Kirish Kurs ishining dolzarbligi



Yüklə 38,53 Kb.
səhifə6/8
tarix25.01.2023
ölçüsü38,53 Kb.
#80765
1   2   3   4   5   6   7   8
Eko ekspertiza kurs ishi 020-89 (4)

Qisqacha xulosa
Ekologik ekspertiza yangi fan va o‘quv predmeti sifatida tabiatdan foydalanish iqtisodi va ijtimoiy(iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik huquq fani bilan uzviy bog‘liq hamda endilikda shakllanmoqda va rivojlanmoqda. Bunda 2000 yilda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» O‘zbekiston Respublikasi qonunining qabul g‘ilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ekologik ekspertiza fani mo‘ljallanaѐtgan ѐki amalaga oshirilaѐtgan xo‘jalik ѐki o‘zga faoliyat (obyekt)ning tabiatga va inson salomatligiga ta’sirini baholash, ularning ekologik(iqtisodiy asoslanganligini aniqlash va ekologik xavfsizlikni ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan ekologik ekspertiza faoliyatining xususiyatlarini o‘rganidigan va uni tashkil etishning ilmiy asoslarini ishlab chiqadigan fandir. Ekologik ekspertiza fanining predmeti ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish jaraѐnida yuzaga keladigan ekologik(iqtisodiy munosabatlar hisoblanadi. Uning obyekti bo‘lib turli miqѐs va darajadagi ekologik(iqtisodiy – tizimlar xizmat qiladi. Davlat ekologik ekspertizaning subyekti sifatida uch tomon ishtirok etadi: byurtmachi, pudratchi, iste’molchi.
Ushbu fanning asosiy ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga tizimli tahlil, guruhlash, ekologik(iqtisodiy baholash va qiѐsiy tahlil, sintez, alans, normativ, ekspert baholash va boshqalar kiradi. Ekologik ekspertiza ko‘plab iqtisodiy-ijtimoiy, tabiiy, texnika, huquqiy, geografiya, tibbiѐt va boshqa fanlar bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning nazariy- amaliy yutuqlaridan keng foydalanadi. Ekologik ekspertiza fani predmeti sifatida o‘ziga xos maqsad va vazifalarga egadir. Uning asosiy qoidalari va konsepsiyalari tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga yo‘naltirilgan.
III BOB O’zbekiston Respublikasida ekologik ekspertiza sohasini shakllanishi va rivojlanishi.
3.1. O‘zbekistondagi ekologik vaziyat va uni ekspert baholash; O’zbekiston Respublikasida demokratik jamiyat tashkil topgandan so’ng, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi sohasiga katta e’tibor qaratilib, turli darajadagi huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Ushbu xujjatlarda ko’rsatilgan chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu tizim mamlakat xalq xo’jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylanib ulgurdi va uni ahamiyati yanada oshib bormoqda. Mazkur tizimni muhim vazifalardan biri inson salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’lib, bundagi asosiy maqsad ekologik talablarga to’liq javob beradigan hududiy sharoitni yaratishdan iboratdir. Bu masalada ekologik ekspertiza faoliyatini roli katta bo’lib, bu sohada ekologik ekspertizani o’tkazish jarayonlari yanada takomillashtirilib, ekologik ekspertizani tashkil etish va amalga oshirish sifati yanada oshib bormoqda va buning natijasida inson salomatligini muhofaza qilishga hamda atrof-muhitni turli xil zararlanishlardan himoya qilishga erishilmoqda.
Biz bilamizki, maktablarda ekologik ekspertiza asosan uch xil yo’nalishda rivojlanib borishi ko’rsatilgan bo’lib, bular: davlat boshqaruvi tizimida ma’lum bir faoliyat tarmog’i yo’nalishi bo’lsa, keyingilari o’quv fani sifatida shakllanish va yangi innovatsion texnologiyalarni ishlab chiquvchiva tatbiq etuvchi yo’nalishlar bo’yicha rivojlanadi. Boshqaruv tizimidagi yo’nalish faoliyatini ekologiya va atrof-muhit muhofazasi davlat qo’mitasi amalga oshirib muofiqlashtirish, o’quv predmeti yo’nalishi faoliyatini va kadrlar tayyorlash bo’yicha o’quv jarayonlarini boshqarish va mujassamlashtirish O’zbekiston Respublikasi OMUYuV tomonidan amalga oshiriladi. Ekologik ekspertiza fan tarmoqlari yo’nalishidagi faoliyatlari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan muofiqlashtirib boriladi. muhofaza qilish to’g’risidagi Ekologik ekkspertizani boshqaruv tizimidan tarmoq faoliyati rivojlanishi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasini tashkil topishi, hamda 1992-yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasini Tabiatni qabul qilish bilan chambarchas bog’langandir. Respublikani ekologik holatini yaxshilashga olib kelib va resurs tejovchi chiqindisiz, kamchiqindisiz ekologik samarador sanoatni, qishloq xo’jaligini va xizmatlar sohasini shakllanishi bo’yicha maqsadga yetishishga xizmal qiladi. O’zbekiston Respublikasini ekologik ekspertiza to’g’risidagi qonuniga muvofiq davlat ekologik ekspertizani asosiy prinsiplaridan biri davlat ekologik ekspertizasini o’tkazishda mustaqillik bo’lib, bu chet el davlatlari tajribalaridan kelib chiqqan holda davlat ekologik ekspertizasi sohasida xususan atrof-muhitni muhofaza qilishda erishilgan yutuqlar garovi hisoblanadi. Yuqori va o’rtacha xavfli obyektlar O’zbekiston Respublikasi E va АMM davlat qo’mitasining Davlat ekologik ekspertiza Markazida, past va mahalliy xavfli obyektlar mahalliy ekologik ekspertiza markazlarida amalga oshiriladi.
Davlat ekologik ekspertiza markazi faoliyati to’g’ridan-to’g’ri АMBTB materiallari bilan bog’langan bo’lib, xo’jalik subektlariga АMBTB xulosalarini berish, hamda Davlat Ekologik Ekspertizasi ishlarinitashkil etishda uslubiy yordam berish, tahlillarni o’tkazish va Davlat Ekologik Ekspertiza masalalari bo’yicha analitik axborot materiallarini tayyorlashdan iborat. Ekologik ekspertizani fan yo’nalishi bo’yicha rivojlanishi 2010- yillarga to’g’ri kelib, bunda respublikamizni o’zidagina Oliy o’quv yurtlari kafedralarida hamda ilmiy-tadqiqot instituti labaratoriyalarida ekologiya va atrof-muhit muhofazasining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha proffessor-o’qituvchilar tarkibi va ilmiy hodimlari keng qamrovli ilmiy-tadqiqot ishchilarini olib bormoqdalar.
Аgarda 2010-2014 yillarida ushbu yo’nalish bo’yicha sanoqli ilmiy darajali kadrlar tayyorlangan bo’lsa, keyingi 7-8 yil 14 oralig’ida ekologiya va atrof-muhit muhofazasi bo’yicha tabiiy resurslardan samarali foydalanish ixtisosligi bo’yicha 50-60 ta falsafa doktorlari va fan doktorlari muvafaqqiyatli himoya qildilar va hozirgi vaqtda doktarantura va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ekologiya va atrof-muhit muhofazasi va tabiiy resurslardan samarali foydalanish sohasining eng dolzarb muammolari bo’yicha faol ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Rio-de-Janeyroda 1992 yilda o‘tkazilgan atrof-muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan Konferensiyasida jamiyatning barqaror rivojlanishi tabiiy muhitni yemirish va tabiiy resurslarning kamayishi va tugashi hisobiga amalga oshmasligi shuningdek kuchli iqtisodiѐtsiz yashash muhitining zarur sifatini ta’minlab bo‘lmasligi to‘g‘risidagi xulosalarga keldi. O‘zaro bog‘liq bo‘lgan iqtisodiѐt, ekologiya va ijtimoiy jaraѐnlarni birgalikda boshqarish barqaror rivojlanishni ta’minlashning asosiy shartidir. Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasiga ham to‘liq taalluqlidir. Bu konferensiyada global ekologik muammolar yechimini topishda bozor iqtisodiѐtiga o‘taѐtgan mamlakatlarning alohida rol o‘ynashi to‘g‘risidagi g‘oya birinchi marta kun tartibiga qo‘yildi va to‘la qo‘llab quvvatlandi. Bu mamlkatlar qatoriga O‘zbekiston va Markaziy Osiѐning boshqa davlatlari ham kiradi.
Ular katta tabiiy resurs salohiyatiga ega bo‘lib, regional va global miqѐsda atrof muhitni sog‘lomlashtirishga salmoqli xissa qo‘shish imkoniyatiga egadir. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi hozirgi ekologik vaziyatni ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish nuqtai nazaridan taxlil qilish muhim ahamiyatga ega. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda ekologik tadbirlar tizimini amalga oshirishga katta ahamiyat berilib, bu tizim malakat xalq xo‘jaligini isloh qilishning tarkibiy qismiga aylandi. Amalga oshirilgan eng muhim tadbirlar qatoriga quyidagilar kiradi: atrof muhitni muhofaza qilishni amalga oshirishning ko‘p bosqichli tuzilmalar barpo etiladi; atrof muhitni muhofaza qilishning xuquqiy asosi yaratildi va u muttasil takomillashtirib berilmoqda; 2005 yilgacha davrda tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan ratsional foydalanish bo‘yicha davlat dasturi ishlab chiqilgan va u amalga oshirilmoqda; atrof muhitni muhofaza qilish milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; biologik xilma-xillikni saqlash milliy strategiyasi va xarakat rejasi ishlab chiqilgan; respublikada atrof muhit gigiyenasi bo‘yicha milliy xarakat rejasi ishlab chiqilgan; alohida muhofaza qilinadigan hududlar maydoni sezilarli ko‘paytirilgan. Ko‘rsatilgan xujjatlar va amalga oishirlgan tadbirlar mamlakatda ekologik ekspertiza munosabatlarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Shu sababdan Respublika fuqarolarining yashashi uchun sog‘lom shart-sharoit vujudga keltirish va tabiatdan foydalanish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslarning ozayishiga yo‘l qo‘ymaslik, tabiatini asrash va muhofaza qilishda ekologik ekspertiza amaliѐti boshqarishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlari qatoriga kiradi. 22 Ekologik ekspertiza nuqtai nazaridan tabiatdan foydalanish va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida respublikada uzoq davr mobaynida xukmronlik qilgan o‘tmish totalitar tuzumdan meros bo‘lib qolgan ekologik muammolar yechimini topish, mamlkatda mavjud bo‘lgan boshqa ekologik muammolarning yaxlit manzarasini aniqlash, ularni keltirib chiqargan sabablar va ulardan kuzatilaѐtgan ko‘ngilsiz oqibatlarning natijasi hisoblangan murakkab ekologik vaziyatning ta’sirini taxlil etish mamlakatlarning antropogen omillarga bog‘liq bo‘lgan ekologik vaziyati to‘g‘risida to‘la tasavvur beradi.
Bular o‘z navbatida ekologik ekspertiza amaliѐtida maqsadga muvofiq loyixalarga afzallik berish ѐki samarasiz loyihalarni rad etish masalalarini to‘g‘ri hal etishga xizmat qiladi. Respublikadagi xozirgi ekologik vaziyat uzoq o‘tmish va yaqin davrlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda xukmronlik qilgan boshqaruvning yuqori darajada markazlashuvi, iqtisodiѐt va tabiatdan foydalanish o‘rtasida maqsadga muvofiq muvozanatning o‘rnatilmaganligi, ishlab chiqarish, ayniqsa qishloq xo‘jaligiga xaddan ziyod ahamiyat berilgangi, tabiiy resurslardan foydalanish va tabiat muhofazasini boshqarishga yetarli e’tibor berilganmaligi va boshqa ko‘plab omillar bilan uzviy bog‘liqdir. Bular esa o‘z navbatida mamlakat tabiatiga katta zarar yetkazdi.



Yüklə 38,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin