Мавзу: Avtomobillarning elektr jixozlari sxemalari va kommutasiya apparatlarini tuzilishini о‘rganish va ishga tayyorlash Ishning maqsadi



Yüklə 246,69 Kb.
səhifə1/3
tarix20.05.2023
ölçüsü246,69 Kb.
#118342
  1   2   3
ЛАБ АВТОМ ЭС ва К Ж


ЛАБОРАТОРИЯ ИШИ №
Мавзу: Avtomobillarning elektr jixozlari sxemalari va kommutasiya apparatlarini tuzilishini о‘rganish va ishga tayyorlash
Ishning maqsadi. Avtomobilning elektr ta'minot tizimi va iste'molchlardan tashqari kommutatsiya apparatlari, uning tarkibi va asosiy elementlari bilan tanishish.
Kerakli jixozlar: Yorilish tizimining markaziy almashlab ulagichi, saqlagich va o'tkazgichlar va elektromagnit relelar.
Nazariy qism.
Avtomobildagi elektr tarmog'ining asosiy vazifasi elektr energiyani iste'molchilarga uzatish va taqsimlashdan iborat. Avtomobil elektr tarmog'i nominal kuchlanishi 12 yoki 24 V bo'lgan o'zgarmas tok zanjirlardan tuzilgan. O'tkazgichlarni sarfini kamaytirish va elektrjihozlarini o'rnatishni sodda- lashtirish maqsadida avtomobillarda elektr energiyani uzatisbning bir o’tkaz- gichli tizimi joriy qilingan: hamma elektr jihozlar uchun tok o'tkazgich sifatida avtomobil korpusi («massa») ishlatiladi.
Avtomobillarda elektr energiya markazlasligan usulda taqsimlanadi. Tok manbalari o'tkazgichlar bilan markaziy taqsimlash qurilmasiga ulanadi va un- dan iste'molchilarga uzatiladi. Avtomobillarda markaziy taqsimlash qurilmasi vazifasini asboblar paneli bajarib, unga asosiy himoya va kommutatsiva appa- ratlari joylashtiriladi. Ba'zi zamonaviy avtomobillarda rele va saqiagichlarning markaziy bloki alohida qurilma sifatida ishlab chiqarilmoqda.
Elektr energiya manbasini taqsimlash qurilmasi bilan ulovchi tarmoq magis­tral tormoq deb yuritiladi. Uning uzunligi 3...15 m doirasida bo'lib, kommu- tatsiya va himoya moslamalariga ega bo'lmaydi. Ba'zi zamonaviy avtomobillar­da ikki kanalli magistral tarmoqlar ham ishlatiladi. Birinchi kanal o’t oldirish va axborot-diagnostika tizimlarini elektr energiya bilan ta'minlasa, ikkinchi kanal orqali esa startyorning tortish relesi, oynatozalagich, isitkich, tovush signal lari va boshqa jihozlarga tok uzatiladi. Ikkinchi kanalni kiritilishi elektr ta'minot tiz- imini ishonchliligini va elektr energiya tejamkorligini oshiradi.
Hozirgi kunda avtomobil elektr tarmog'ida ishlatiladigan simlarni sarfini ka­maytirish muammosi yuzaga chiqdi. Chunki engil avtomobil elektr tarmog'ida 180...300 m, yuk avtomobillarida 250...700 m gacha mis sim ishlatiladi. Mis sarfini kamaytirish uchun avtomobillarda elektr energiya taqsimlashning printsipial yangi tizimlari, xususan multipleks tizimi (ikkita shina bo'yicha 5-6 ta datchikdan olingan ma'lumot o'tadi) yoki to 1 a 1 i optika joriy qilish. Lekin hozirgi kunda bu tizimlarni avtomobillarda keng qo'llanilishi ularning tannarx- ini balandligi bilan cheklanmoqda.



Yüklə 246,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin