb hisoblaydilar. Masalan, G.G.Rudenko, M.I.Kulapov, S.A.Kartashov mehnat bozori odamlar ishlab chiqarish qobiliyatlarini takror hosil qilish bo`yicha bozor munosabatlarining tizimi ekanligini e`tirof etadilar. Mehnat bozori ish beruvchi uchun ish kuchini jalb etgan holda moddiy ne`matlar ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Yollanma xodim esa o`z ish kuchini sotishi hisobiga mehnatiga haq oladi va o`zining mehnat qobiliyatini takror hosil etadi15 Aholining ish bilan bandligi sohasi tarkibiga mehnat bozoridan tashqari aholining o`zini-o`zi ish bilan ta`minlashi, ularning uy xo`jaliklari tarkibidagi faoliyatlari, kadrlarni tayyorlash, va ishga joylashtirish maqsadli dasturlari ham kiradi. Ya`ni, ish bilan bandlik sohasi mehnat bozori chunchasidan kengroqdir. Mehnat bozorini tartibga solish ish bilan bandlikning bir qismi hisoblanadi.
Iqtisodiyot fanida ish bilan bandlikning quydagi turlarini farqlaydilar:
ish bilan bandlik – mehnatga qobilyatli aholining ijtimoiy foydali mehnatga eng ko`p jalb etish. Amalda bu ish bilan yalpi bandlik bo`lib, bunda mehnatga qobilyatli aholining 90,0 – 92,0 % to`liq bandlida mehnat qilishga muhtojlar va mehnat qilishni hohlovchilar ish bilan ta`minlanadi, bu ishchi kuchiga talab va taklifning mutanosibligini anglatadi.
Ish bilan to`liq bo`lmagan bandlik – bu iqtisidiy faol aholining bir qismigina ijtimoiy foydali mehnat bilan ta`minlanganligini ko`rsatadi. Ish bilan mavsumiy bandlik – bu mehnatga qobilyatli aholini tabiiy – iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda vaqti – vaqti (odatda muayyan mavsumlarda) ijtimoiy foydaliy mehnatga jalb etishdir.
Ish bilan yashirin bandlik – bu holda pul tolamaydigan uzoq muddatli ta`tilda bo`lgan norasmiy ravishda (ish bilan band sifatida rasman ro`yxatga olinmasdan) turli savdo-sotiq, aholiga xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul bo`lishlarini anglatadi.
Ish bilan davriy bandlik – bu muayyan muddatda mehnat faoliyati bilan mashg`ul bo`lish, muayyan muddatda dam olishni bildiradi. Ish bilan bandlikning bu turi asosan neft, gaz sanoati, baliqchilik tarmoqlarida vaxta usulida ishlovchilarni nazarda tutadi.
Ish bilan samarali bandlik – bu aholining ish bilan bandlika ehtiyojining mavjud ish o`rinlariga muvofiq kelishining sifat xususiyati bo`lib, iqtisidiy nuqtayi nazardan mehnat resurslaridan eng oqilona foydalanishni, ijtimoiy jihatdan mehnat faoloiyatining inson manfaatlariga eng muvofiq kelishni anglatadi.
2. YANGI ISH O`RINLARINI TASHKIL ETISHNI HISOBGA OLISH USULLARI
Aholi bandligini ta`minlash jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim iqtisodiy xususiyatlardan biri hisoblanadi va iqtisodiyotda alohida ahamiyatga ega. O`zbekistonda aholini ta`minlashni yanada yaxshilash va farovonligini oshirishning eng muhim yo`nalish sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko`rsatish va kasanachilik sohalarini qo`llab-quvatlash va rivojlantirishni rag`batlantirish bo`yicha ishlar amalga oshirlmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi hamda Davlat statistika qo`mitasi hamkorlikda 2010-yil mamlakatimizda “Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish tartibi”ni tasdiqladi
Ushbu tartib hududiy va tarmoq yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi doirasida ish o`rinlarini tezkor va statistik hisobini yuritish va monitoring mexanizni tartibga soladi.
Ushbu Tartibda qo`lanilgan asosiy tushunchalar:
Ish o`rni – muayyan kasbdagi bir xodimning mehnat vazifalarini amalga oshirishi uchun moslashtirilgan va ishni bajarish uchun ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari bilan jihozlangan joy;
Ish o`rinlari quydagilar hisobiga tashkil etiladi:
Yirik ishlab chiqarish ob`yektlarini yangisini ochish, kengaytirish va rekonstruksiya qilish orqali;
Tarmoqlarda yangi kichik korxona va mikrofirmalarni ochish orqali;
Yuridik shaxs bo`lmasdan yakka tadbirkorlikni rivojlantirish orqali;
Korxona va tashkilotlarda kasanachilik, hunarmandchilikda va oilaviy biznes sohasida yangi ish o`rinlarini tashkil etish orqali;
Aholi punktlarini obodonlashtirish, ishlab chiqarish va infratuzilmasini rivojlantirish orqali;
Faoliyat yuritmayotgan korxonalarni ishlashini ta`minlash orqali;
Dehqon va fermer xo`jaliklarida chorvachilik, dehqonchilik, parrandachilik, asalarichilik, baliqchilik va boshqa qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirishni rivojlantirish va kengaytirish orqali.
Agar ish o`rinlari tezkor va statistik hisobotda ko`rsatilgan bo`lsa, haqiqatda yaratilgan hisoblanadi. Hisob davri – oy, chorak va yillik bo`ladi.
Yangi ish o`rinlarini tashkil etish quyidagicha hisobga olinadi:
Ushbu Tartibga binoan korxona va tashki,otlar tomonidan taqdim etilgan tezkor ma`lumotlar;
Korxona va tashkilotlar tomonidan taqdim etiladigan davlat statistika hisobotlari ma`lumotlari;
Tuman (shahar) hokimliklari mahsus ishchi guruhlari tomonidan tanlama monitoring natijalari asosida.
Ushbu ma`lumotlar hududlar, tarmoqlar va korxonalar bo`yicha umumlashtiriladi.
Tuman (shahar) Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tezkor ma`lumotlarni quydagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Hokimiyatlarning tadbirkorlik sub`yektlarini ro`yxatga olish bo`limlari tomonidan yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslarni hisobga olish orqali;
Hisobot davrida korxona va tashkilotlarining yangi ish o`rinlarini yaratilganligi bo`yicha ma`lumotnomasi;
O`z-o`zini boshqarish organlarining oilaviy biznes va hunarmadchilikni tashkil etganlar bo`yicha ma`lumotnomasi;
Hokimyatlarining yangi tashkil etilgan dehqon, fermer xo`jaliklari va shaxsiy tamorqa xo`jaliklari bo`yicha ma`lumotlari;
Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlaridan qoramol boqish, shaxsiy tomorqa xo`jaligini yuritish bo`yicha ro`yxatga olinganlar to`g`risidagi ma`lumotlari;
Yirik tashkilotlarning investitsiya va lokalizatsiya dasturlari doirasida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmalari va Iqtisodiyot boshqarmalarining yangi ish o`rinlarining yaratilganligi bo`yicha ma`lumotlar.
Dastur aholining keng qatlamlari bozor jarayonlarida ishtirokini davlat tomonidan har tomonlama qo`llab-quvvatlash asosida to`rtta yo`nalishlar bo`yicha:
Kichik biznesni faol rivojlantirish hamda ishlashi uchun, ayniqsa qishloq joylarida;
Bozor infratuzilmasini va sharoitlarini tashkil etish;
Davlatning qo`llab-quvvatlash chora-tadbirlari;
Moliyaviy ta`minot va tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirila boshladi.
Ushbu tartibga ko`ra kamchiliklar va boshqa holatlar yuzaga kelganda ular muhokama qilinib, kerakli qarorlar qabul qilinadi.
Tashkil etilgan yangi ish o`rinlarini hisobga olish, umumlashtirish va ma`lumotlarni taqdi etish tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (1-jadval)
jadval
Yangi ish o`rinlarinitashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturi ijrosini bajarish bo`yicha tashkil etilgan ish o`rinlarini tahlili, umumlashtirilishi va taqdim etilishi tartibi