-Process(Jarayon)-Ma'muriy xodimlar strategiyasi bilan bir qatorda, jarayon strategiyasi xizmatlarni uzluksiz yetkazib berish uchun javob qism hisoblanadi.Ta'lim xizmatlari qog'ozbozlik va byurokratiyani nazarda tutar ekan, jarayon strategiyasini barcha ishtirokchilarning noroziligini kamaytiradigan muhim omil deb hisoblashimiz mumkin.
- Physical evidence–( Jismoniy dalillar)O‘quv mahsuloti nomoddiy, ya’ni uni ushlab yoki ko‘rib bo‘lmaydi, shu sababli ashyoviy dalil yetkazib beriladigan mahsulotning - o‘qishga qabul qilish bosqichida - va bitiruvchining olgan bilimining isboti - diplom sifatida namoish etiladi. Ro‘yxatdan o‘tish bosqichida kampusning binolari va inshootlari, jihozlar va boshqa barcha moddiy dalillar taqdim etilayotgan xizmat sifatini aks ettiradi.Jismoniy dalillarning barcha tarkibiy qismlari birinchi taassurotga hissa qo‘shadi46.
I bob bo‘yicha xulosa
Biz bilamizki, dunyoning barcha mamlakatlari, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlari aynan ta’lim tizimiga va uni yetkazib berishda ta’lim xizmatlariga katta e’tibor qaratadi. Bu avvalo moliyaviy tomondan ijobiy natijaga erishish demakdir, shu bilan bir qatorda ta’lim tizimining takomillashishi va uning zamon talablariga moslashib borishi, mamlakat mehnat resurslarining sifatini oshishiga olib keladi. Talabgir sohalarning mehnat resurslari bilan ta’minlanishi muvofiqlashtiradi. Bugungi kunda aksariyat tajribali ta’lim muassasalari ta’lim jarayonini mahsulot va talabani mijoz sifatidagi qarasglaridan vos kechmoqda, buning o‘rniga mehnat bozorini yoki jamiyatni mijoz, talabalarni esa mahsulot sifatida qarash va ularga shu yo‘sinda yondashish but ta’lim muassasasi va jamiyat kelajagi uchun foydali deb topildi. Shu sababli bugungi kunda O‘zbekiston respublikasida ham ta’lim xizmatlarini targ’ib etishda katta o‘zgarishlar va yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Bunga misol tariqasida 1-bobda keltirib o‘tilgan qaror va farmonlarni olsak bo‘ladi. Ta’lim tizimida bu kabi yangilanishlar, albatta mamlakatimiz hududidagi davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini oshirishi va jahon reytinglaridagi o‘rnini yaxshilab borishga imkoniyat va sharoitlar yaratilishi uchun taqdim etilgan. Ushbu bobda ilg’or marketologlar va bugungi kunda ommalashib borayotgan mustaqil marketologlarning ta’lim xizmatlari bozorida ta’lim muassasalarining faoliyatini va o‘rnini sezilarni darajada yaxshilash uchun marketing strategiyalaridan unumli foydalanish va buning uchun marketing sohasi tarkibida muassasalarni avvalo analiz qilib olish haqida maqolalardan parchalar keltirib o‘tilgan. O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan va har bir sohada jahin reytingida o‘z natijasini yaxshilashga intilayotgan mamlakat uchun ta’lim sohasida tajribali shaxslarning amaliyotlarini o‘rganish va ularni yurtimiz ta’lim muassasalrida targ’ib qilib boshlash ko‘zda tutilgan.
Dostları ilə paylaş: |