6-rasm.Korxonaning 2020-2022-yillar oralig‘ida ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi jami xarajatlari11 2020-yilda korxonaning ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi jami moddiy xarajatlari 522955,27 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lib, 2021-yilda 2020-yilga nisbatan jami xarajatlar 8,6 foizga ortgan..
2022-yilda ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi jami moddiy xarajatlar 381382,8 ming so‘mni tashkil etgan. 2022-yilda 2020-yilga nisbatan xarajatlari 8,6 foizga ortgan. Ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi jami moddiy xarajatlar 2021-yilda 478034,8 ming so‘mni tashkil etgan. Korxona 2021-yilga nisbatan 2022-yilda jami 20,2 foizga ortgan.
6-jadval VCHD-1 korxonasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari12 (Ming so‘m)
Nomi
2020-yil
2021-yil
2022-yil
O‘sish(kamayish) sur’ati, % 2021/2020
O‘sish(kamayish) sur’ati, % 2022/2021
1.Daromadlar
4 038 300
8 886 484
13 860 492
220.05
155.97
2.Sof tushum
2 399 475
6 872 058
11 801 225
286.4
171.73
3.Xarajatlar jami
56 899 317
77 304 800
78 949 475
135.86
102.13
4.Sotilgan mahsulot tannarxi
51 049 615
73 185 019
74 143 930
143.36
101.31
5.Davr xarajatlari jami
5 849 702
4 119 781
4 805 545
70.42
116.65
VCHD-1 korxonasining 2020-2022-yillar oralig‘ida iqtisodiy ko‘ratkichlarini tahlil qilib chiqamiz.
VCHD-1 korxonasi 2021-yildagi daromadi 2020-yilga nisbatan 120.05 % ga ortgan.2022-yilda ham 155.97 % ga ortgan. 2020-2022-yillar davomida korxonaning daromadlari yildan yilgan oshib borgan.
2020-yilda korxonaning sof tushumi 2021 yilga kelib 186.4% ga ortgan , 2022-yilda 2021-yilga nisbatan jami 73.73% ga ortgan. Sof tushum yildan yilga ortgan.
VCHD-1 korxonasi 2021-yildagi jami xarajatlari 2020-yilga nisbatan 35.86 % ga ortgan.2022-yilda esa 2.13 % ga ortgan.Bundan ko‘rinib turibdiki 2022-yilda xarajatlar deyarli o‘zgarmagan. Sotilgan mahsulot tannarxi 2021 yilda 2020-yilga nisbatan 43.36% ga ortgan.Lekin 2022-yilga kelib bu ko‘rsatkich deyarli o‘zgarmagan.Ya’ni 1.31% ga ortgan.
VCHD-1 korxonasining 2020-2022-yillar oralig‘idagi davr xarajatlari 2020-yilda eng yuqori natijani ko‘rsatgan.Ya’ni 2021-yilga qaraganda 30% ga ortgan.2022-yilda esa 2021-yilga nisbatan 16.65% ga ortgan.