Marketing bo‘limining OTM boshqa bo‘linmalari bilan a’loqalari
Motivatsiyalash
Marketing bo‘limi xodimlarini rag’batlantirish tizimi
OTM qadriyatlari va bo‘lim xodimlari shaxsiy qadriyatlarining muvofiqligi
Nazorat qilish
Marketing faoliyatini samaradorlik mezonlarining aniqligi.
Nazoratni amalga oshirish muntazamligi
Talabni boshqarish
Ta’lim xizmatini boshqarish
Yangi ta’lim xizmatlari ishlab chiqish
Ta’lim xizmatlari assortimentini shakllantirish
Bitiruvchilarni ishga joylashtirishni boshqarish
Mutahassislarga ehtiyojlarni tahlil qilish
Bitiruvchilarni ishga joylashtirish imkoniyatlarini izlab topish tizimining mavjudligi
Narxini boshqarish
Narxni shakllantirish usullari
Imtiyozlar va chegirmalar tizimi
Kommunikatsiyalarni boshqarish
Kommunikatsiya siyosatini shakllantirish
Kommunikatsiya dasturlarining yo‘nalishlari
Bunda to‘liq va kopleklilikka erishish uchun baholashni ikkita tarkibiy qism orqali amalga oshirgan, bular marketing boshqaruvini amalga oshirish samaradorligi va uni tashkil etish samaradorligi.
Marketing boshqaruvini amalga oshirishni samaradorligini baholash mezonlari uchta daraja bo‘yicha guruhlangan:
Faoliyatni boshqarish: bozor bilan komminikativ aloqalarni rivojlantirishda ochiq tizim sifatida Oliy ta’lim muassasasini boshqarish;
Funksiyani boshqarish: menejmentning barcha funksiyalari o‘zaro o‘zaro uzviy bog’liqlikda “kasbiy faoliyat ehtiyojlaridan bozor ehtiyojlariga” tamoyilini amalga oshirish;
Talabni boshqarish: barcha toifadagi mijozlari talabini yaratish, muvofiqlahtirish, qondirish va ilg’or shakllantirish.
Biz bilamizki ta’lim tizimining o‘sishi, rivojlanishi, umuman olganda uning zamon talablariga mos bo‘lishi uchun albatta uning moliyalashtirish tizimi muhtahkam bo‘lmog’i lozim. Aynan ta’lim timizni moliyalashtirish muammolari, uning takomillashtirish yo‘llarini bir nechta o‘zbek olimlari va xorij mutaxasislari o‘rganib chiqqan va o‘z qarashlarini o‘z kitoblari, ilmiy ishlari yoki asarlarida namoyon etganlar. Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati G.S.Bekker o‘z ilmiy ishlarida tadbiq etgan nazariyasida intellektual kapitalga ham davlat, ham xususiy sarmoyalarni amalga oshirish iqtisodiy zarurat ekanligini asoslab bergan. G.S.Bekkerning fikricha, mamlakatda yashovchi fuqarolarning ta’limiga, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarga va kadrlarni to‘ldirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy dasturga sarmoyalar kiritish-bu yangi texnologiyalarni yaratishga sarmoya kiritish bo‘lib, faqat kelajakda katta foyda keltirishi mumkin18. Albatta, bu kabi nazariyalarni siyosiy darajada tadbiq etish har bitta mamlakat uchun zarurdir, hoh u rivojlanayotgan yoki rivojlangan mamlakat bo‘lishidan qatti nazar, ta’lim sohasida moliyalashtirishni e’tibordan chetda qolmasligi, o‘sha mamlakat uchun buyuk kelajakni ta’minlab bera oladi. Davlat siyosatida ta’lim tizimini va sifatini rivojlantirishda uni moliyaviy mablag‘ bilan ta’minlash,ya’ni moliyalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada O‘zbekistonlik iqtisodchi olimlar ham bir nechta ilmiy izlanishlar olib borganlar jumladan, A.O‘lmasov hamda A.Vahobovlar moliyalashtirish iqtisodiyot subyekti faoliyatining pul bilan ta’minlanishi bo‘lib, ular bir nechta usullar orqali amalga oshirilishini, jumladan, o‘zini-o‘zi moliyalashtirish, byudjetdan moliyalashtirish va homiylar tomonidan moliyalashtirishni e’tirof etgan19. T.Malikov va N.Haydarovlarning fikricha, “Moliyalashtirish deyilganda rejada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun subyektlarga byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni taqdim etish tushuniladi. U pul mablag‘larini taqdim etishning o‘ziga xos shakl va metodlari bilan xarakterlanadi hamda ma’lum bir prinsiplarga tayanadi20. Ta’lim sohasi o‘ziga xos moliyaviy mexanizm bilan tavsiflanadi. S.A.Belyakov ta’limni moliyalashtirish-ta’lim xizmatlariga haq to‘lash bilan bog‘liq munosabat bo‘lib, ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan emas, balki ushbu xizmatdan foydalanmaydigan davlat tomonidan ko‘rsatilishini e’tirofetgan.Umuman ta’lim sohasini har hil yo‘l bilan moliyalash tirish mumkin. Aynan O‘zbekiston hududida ushbu moliyalash turlarining har birini uchratish mumkin. Hususiy o‘rta ta’lim maktablari, hususiy oliygohlar o‘z navbatida, o‘zini o‘zi yoki homiylar tomonidan moliyalashtiriladi. Davlat ta’lim muassasalarining aksariyati esa yaqin kunlargacha davlat tomonidan moliyalashtirib kelinmoqda.
Har bir marketing mutaxasisi shuni ta’kidlaydiki, mehnat bozorining ta'lim xizmatlari bozoriga ta'siri bor, va shu tufayli talabni o‘zgartirish uchun o‘z navbatida to‘lqinli jarayon yuzaga keladi. Ta'lim xizmatlarigabo‘lgan talab o‘z navbatida, mehnat bozoridagi o‘zgarishlar va keyinchalik biror bir kasbning obro‘si va rentabelligi haqidagi jamoatchilik fikrining o‘zgarishi ta'siri ostida shakllanib boradi. Bu ta'lim xizmatlariga bo‘lgan talabning inertsiyasini, ya'ni mijozlarning mehnat bozoridagi o‘zgarishlar tufayli ta'lim xizmatlariga kechikish munosabatini tushuntiradi - "vaqtinchalik kechikish". Ta'lim xizmatlariga bo‘lgan talabning o‘zgarishi davri mavjudbo‘lib, buo‘rtacha taxminan 10 yil bo‘lishi mumkin. Kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘z bitiruvchilarini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashishda “minimal” va “maksimal” vazifalarni belgilashlari mumkin. Birinchisi, potentsial ish beruvchilar bilan aloqa o‘rnatish va qo‘llab-quvvatlashdir. Bu bitiruvchilarni ishga joylashtirishni osonlashtiradi va kasbiy ta'lim muassasasi nufuzini oshiradi. "Maksimal" vazifasi potentsial ish beruvchilardan rivojlanish uchun mablag' olishni o‘z ichiga oladi21. Izlanuvchilarning ta’lim sohasining har bir jabhalarida izlanishlar olib borishi juda qoniqarli holat, bu o‘z navbatida, kamchiliklarni yuzaga chiqarishga, va ularni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Ammo, shuni eslatib o‘tish joizki, har qanday izlanuvchi o‘z mamlakati, ya’ni o‘zi yashab turgan hudud iqtisodiyoti, ijtimoiy muhiti ichida izlanish olib boradi va o‘sha muhitdan kelib chiqib o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.