Kirish Kurs ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 139 Kb.
səhifə4/7
tarix29.03.2023
ölçüsü139 Kb.
#91287
1   2   3   4   5   6   7
AHOLI BANDLIGI

Ma`lumot mazmuni

Taqdim etish muddati

Taqdim etish shakli

Ijro uchun

Nazorat

1

Yaratilgan yangi ish joylari to`g`risida tezkor ma`lumot

yangi ish joylari yaratilgandan so`ng bir hafta muddatda

maxsus jadval shaklidi

Dasturga kiritilgan yuridik shaxslar

Tuman (shahar) ishchi komissiyasi (Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhafaza qilish markazlari, iqtisodiyot bo`limi tarmoq tegishli bo`lgan yuqori tashkilotlar)

2

Ish o`rinlari to`g`risida statistik hisobotlar

belgilangan tartibda (chorakda)

tasdiqlangan statistik hisobot shaklida

korhana va tadbirkorlik sub`yektlari

Tuman (shahar) statistika bo`limlari

3

Yangi ish o`rinlarini tashkil etishga ajratilgan kreditlar

keyingi oyning 5 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklidi

Tijorat banklari

Tuman (shahar) ishchi komissiyasi

4

Tuman (shahar) bo`yicha barcha yo`nalishlarda yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi bajarilishi bo`yicha yig`ma ma`lumotlar

keyingi oyning 5 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklidi (manzilli ro`yxat bo`yicha)

Tuman (shahar) ishchi komissiyasi Bandlikka ko`maklashish va aholini ijtimoiy muhafaza qilish markazlari, iqtisodiyot bo`limi

Tuman (shaxar) hokimlari, Viloyat ishchi komissiyasi (Iqtisodiyot va mehnat boshqarmalari)

5

Tuman (shahar) bo`yicha ish o`rinlarini yaratilganligi bo`yicha ma`lumotlar

belgilangan tartibda (chorakda)

Tuman (shahar) bo`yicha yig`ma jadval

Tuman (shahar) statistika bo`limlari

Tuman (shahar) Hokimyati ishchi komissiyasi, hududiy statistika boshqarmalari

6

Hududlarda yangi ish o`rinlarini yaratilganligi to`g`risida yig`ma ma`lumotlar

belgilangan tartibda (chorakda)

Hududlar bo`yicha yig`ma jadval (Tuman (shahar) lar kesimida)

Hududiy statistika boshqarmalari

Davlat statistika qo`mitasi

7

Hududlarda yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi bajarilishi bo`yicha yig`ma ma`lumotlar

keyingi oyning 7 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklida (manzilli ro`yxat bo`yicha tumanlar va korxonalar kesimida)

Hokimliklar (Hududit mehnat va iqtisodiyot boshqarmalari)

Respublika ishchi komissiyasi (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi)

8

Tarmoqlar bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi bajarilishi bo`yicha yig`ma ma`lumotlar

keyingi oyning 7 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklida (korxona kesimida)

Vazirliklar, Respublika boshqaruv organlari

Respublika ishchi komissiyasi (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi)

9

Yangi ish o`rinlarini tashkil etishga ajratilgan kreditlarning bajarilishi

keyingi oyning 7 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklida (tuman tijorat banklari kesimida)

O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Respublika tijorat banklari

Respublika ishchi komissiyasi (Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi)

10

Respublika bo`yicha yangi ish o`rinlarini tashkil etish dasturi bajarilishi bo`yicha yig`ma ma`lumotlar

keyingi oyning 10 sanasiga qadar (oylik)

maxsus jadval shaklida (tuman (shaharlar) kesimida)

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Respublika ishchi komissiyasi

Manba: Yangi ish o`rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta`minlash dasturiga asosan ish o`rinlarini hisobga olish va monitoringini yuritish Tartibi.
Mamlakatimizda yaratilgan ish o`rinlarini hisobini yuritishni takomillashtirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Davlar statistika qo`mitasi hamkorligida ish o`rinlari sonini yuritish bo`yicha tartib ishlab chiqilgan bo`lib, u orqali mamlakatimiz kichik biznes va xususiy tadbirkorlikda yaratilgan ish o`rinlari hisobi ham to`liq yuritilishi ta`minlanmoqda.
XULOSA
Ushbu kurs ishida iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yangi ish o`rinlarini tashkil etish va ixtisoslashtirishni rivojlantirishni takomillashtirish muammolari yoritildi. Kurs ishi natijalarini umumlashtirib quyidagi xulosalar ishlab chiqildi:

  1. Iqtisodiy o`sish sharoitida yangi ish o`rinlarini tashkil etishning eng samarali yo`llaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash hisoblanadi.

  2. Iqtisodiy o`sish sharoitida ishsizlik darajasi keskin ko`tarilib ketishi natijasida, aholini ish bilan ta`minlash masalasini yechimi sifatida Davlat tomonidan yangi ish o`rinlarini tashkil etish va mavjudlarini saqlab qolish muhim sanaladi.

  3. Davlat tomonidan kichik biznesni rivojlantirishni qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, aholi bandigini va yangi ish o`rinlarini tashkil etishga ko`maklashishga qaratilgan bo`lib, ularni quyidagi yo`nalishlar bo`yicha guruhlash mumkin:

  • Kichik biznes korxonalarining tijorat banklari kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;

  • Kichik biznes sub`yektlari uchun soliq imtiyozlari berish;

  • Ularga qulay faoliyat shart-sharoitlarni tashkil etish.

  1. Iqtisodiyotning barqaror o`sishini ta`minlashda kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish iqtisodiyotdagi tarkibiy o`zgarishlar va diversifikatsiya jarayonlarini amalga oshirish, yetakchi tarmoqlarni modernizatsiyalash va yangilash jarayonlaridagi ishtirokini faollashtirishni taqazo etadi. Buning uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish muhim hisoblanadi:

  • Kichik biznesning texnologik, tashkiliy, funksional va tarmoq jihatdan tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish. Xususan, zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalanib, talabga javob beruvchi tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi, innovatsion loyiha va ishlanmalarni amalga oshiruvchi kichik korxona va mikrofirmalarni ustuvor darajada rivojlantirish zarur;

  • Kichik korxonalarning “hayotiylik sikli” da ko`lam jihatidan rivojlanish yo`nalishini kuchaytirish, ya`ni, ularning asta-sekin yirik korxonalarga o`sib o`tishini rag`batlantiruvchi iqtisodiy mexanimzni ishlab chiqish va yo`lga qo`yish muhim hisoblanadi;

  • Yirik korxonalarning kichik biznes bilan kooperatsiya aloqalarini mustahkamlash va boshqalar.

  1. Kichik biznesni rivojlantirishda xorijiy tajriba va malakalarni chuqur tahlil etgan holda, ichki imkoniyatlarimizni hisobga olgan holda iqtisodiyotimiz uchun qo`llash.

  2. Mamlakatimiz va uning hududlarida yanada qulay biznes-muhit tashkil etish, xususiy mulkchilikning ustuvorligini mustahkamlashga yo`naltirilgan qonun xujjatlarini takomillashtirish va bu borada ishonchli kafolatlarni ta`minlash, tadbirkorlikka ko`proq etibor berish, davlatning boshqaruv funksiyalari va ruxsat beruvchi normalarni qisqartirish, byurokratik to`siq va xom ashyo resurlaridan, ular ishlab chiqaradigan mahsulotlarga davlat byurtmalari berishidan keng foydalanishni ta`minlaydigan bozor vositalari va mexanizmlarini tatbiq etish;

  3. Davlat va nazorat organlarining tadbirkorlik sub`yektlari moliya-xo`jalik faoliyatiga aralashuvini keskin qisqartirish;

  4. Kichik korxonalar tashkil qilish hamda kichik korxonalar va tadbirkorlarni ro`yxatdan o`tkazish tartib-qoidalarini yanada soddalashtirish, kichik biznes sub`yektlarini qurish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash, noturarjoy xonalari va zarur yer uchastkalarini ajratib berish borasidagi masalalarni hal etish boyicha aniq chora-tadbirlarni qabul qilish;

  5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi uchun soliq va boshqa to`lovlar bo`yicha yanada qulay shart-sharoitlar tashkil etish, imtiyoz va preferensiyalar berish, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika organlariga hisobotlar topshirish mexanizmini takomillashtirish va unifikatsiyalash;

  6. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sab`yektlariga kreditlar berish mexanizmini yanada takomillashtirish va ularning hajmini oshirish, birinchi navbatda, investitsiya maqsadlariga, boshlang`ich sarmoyani shakllantirishga kreditlar ajratish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish hamda texnologik yangilash uchun o`rta va uzoq muddatli kreditlar berish;

  7. Kichik biznesni rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni, avvalambor, xalqaro moliya institutlarining kreditlarini hamda to`g`ridan-to`g`ri investitsiyalarni keng jalb etish va yo`naltirish;

  8. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtirokini kengaytirish masalalarini tubdan hal etish , ularning eksport salohiyatini oshirishga, eksportga mo`ljallangan mahsulotini jahon va mintaqaviy bozorlarga olib chiqishga ko`maklashish;

  9. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`yektlarining axborot bilan ta`minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalarida ularga konsul`tativ ko`mak berish tizimini yanada rivojlantirish.



Yüklə 139 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin