Sudga oid psixologik ekspertizani tashkil qilish va uni o’tkazishning o’ziga xosligi



Yüklə 273,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix14.02.2023
ölçüsü273,53 Kb.
#84195
  1   2   3
sudga-oid-psixologik-ekspertizani-tashkil-qilish-va-uni-o-tkazishning-o-ziga-xosligi



Sudga oid psixologik ekspertizani tashkil qilish va uni 
o’tkazishning o’ziga xosligi 
Zuhra Akramovna Jo’rayeva 
Zulfiya Mexmonovna Maxmudova 
azamgaybullayev21@gmail.com  
Buxoro davlat universiteti  
 
Annotatsiya: Ushbu maqolada sudga oid psixologik ekspertizani tashkil qilish va 
uni o‘tkazishning o‘ziga xosligi haqida so‘z boradi. 
Kalit so‘zlar: psixologik ekspertiza, sud-psixologik ekspertiza, ekspert baholari, 
ekspert mulohazalari, ekspertlarni tanlash 
 
The specifics of the organization and conduct of forensic 
psychological examination 
Zuhra Akramovna Jo’rayeva 
Zulfiya Mexmonovna Maxmudova 
azamgaybullayev21@gmail.com  
Bukhara State University  
 
Abstract: This article discusses the specifics of organizing and conducting 
forensic psychological examinations 
Keywords: psychological examination, forensic psychological examination, 
expert assessments, expert opinions, selection of experts 
 
Psixologik bilimlar - bu psixologiya sohasidagi bilimlar, holbuki bu vaziyatda 
ilm-fan sohasidagi maxsus bilimlar haqida fikr yuritiladi. Psixologiyaning uslubiyoti 
va nazariyasidagi kasbiy bilimlarga, amaliy ko‘nikmalarga va psixologik tadqiqotlarni 
o‘tkazish mahoratiga, faqatgina oliy psixologik ma’lumotga va o‘z mutaxassisligi 
sohasida ishlab yurgan psixolog ega bo‘lishi mumkin. Biroq, psixologiya fan sifatida 
katta miqdorda tor mutaxassisliklarni qamrab olgan va bunday vaziyatda tabiyki savol 
paydo bo‘ladi: sud psixologiyasida maxsus tayyorgarlikka va ekspert ishida tajribaga 
ega bo‘lmagan shaxs, psixologik ekspertiza xulosasini bera oladimi? 
Ekspertizani belgilab beradigan shaxslar uchun bu holat o‘ta muhimdir, chunki 
ekspertiza o‘tkazish haqidagi me’yoriy xujjatlarda vakolatlik me’zonlari aniq 
belgilanmagan. Bu borada F.S. Safuanovning fikriga qo‘shilamiz, maxsus ekspert 
muassasalari xodimlari bo‘lmagan shaxslar, faqatgina alohida holatlarda sud-
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1916


psixologik ekspertizasini o‘tkazishi mumkin. Bu holatda bunday shaxslarning 
ma’lumoti, mutaxassisligi, ish staji, ekspert faoliyatidagi tajribasi, ilmiy daraja 
mavjudligi va boshqa xislatlari inobatga olinishi kerak. 
Zamonaviy ilm-fanda va huquqiy amaliyotda ushbu masalaning quyidagicha aniq 
ta’rifi shakllangan. Insonning psixik faoliyati ob’ektiv borliqni aks etadi. Biroq bir 
necha sabablar tufayli (yoshi, sog‘ligi tufayli) bu jarayon turli chetlanishlar bilan 
kechishi mumkin. Haqiqatni ro‘yobga chiqarish uchun bu kabi chetlanishlarning 
darajasi va xarakterini bilish juda muhimdir. Chunki bunday chetlanishlari mavjud 
bo‘lgan shaxslarning ko‘rsatmalaridan jinoiy sud ish yuritishda dalillar manbai sifatida 
foydalaniladi va bu borada ko‘rsatmalarga tanqidiy baho berish va haqqoniylik 
darajasini aniqlash talab qilinadi.
Psixologiya fani rivojlanishining zamonaviy holati sud-psixologik ekspertizaning 
katta imkoniyatlari haqida dalolat beradi. Albatta, bu imkoniyatlar chegarasiz degani 
emas. Yechilmagan muammolar hali juda ham ko‘p. Masalan, aniq psixologik sababni 
aniqlash imkoniyati mavjudligini aytish mumkin emas, ammo shaxsning asosiy sabab 
chiziqlar ierarxiyasini va mazmunini aniqlash real holatdir.
Ta’kidlash joizki, yuridik amaliyot ehtiyojlari uchun uning qo‘llanilishi asosan 
jinoiy jarayon ishtirokchilari ko‘rsatmalarining haqiqiyligini aniqlash metodikalarini 
ishlab chiqish uchun qo‘llanilgan. T.V.Saxnova yozishicha, bir tomondan bu 
qonunbuzar shaxsiyatini o‘rganib chiqishga e’tibor kuchayishidan darak bergan (ilgari 
u faqat qonunbuzarni o‘zini o‘rganilishida to‘xtalgan), bu esa o‘z navbatida, ob’ektiv 
va sub’ektiv tomonlarni inobatga olgan holda, sodir etilgan qonunbuzarlikga aniq va 
to‘g‘ri baho berishga imkon bergan. Boshqa tomondan, jarayon ishtirokchilarining 
ko‘rsatmalarini haqiqiy ekanligini isbotlash uchun, ekspert sud yoki tergov jarayonida 
berilgan ma’lumotlar qay darajada haqiqiy ekanligini aniqlash bo‘yicha vazifani o‘z 
zimmasiga yuklatadi. 
T.V.Saxnova yondashuvlarning tipik misollarini keltiradi, ular haqiqatni aniqlash 
ekspertizasi doirasida shaxsga tashxis qo‘yish uchun qo‘llanilgan. Sinalayotgan 
shaxsning erkin hikoyasi va ekspert bergan savollarning javoblari asosida, ob’ektiv u 
yoki bu shaxs tipi bilan shartlangan, yolg‘onchilik belgilari mavjudligi (yoki mavjud 
emasligi) haqida xulosa qilinadi. Taxmin kilinishicha, sovuqqon, xo‘mraygan sub’ekt 
oldindan uylab qo‘ygan yolg‘onni aytishga tayyordir. Shuning uchun u bergan 
ko‘rsatmalar qadrli emas. Bajarilmagan tilaklar majmui mavjud bo‘lgan shaxsning 
ko‘rsatmalari ham to‘la haqiqiy deb tan olinmasligi mumkin, biroq boshqa sabablariga 
ko‘ra: sub’ekt boshqalar nigohida o‘z mavqeiga ega bo‘lishi uchun, tilaklarini qiziq 
tarzda amalga oshiradi. Hisoblanadiki, bu turdagi ekspertizalar voyaga yetmagan 
guvohlarga nisbatan samaralidir. Bu borada shuni ta’kidlash joizki, o‘sha paytda 
ishonchli, ilmiy asoslangan shaxsni tadqiq etish bo‘yicha metodikalar ishlab 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
April 2022 / Volume 3 Issue 4
www.openscience.uz
1917


chiqilmagan edi, shu tufayli ekspert vazifasini ob’ektiv tarzda hal etish imkoni 
bo‘lmagan.
Haqiqiyligini aniqlash ekspertizaning asosiy kamchiligi bundan iborat bo‘lmagan. 
Ko‘rsatmalarning haqiqiyligi haqida savolga javob berayotganda, ekspert-psixolog 
o‘zining maxsus bilimlari chegarasidan, jarayondan tashqari, o‘z vakolatidan kechib 
o‘tgan va sud vakolati chegaralariga kirgan. Rivojlanishining birinchi bosqichida sud 
ekspertizasi imkoniyatlariga vakolatsiz ortiqcha baho berish, ehtimol qonuniydir, 
chunki amaliy psixologiya darajasi yuridik amaliyot ehtiyojlaridan ochiq-oydin orqada 
qolgan edi. Bu esa o‘z navbatida vazifalarni noto‘g‘ri, xato belgilashga va ularni 
yechish uchun vositalarni noadekvat tanlashga olib kelar edi.
Psixologik ekspertizaga huquqiy holatlarni aniqlash vakolati berilgan edi
faqatgina ko‘rsatmalar haqiqiyligini tekshirish emas, balki ularni isbotlash, 
qonunbuzarlikni sodir etgan shaxs harakatlarida aybdorlikni aniqlash vositasi sifatida 
mustahkamligini tekshirish ham. 
Garchi bunga asos bo‘lmasa ham, qandaydir ishonchsizlik haligacha ham 
oxirigacha bartaraf etilmagan. Aksincha, qonuniy sud ishida mukammalashib 
borayotgan amaliyotning, o‘sib borayotgan ehtiyojlari sharoitida, zamonaviy 
psixologik fanning imkoniyatlariga yetarlicha baho bera olmaslik o‘rinlidir.

Yüklə 273,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin