Kirish Mavzuning dolzarbligi


-jadval Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposining ishchilar soni ko‘rsatkichlari



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə6/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Diplom ishi

3-jadval
Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposining ishchilar soni ko‘rsatkichlari. 6



Ko‘rsatkich nomi

2020-yil

2021-yil

2022-yil

O‘sish(kamayish) sur’ati, % 2021/2020

O‘sish(kamayish) sur’ati, % 2022/2021

1.Ishchilar soni

1 068

1 073

1 065

100.46

99.25

2.Xizmatchilar



17

17

16

100

94.12

Jami


1085

1090

1081

100.46

99.17

Yuqoridagi 3-jadvaldan foydalanib, VCHD-1 korxonasining ishchilar soni 2020-2022-yillar oralig‘ida qanday o‘zgargani haqida xulosani chiqarishimiz.


VCHD-1 korxonasining ishchilar soni 2020-yilda 1068 nafar xodim ishlagan bo‘lsa,2021-yilga kelib bu ko‘rsatkich 5 nafarga oshdi.2022-yilda 1065 nafar ishchini tashkil qildi.2021-yilga nisbatan 8 nafarga kamaydi.


1.2. Tannarx tarkibiga kiruvchi xarajatlar hisobi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda va ularning ayrim olingan bo‘limlarida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini aks ettiradigan ko‘rsatkichlarning umumiy tizmida mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarning ko‘rsatkichi asosiy o‘rin tutadi. Chunki, mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarning tarkibi uni tashkil qiladigan tegishli xarajatlarning yig‘indisidan iborat. Korxonalarda xarajatlarni boshqarish eng qiyin jarayonlardan biri hisoblanadi. Chunki u ahamiyati bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyatini boshqarish majmuasi deb tushuniladi, vaholanki ishlab chiqarish jarayonida sodir bo‘layotgan voqealar va muomalalarni o‘z ichiga qamrab olgandir.


Xarajatlarni hisobga olish bu tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning faoliyati-ta’minot, ishlab chiqarish va mahsulot (ish, xizmat)larni sotish- iste’molchiga yetkazib berish jarayonlarida sodir bo‘lgan voqealarni miqdoriy o‘lchash (miqdor va qiymat o‘lchovida) qayd qilish, guruhlashtirish tayyor mahsulotlar tannarxining tarkib topish chegarasi bo‘yicha tahlil qilishga qaratilgan.
Ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot tannarxini pasaytirishning ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari Mahsulot tannarxi korxona moliya xo‘jalik faoliyatini hamma tomonlarini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardir. Shu tufayli ishlab chiqarish xarajatlarini to‘g‘ri hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish, tahlil qilish boshqaruv hisobi hamda moliyaviy va boshqaruv tahlili fanlarining muhim vazifalaridan biridir. Bugungi kunda korxona faoliyatining muhim ko‘rsatkichlaridan va unga baho beradigan mezon ko‘rsatkichlaridan biri, foyda va rentabellikdir. Foydaga ta’sir etuvchi omil bu tannarxdir.
Har bir xo‘jalik subyektini moliyaviy va boshqaruv tahlili orqali ishlab chiqarish, bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun xarajatlarni maqsadga muvofiq sarflanishi va ular samaradorligi baholanadi. Xarajatlar jami ishlab chiqarish (tovarlar, xizmatlar), uchun sarflangan pul mablag‘laridir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi yoki qayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya, asosiy vositalar (amortizatsiya), mehnat resurslari va boshqa ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlarining qiymat ko‘rinishini ifoda etadi.
Tannarx iqtisodiy kategoriyadir.

  • xarajatlarni hisobga olish va nazorat qilishga xizmat qiladi;

  • mahsulot bahosini shakllanishi va korxonaning foyda va rentabelligini aniqlash asosini tashkil etadi;

  • korxonaning boshqaruv va investitsiya faoliyatlari bo‘yicha qarorlarni qabul qilishning zaruriy elementidir;

  • resurslardan foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish, ishlab chiqarishni boshqarish va tashkil etish tizimini takomillashtirishdan ko‘rilgan samaradorlikni ifodalaydi.

Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin