Kirish Mavzuning dolzarbligi


Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 330,83 Kb.
səhifə2/22
tarix11.06.2023
ölçüsü330,83 Kb.
#128460
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Diplom ishi

Bitiruv malakaviy ishining maqsadi va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishining maqsadi – ishlab chiqarish xarajatlarni hisobga olish va ularning tahliliga tegishli adabiyotlar va hozirgi amaliyot asosida mavzuni to‘la o‘rganib chiqib, kamchiliklarini yoritib, tegishli xulosa va takliflarni kiritish.
Yuqoridagi maqsaddan kelib chiqib, ishni bajarishda quyidagi vazifalar qo‘yilgan:

  • xo‘jalik yurituvchi subyektlarda moddiy xarajatlar hisobi va tahlilini o‘rganish, amaliyotda qo‘llanilishini o‘rganish asosida ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;

  • korxonalarda moddiy xarajatlar hisobini yuritish darajasini o‘rganib chiqish va bu borada mavjud kamchiliklar bo‘yicha takliflar kiritish;

  • aloxida ishlab chiqarish jarayonlari yoki bo‘linmalari bo‘yicha xarajatlar xisobini tashkil qilish va ular ustidan nazoratni ta’minlash;

  • aloxida maxsulot turlari bo‘yicha asosiy ishlab chiqarish xarajatlari xaqidagi ma’lumotni shakllantirib berish;

  • korxonalarda moddiy xarajatlar hisobini yuritishni o‘ziga xosligini o‘rganish va bu borada ishlarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

  • moddiy xarajatlar tahlilini tashkil qilish va takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish.

Bitiruv malakaviy ishning obyekti bo‘lib, Toshkent tovar vagon deposi (VCHD-1) korxonasi.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti sifatida temir yo‘l korxonasida ishlab chiqarish xarajatlari va ularning hisobini yuritish bilan bog‘liq munosabatlar majmui tanlangan.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilish. Bitiruv malakaviy ishi kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Ishning tarkibi uning maqsadi, vazifalari va yo‘nalishlarni aks ettiradi.

I Bob Korxona ishlab chiqarish xarajatlarining tahlili.

    1. Korxona ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarining tahlili.

Toshkent tovar vagon deposi (VChD-1) “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tarkibiga kiruvchi “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli”ga qarashli korxona xisoblanadi.


Toshkent tovar vagon deposi “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli”ga qarashli korxona bo‘lganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi xududi va undan tashqari xududda mustaqil xo‘jalik faoliyatini olib borish xuquqiga ega emas. VChD-1 “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli”ning tarkibiy bo‘linmasi sifatida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning xo‘jalik faoliyati va boshqa funksiyalarini bajaradi.
Toshkent tovar vagon deposining asosiy vazifa va funksiyalari quyidagilardan iborat:

  • Xizmat ko‘rsatish muddatini uzaytirgan holda vagonlarga depo, kapital va joriy tamir-tiklash ta’mirlarini ishlab chiqarishni ta’minlash, vagonlarni birlashtirmagan holda ta’mirlash, vagonlarga texnik xizmat ko‘rsatish;

  • Materillar, yoqilg‘i va elektrnergiyasidan tejamkor foydalanish, ishlar tannarxini pasaytirish va ishlab chiqarish rentabilligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;

  • Aholi uchun iste’mol tovarlarni ishlab chiqarish, transport, ta’mirlash va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;

  • Safarbarlik tayyorligi bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish;

  • Pulli xizmatlar ko‘rsatish, aholiga chakana savdo va transport xizmatlarini ko‘rsatish, barcha turdagi vagonlarni MDH davlatlari ichida ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullanish.

Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposida quyidagi ta’mir turlari bajariladi:

  • Joriy ta’mir;

  • Depo ta’miri;

  • Kapital ta’mir;

  • Xizmat muddatini uzaytirish maqsadidagi kapital ta’mir;

  • G`ildirak juftliklarini to`liq ko`rikdan o`tkazish.

Yuqorida sanab o`tilgan ta’mir turlari amalga oshirilganda korxonaning shartli kodi (kleymosi) vagonga yoziladi. Toshkent yuk vagonlarini ta’mirlash deposi kleymosi – 687.

Yüklə 330,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin