II BOB. SURXONDARYO TA'LIM XIZMATLARI BOZORIDA OLIY TA'LIM MUASSASALARINING MARKETING FAOLIYATI MARKETING TAHLILLARI TASNIFI 2.1-§. Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatistrategik rejalashtirish usuli rivojlanishiga ta'sir qiluvchi ichki va tashqi omillarni baholash SWOT tahlili ( Termiz davlat universiteti tasnifida) Marketing sohasida faoliyat yurituvchi shaxslar har bitta obyekt faoliyati, ish olib borish tartibi va obyekt maqsadlarini marketing tarkibiga kiruvchi tahlillar yordamida yoritib boradi. Bugungi kunda Surxondaryo viloyatida 6 ta Oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Tanlab olingan obyektlar o‘rtasida marketing tahlillari amalga oshirildi. Marketing tahlil bu har bitta obyekt, hoh u mahsulot ishlab chiqaruvchi bo‘lsin, hoh u xizmat ko‘rsatuvchi butun bir ish jarayonining boshlanishidan, ish jarayonining davom etish jarayonlarida ham muhim ajralmas qism hisoblanadi47. Tahlillar yordamida ish boshlashdan oldin bozorlar tanladi, xaridorlar o‘rganiladi va eng muhimi raqobat muhiti o‘rganiladi va eng muhimi unga tayyorgarliklar ko‘riladi. Ish jarayonida esa raqobatbardoshlikni ushlab turish kerak, bolsa uni kuchaytirish yo‘llari izlanadi. Ushbu ilmiy ishni yozish jarayonida marketing sohasida mashhur, istalgan obyektni har tomonlama tahlil qila oladigan tahlil usullarini tanlab olindi. Bulardan birinchisi SWOT tahlili, SWOT tahlili dunyo bo‘ylab marketologlar orasida juda mashhur, ommaviy, insonlar uchun ham, biznes obyektlar uchun birdek qo‘llaniladigan tahlil turidir. Ushbu tahlil 1960-yilda Adam Humphrey tomonidan kashf etilgan48. Ushbu tahlil turi fanga kirganidan buyon tahlilga nisbatan har hil qarashlar bo‘lgan, ammo savdo-sotiq, xizmat ko‘rsatrish turlarining ko‘payishi bilan, erkin bozorda sog’lom raqobatning kundan kunga o‘sib borishi jarayonlarida ushbu tahlil turi marketinda eng kerakli va foydali tahlil turlaridan biri ekanligini isbotlanib kelmoqda. SWOT tahlili istalgan obyekt va balki shaxsni 4 tomonlama tahlil qilishga yordam beradi. Bunda S- Strengths ( obyektning kuchli tomonlari, ya’ni raqobat bozorida afzal tomonlarini tahlil qiladi)
W-Weaknesses( obyektning kuchsiz tomonlarini tahlil qiladi, ya’ni raqobatchilarga nisbatan nimalarda ortda qolayotganini tahlil qiladi)
O- Opportunities (imkoniyatlarni tahlil qiladi,ya’ni obyektga nisbatan bozordagi imkoniyatlar ni tahlil qiladi)
T-Threats ( tahdidlarni tahlil qiladi, ya’ni obyekt uchun tabiiy yoki sun’iy yo‘llar bilan paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan tahdidlarni tahlil qiladi)