Kurs ishining obyektini Qarshi Davlat Universiteti Ekologiya va AMM yo‘nalishlari talabalariga Ekologik ekspertiza fanidan o‘qitilayotgan « Ekologik ekspertiza fanining shakllanishi va rivojlanishi » mavzusini o‘qitishning nazariy masalalari va tashkiliy xarakterga ega bo‘lgan xujjatlarini o‘rganish tashkil etadi.
Mavzuning predmeti oliy ta’lim muasasalarida « Ekologik ekspertiza fanining shakllanishi va rivojlanishi »mavzusini mazmun mohiyatini o‘rganish hamda pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish xisoblanadi.
Mavzuning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi3ta bob 5ta reja xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat. Kurs ishida 5ta adabiyotdan va internet saytlaridan foydalanilgan.Asosiy hajmi 24 varaqdan iborat.
Asosiy qism I BOB Ekologik ekspertiza fanining shakllanishi va rivojlanishi. Ekologik ekspertizaning yangi fan va o‘quv predmeti sifatida shakllanish va rivojlanishi; Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish va atrof tabiiy muhit xolatining o‘zgarishi o‘rtasida o‘zaro chambarchas aloqalar mavjud. Ijtimoiy ishlab chiqarishning rivojlanishiga bog‘liq xolda inson faoliyatining tabiatga ta’siri va tabiiy resurslardan foydalanish darajasi uzluksiz oshib, ularning salbiy oqibatlari miqѐsi tobora xavfli tus olmoqda. Shu munosabat bilan ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishda ekologik omillarni tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning xususiyatlarini va ularni tartibga soladigan yo‘nalishlar va qonuniyatlarni xisobga olmaslik ѐki ularning ahamiyatini to‘laligicha baholamaslik kutilmagan ekologik iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Bu sharoitda ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishning barcha tabiiy ekologik omillarni, tabiat-jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarining sabab-oqibatlari zanjirini to‘g‘ri tushunish va shu asosda inson xo‘jalik faoliyatining ekologik-iqtisodiy qonuniyatlari talablarga mos kelishini belgilash muhim ahamiyatga ega. Bunda tabiat va jamiyat o‘rtasida yuzaga keladigan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ma’muriy boshqarish metodlarini qo‘llash muhim o‘rinni egallaydi. Ushbu nazorat yo‘nalishi tarkibida ekologik ekspertiza keng qo‘llaniladigan faoliyat tarmog‘i hisoblanadi. Shu munosabat bilan ushbu sohani kompleks o‘rganadigan ekologik ekspertiza fanini ham ilmiy, ham o‘quv yo‘nalishlarida bozor iqtisodiѐti talablariga mos yo‘nalishda shakllantirish va rivojlantirish xaѐtiy zaruratga aylandi.
Ekologik ekspertizaning fan sifatida shakllanishining obyektiv shartsharoitlari insonning xo‘jalik va boshqa faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularning tabiatga ta’sirining miqѐslari va salbiy ta’sirining oshib borilaѐtganligi bilan izohlanadi. Ushbu fanning O‘zbekistonda shakllanishi va rivojlanishi zarurati ko‘p jixatdan mamlakat ekologik siѐsatini samarali amalga oshirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ekologiya hozirgi zamonning keng miqyosdagi keskin ijtimoiy muammolaridan biridir. Uni xal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning xal qilinishiga bog‘liqdir.Ekologik ekspertiza fani tabiatdan foydalanish iqtisodiy va ijtimoiy-iqtisodiy ekologiya fanlari tutashgan chegaralarda va ekologik xuquq fani bilan uzviy bog‘liq xolda, ularning asosiy tushunchalari, yangi qonuniyatlari, kategoriyalari, konsepsiyalariga asoslangan xolda shakllanaѐtgan va rivojlanib beraѐtgan fanning yangi yo‘nalishi va sohasi hisoblanadi. Ekologik ekspertiza ushbu fanlarning nazariy-amaliѐt tadqiqotlari natijalari eng so‘nggi va yangi yutuqlarini amaliѐtga tadbiq etishga yo‘naltirilgan nazariy-amaliy fanidir. O‘zbekiston respublikasining suveren davlat sifatida mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tishi jamiyatning iqtisodiy va ekologik manfaatlarini uyg‘unlashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratib berdi.
Mustaqillik yillarida xo‘jalikni rivojlantirish bo‘yicha qarorlarni davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish tadbirlari amalga oshirila boshlandi. 2000 yilda «Ekologik ekspertiza to‘g‘risida» maxsus qonun qabul qilindi, 2002 yil yanvar oyida «Ekologik ekspertizani tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha nizom» tasdiqlandi. Shu munosabat bilan ekologik ekspertiza bo‘yicha tizimli, kompleks ѐndashuvlarga asoslangan ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga talab kuchaydi. Ekspertiza tushunchasi fan, texnika, san’at sohalarida maxsus bilimga ega bo‘lgan mutaxassis (ekspert) tomonidan turli masalalar bo‘yicha tadqiqotlar olib borib, ularni baholashni bildiradi. Ekspert baholari bevosita o‘lchovga tushmaydigan, shu sababdan mutaxassis mulohazalari va xulosasiga asoslangan jaraѐnlar, xodisa, voqealar, obyektlarni miqdoriy ѐki tartibiy baholashdan iborat bo‘ladi. Bunda «tabiat-jamiyat» tizimi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarda meyoriy muvozanat va uyg‘unlikka erishishni ta’minlash asosiy o‘rinin egallaydi, ya’ni ekpertiza obyektlari ekologik talablar va jamiyatning ekologik-iqtisodiy manfaatlariga mos kelishi ѐki zid bo‘lishi to‘g‘risida xulosa chiqariladi.