Kirish Mavzuning dolzarbligi



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə1/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Diplom ishi



Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotimizning barcha jabhalarida bo‘lgani kabi, buhgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘ldi.Keyingi yillar mobaynida xalqaro standartlarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buhgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda. Buhgalteriya hisobi, xususan moliyaviy hisob va hisobot axborotidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integrasiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga chiqilayotganligi sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi moliyaviy hisob va hisobot tizimini jahon standartlariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investisiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etish.
Keyingi vaqtlarda mamlakatimizda shiddat bilan amalga oshirilayotgan
keng ko‘lamli izchil islohotlar samaradorligini xalqaro hamjamiyat eʼtirof
etayotgani barobarida, erishilayotgan yuqori natijalar O‘zbekistonning xalqaro
reytinglardagi o‘rni va nufuzi mustahkamlanishida ham muhim ahamiyat kasb
etmoqda. Avvalambor, bu Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiyotni
tubdan modernizatsiya qilish uchun chuqur siyosiy islohotlar, davlat boshqaruv
tizimini takomillashtirish zarurligini har tomonlama asoslab berishiga
taalluqlidir. Barcha sohalarda, davlat boshqaruvi, jamiyat, ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyotda uygʻonish boshlandi.Prezident navbatdagi Uygʻonish
davri uchun sharoit yaratish haqida gapirganda, bu shunchaki balandparvoz soʻzlar emas, balki Oʻzbekiston rivojlanishini yangi relslarga qoʻyadigan haqiqiy ishlardir.
Davlat rahbari matbuot xizmatining qayd etishicha, hozirgi kunda temir yo‘l orqali yuk tashishga talab keskin ko‘paygan. Xususan, xalqaro yuk tashuvlarida temir yo‘lning ulushi 75 foizdan 87 foizga oshdi. Bu xizmatlar sifatini yaxshilash va tannarxni tushirish orqali mijozlarni ko‘paytirish uchun yaxshi imkoniyat.
Lekin “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tizimida asosiy vositalarning eskirgani, jamiyat tarkibida nosohaviy aktivlarning ko‘pligi asosiy faoliyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Shu bois “O‘zbekiston temir yo‘llari” tarkibidagi nosohaviy korxonalarni optimallashtirish, tariflarni shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish, vagon va lokomotiv parkini yangilash bo‘yicha topshiriqlar berildi, – deyiladi
2021-yil 21-avgustgadi Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, temir yo‘l sohasida kelgusi 5 yil uchun 7000 dan ortiq yuk vagonlariga ehtiyoj mavjud.
Shu o‘rinda mahsulot, ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni hisobi va tahlilini to‘g‘ri tashkil etish dolzarb mavzu xisoblanadi. Ishlab chiqarish hisobini tashkil etishning me’yoriy xuquqiy asoslari negizini 2016-yil 13-aprelda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Buhgalteriya hisobi to‘g‘risida” gi qonuni tashkil etadi. Ushbu qonun talablari bo‘yicha hisob ob’ektlaridan biri bo‘lgan ishlab chiqarish hisobini tashkil etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54 sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida” gi Nizom qabul qilingan.
Bugungi glabal zamonda aholini ham ma’naviy, ham iqtisodiy qo‘llab quvvatlash bugungi zamonning dolzarb muammosi xisoblanadi. Ana shunday sharoitda mamlakatimizda olib borilayotgan ishlar va xizmatlar tahsinga loyiqdir. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasida quyidagilarni ta’kidlab o‘tdi, jumladan, “Iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish uchun juda yuqori marralar qo‘yildi. 2022 yilda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan 32 ta yirik korxona va tarmoqni transformatsiya qilish ishlari amalga oshiriladi. Banklar faoliyatiga raqamli texnologiyalarni keng joriy etish e’tiborimiz markazida bo‘ladi”.
Bugungi kunda Temir yo‘l transporti korxonalarida mahsulot, ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni hisobi va tahlilini to‘g‘ri tashkil etish ustida juda yuqori darajada ishlar olib borilmoqda.
Iqtisodiyotni modernizasiyalash sharoitida Temir yo‘l transporti korxonalarida buhgalteriya hisobini davr talabi asosida tashkil etish, mahsulot tannarxini to‘g‘ri aniqlash, ishlab chiqarish xarajatlari hisobini yanada takomillashtirish bugungi kunning muhim talablaridandir. Bitiruv malakaviy ishida Temir yo‘l transporti korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibi, ularni buhgalteriya hisobida yuritish va tarmoqda mahsulot tannarxini aniqlashni takomillashtirish, mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlar va tahlilini tashkil qilishning buhgalteriya hisobining milliy standartlariga mos keladigan usullarini hamda tashkiliy tamoyillarini qo‘llash masalalariga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, Temir yo‘l transporti korxonalarida mahsulot, ishlar (ko‘rsatilgan xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan moddiy xarajatlarni hisobi va tahlilini tashkil etishning uslubiy asoslarini rivojlantirish bo‘yicha ayrim taklif va mulohazalar berilgan.

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin