2.5-jadval
Hududlarda talabalar turar joylarini qurish uchun oliy ta’lim muassasalariga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratilayotgan yer maydonlari66
Oliy ta’lim muassasasi nomi
|
Jami barpo etiladigan talabalar turar joylari
(400 o`rinli)
|
Oliy ta’lim muassasasi hududida barpo etiladigan talabalar turar joylari
|
Oliy ta’lim muassasasiga yaqin hududda barpo etiladigan talabalar turar joylari
|
Yillar bo‘yicha
|
Soni
|
Quvvati
|
Yer
Maydoni
|
Soni
|
quvvati
|
Yer maydoni
|
Soni
|
quvvati
|
Yer
|
2022
|
2023
|
2024
|
2025
|
Surxondaryo viloyati
|
14
|
5 600
|
4,2
|
14
|
5 600
|
4,2
|
|
|
|
1
|
6
|
3
|
4
|
1
|
Termiz davlat universiteti
|
6
|
2 400
|
1,8
|
6
|
2 400
|
1,8
|
|
|
|
1*
|
2
|
2
|
1
|
2
|
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
|
2
|
800
|
0,6
|
2
|
800
|
0,6
|
|
|
|
|
1
|
|
1
|
3
|
Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali
|
2
|
800
|
0,6
|
2
|
800
|
0,6
|
|
|
|
|
1
|
|
1
|
4
|
Termiz davlat universiteti Pedagogika instituti
|
1
|
400
|
0,3
|
1
|
400
|
0,3
|
|
|
|
|
1
|
|
|
5
|
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti
|
1
|
400
|
0,3
|
1
|
400
|
0,3
|
|
|
|
|
|
1
|
|
6
|
Toshkent tibbiyot akademiyasining Termiz filiali
|
2
|
800
|
0,6
|
2
|
800
|
0,6
|
|
|
|
|
1
|
|
1
|
Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov 224 oʻrinli Termiz shahri Zilol koʻchasi 2 va 4 qavatli uylarning birinchi qavatida joylashgan boshlangʻich maktab va maktabgacha ta’lim muassasi maydonlarida bunyod etilayotgan talabalar turar-joyining qurilish jarayonlarini borib koʻrdi67. Yotoqhonalarning ko‘payishi albatta, joy muammosini qisman hal etadi. Olis hududlardan kelib ta’lim oluvchilar uchun bu qulaylik yaratadi. Yana shuni qo‘shimcha qilish joizki, olis hududlardan kelib ta’lim olish imkoniyati yo‘qlar uchun masofaviy ta’lim dasturi ham ishlab chiqqilgan va darslarga har bitta talaba online tarzda o‘z yashash hududidan turib ishtirok etishi imkoniyatlari yaratilgan.
Promotion- termiz davlat universitetining aynan targ’ibot ishlari,so‘ngi yillarda bir nechta loyihalarga ishtirok etishi bilan amalga oshirilib kelinmoqda. Termiz davlat universiteti targ’ibotiga mos keluvchi bazi bir loyihalarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Masalan, Erasmus+ tarkibida bir nechta loyihalar doirasida faoliyat boshlashi, bulardan biri “TRIGGER loyihasining (Triggering innovative approaches and entrepreneurial skills for students through creating conditions for graduateʻs employability in Central Asia – Markaziy Osiyoda bitiruvchilarning ishga joylashishi sharoitlarini yaratish uchun talabalarning innovativ yondashuvlari va tadbirkorlik koʻnikmalarini yoʻlga qoʻyish) asosiy muvofiqlashtiruvchisi Slovakiyaning Koshitse texnika universiteti (The Technical University of Košice – TUKE) boʻlib, u 1952-yilda tashkil etilgan.
TRIGGER loyihasida Slovakiya, Fransiya, Avstriya, Gretsiya, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston oliy taʼlim muassasalari (OTM) qatnashmoqda.
TRIGGER loyihasining asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlarida bitiruvchilarning ish bilan taʼminlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish orqali iqtisodiyotning oʻsishiga hissa qoʻshishdan iborat. Bunga oliy oʻquv yurtlarining kelajakdagi muammolarga tayyorligini oshirish orqali erishiladi. Loyihada oliy taʼlim muhitining tadbirkorlik va innovatsion faoliyatlari, tadbirkorlik taʼlimi va koʻnikmalarini rivojlantirishni takomillashtirish, ishga qabul qilish, bitiruvchilarning bandligini taʼminlashda oliy oʻquv yurtlarining hamkorligini mustahkamlash, ularning barqarorligini taʼminlash boʻyicha olti qismdan iboratvazifalar koʻzda tutilgan”. Bundan tashqari 2015-2021-yillarda TuCAHEA loyihasining amalga oshirilishidir.Loyihaning maqsadi hamkor oliy ta’lim muassasalarida konsepsiyaga asoslangan ta’lim berish darajasini o‘rganish orqali manjud ta’lim konsepsiyalarini yanada takomillashtirish va moslashtirishdan iborat. Ushbu loyihada dunyo bo‘ylab(asosan Osiyodan) 47 ta universitet ishtirok etgan, ulardan bittasi Termiz davlat universiteti. Bu kabi loyihalarning yana bir nechtasini misol keltirishimiz mumkin, masalan 2017-2021 yillardagi ITS bo‘yicha yangi avlod muhandizlarini yaratishga qaratilgan “INTRAS” loyihasining 17 ta ishtirokchidan biriga aylanish yoki 2016-2019 yillarda asosan kreditlar ya’ni baholash tizimiga a’loqador “PAWER” loyihasidagi ishtiroki68. Termiz davlat universiteti uzoq yillar hududda yagona oliy o‘quv yurti hisoblanib kelgan, boshqacha qilib aytganda monopoliya hisoblangan. Bugungi kunda universitet Respublika boy’icha o‘z reytingini yaxshilash maqsadida olg’a qadam tashlamoqda.
People – Marketing Mixning ushbu qismi to‘liqligicha o‘rganilayotgan obyekti, ilmiy ish doirasida oliygohga aloqador barcha shaxslarni o‘z ichiga oladi. Oldingi tahlillarimizda to‘xtalib o‘tganimizdek bugungi kunda Termiz davlat universiteti 26395 ta talabaga ta’lim bermoqda va 747 ta professor o‘qituvchilar dars bermoqda, bundan tashqari taqamli texnologiyalar markazi, texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazi, axborot resurs markazi, nashriyot bo‘limi, o‘quv uslubiy boshqarma, ta’limning kredit tizimini boshqarish,yoshlar ittifoqi, Termiz davlaat universiteti rektorining Xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi ,xodimlar bo‘limi, devonxona va arxiv bo‘limi, magistratura bo‘limi, marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi, yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash,nazorat va monitoring bo‘limi,korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens – nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi, reja-moliya bo‘limi, birinchi bo‘lim, ikkinchi bo‘lim, ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, o‘qitishning texnik vositalari bo‘limi, fuqaro mudofasi va mehnat muhofazasi bo‘limi kabi 21 ta bo‘lim va markazlarda 729 ta hodimlar ish faoliyati ko‘rsatmoqda69. Har bitta hodim o‘z bo‘linmasi yoki xizmat markaziga muvofiq ish yuritadi.
Dostları ilə paylaş: |